Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari
II BO’LIM. O’RTA OSIYONING YIRIK SUV OMBORLARI
Download 295.21 Kb.
|
ZAFARBEK-KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norak suv ombori
- Buxtarma suv ombori
- Toʻxtagʻul suv ombori
- Chordara suv ombori
II BO’LIM. O’RTA OSIYONING YIRIK SUV OMBORLARI
II.1. O’rta Osiyodagi eng kata suv omborlari.
Suv omborlarining tabiiy daryo oqimi tartibini iste`molchi talabiga moslanib suv balansida yangi sarf manbai xosil bo`ladi. Bunday sarf asosan suvning bug`lanishi, shimilishi, sizilishi va ombordagi “o‘lik” hajmini xosil qilish hisobiga yuzaga keladi. Shu sababli ombordagi “o‘llik” hajmni hisoblash, asosan suvning bug‘lanishning noto`g`ri ekanligi olimlarning ko`p hollarda qayta ilmiy baxslarga olib kelmoqda. Orol xavzasida joylashgan suv omborlaridan befoyda sarflanadigan suv miqdori O`rta Osiyo gidrometrologiya ilmiy tekshirish ishlarida batafsil o`rganilgan va hozir ham o`rganilmoqda. Masalan, Qozog`iston va O`zbekiston davlat rahbarlari Orol havzasidagi ekologik halokatlarning oldini olish maqsadida katta va ilg`or agrotexnika ishlarni amalga oshirishmoqdalar. Shu yo`nalishda ming-minglab gektar qumli-tuzli yerlarga saksovul ekish, qumli-tuzli to`fonlarga qarshi ilmiy asosan jadal ishlar bajarilmoqda. Norak suv ombori - Oʻrta Osiyodagi yirik gidrotexnika inshooti. Tojikiston Respublikasi hududida, Vaxsh daryosida Norak GES toʻgʻoni qurilishi natijasida vujudga kelgan. 1972-yildan suv toʻldirila boshlangan. Energetika-irrigatsiya maqsadlaridagi gidrouzelning tarkibiy qismi hisoblanadi. Maydoni 98 km², hajmi 10,5 km, uzunligi 70 km, eng keng joyi 1 km, oʻrtacha chuq. 107 m, suv ombori sathi 53 m chamasida oʻzgarib turadi. Norak suv omborio. daryo rejimini mavsumiy tartibga soladi. Dasht va choʻllarni oʻzlashtirish hamda 1 mln. ga yaqin yerni sugʻorish imkonini bergan. Buxtarma suv ombori — Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi suv ombori. Irtish daryosida 1960—67 yillarda Buxtarma GES uchun toʻgʻon qurilishi natijasida hosil boʻlgan. Buxtarma suv ombori ombori oʻzidan yuqorirokdagi Zaysan koʻli bilan tutashib ketgan. Maydoni 490 km², hajmi 49,6 km³, uzunligi 425 km dan koʻproq, eng keng joyi 35 km, oʻrtacha chuqurligi 9,6 m, vodiylarda uzunligi 30–50 km va eni 10 km gacha boʻlgan qoʻltiqlar bor. Buxtarma suv ombori ombori Irtish suvini tartibga solib, kema qatnovi sharoitini yaxshilaydi va Buxtarma GES (quvvati 675 MVt)ning toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlab turadi. Sugʻorishda foydalaniladi [3]. Toʻxtagʻul suv ombori - Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-yil ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km³, foydali hajmi 14,0 km kub. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt boʻlgan Toʻxtagʻul GESning ishlashini taʼminlaydi. Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton toʻgʻon, GES, zovurlar hamda filtratsiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, toʻgʻonni mustahkamlovchi va boshqa yer osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan toʻgʻon qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qoʻllangan. Chordara suv ombori - Sirdaryoning oʻrta oqimida sugʻorish energetika maqsadlarida barpo etilgan. Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyati va Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyati hududlarida joylashgan. 1965-yilda qurib bitkazilgan, 1965— 68 yillarda suv bilan toʻldirilgan. Toʻliq sigʻimi 5,7 mlrd. m³, foydali sigʻimi 4,7 mlrd. m³. Uzunligi 80 km, oʻrtacha eni 15 km, oʻrtacha chuqurligi 6,3 m, maksimal chuqurligi (toʻgʻoni yonida) 22 m; suv sathi yuzasi 900 km². Tarkibida 4 tuproqli tugon, suv taqsimlagich (suv tashlagich), GES (quvvati 1000 MVt) bor. Chordara suv ombori Chordara shahri yaqinida Jovsumkum qiridagi Chordara va Arnasoy botigʻi (qarang Arnasoy koʻllari) boshlanishida barpo etilgan. Chordara suv omborio.ning oʻng qirgʻogʻi tik, chap qirgʻogʻi qiyalik. Suv omborining gʻarbiy qismida, toʻgʻondan yuqorida Arnasoy botigʻiga suv tashlamasi boʻlgan ikkinchi toʻgʻon qurilgan. Asosiy toʻgʻonga yaqin joydan Qozogʻiston (Sirdaryoning chap sohilidagi yerlar)ga suv beradigan Qizilqum magistral kanali boshlanadi. Oktabrdan martgacha toʻldiriladi, apreldan sentabrgacha suv olinadi. Qayroqqum suv ombori bilan birgalikda Mirzachoʻldagi yangi yerlarni sug‘orish va Qozogʻistondagi sugʻoriladigan yerlarni suv bilan yanada yaxshiroq taʼminlashga xizmat qiladi. Baliqchilik xoʻjaliklari bor. Download 295.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling