Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari


Download 295.21 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi295.21 Kb.
#1564973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ZAFARBEK-KURS ISHI

Hisorak suv ombori - yirik gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmogʻi boʻlgan Oqsuv daryosi oʻzanida barpo etilgan. Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. 1983—88 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln. m foydali hajmi 161,6 mln. m Tosh-tuproqli toʻgʻoni uzunligi 666 m, balandligi 138 m, suv yuzasi 4,2 km2, suv chiqaruvchi inshootning suv oʻtkazish imkoniyati 200 m3/s, suv tashlama inshootniki 130 m3/s. Hisorak suv omborio. toʻgʻon, suv chiqarish, suv tashlama inshootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoqlari bilan jihozlangan.
Uchqoʻrgʻon gidrouzeli - Norin daryosi quyi oqimida, Qirgʻiziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Katta Namangan kanali va Chapqirgʻoq Uchqoʻrgʻon kanallariga suv olishni taʼminlaydi, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Gidrouzel toʻgʻoni 1964—66-yillarda hozirgi koʻrinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 m dan 18,5 m gacha oʻzgarib turadi. Toʻgʻon jami 3300 m³/s gacha, shu jumladan, GES turbinasi orqali 760 m³/s suv oʻtkazish qobiliyatiga ega. Toʻgʻonning umumiy uzunligi 100 m, balandligi 56 m.
Uchqoʻrgʻon gidrouzeli tarkibiga suv tushirgichli beton toʻgʻon, chap qirgʻoq tuproq toʻgʻon, Katta Namangan va Chapqirgʻoq, Uchqoʻrgʻon kanallarining bosh suv olish rostlagichlari, GES binosi va ochiq suv taqsimlash qurilmalari kiradi. GES oʻzanli tipga mansub boʻlib, uning binosi toʻgʻonning chap qirgʻogʻida joylashgan ikki agregatli blokdan iborat. Turbinalarga suv toʻgʻon tanasining yuqori qismida joylashgan suv olgichlar vositasida uzatiladi, ulardan pastroqda umumiy suv sarfi 2320 m³/s boʻlgan 8 ta tubidan suv tashlagichlar qurilgan. Suv olgich va tubidan suv tashlagichlarni bunday holatda qoʻllash turbinalarga turli oqiziqlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydi.
Uchqizil suv ombori — Surxondaryo viloyati Termiz shahridan shimol tomonda, 20 km uzoqlikda, Uchqizil razʼyezdi yaqinidagi suv ombori joylashgan.. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-yilda foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanali va uning Janubiy Zang suv keltirish kanali orqali Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.
Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan koʻtarilgan janubiy va gʻarbiy dambalar; minora koʻrinishidagi suv chiqargich va bosh rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi janubiy dambaning balandligi 11,5 m, tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining yuqori qismiga armobeton plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi gʻarbiy dambaning balandligi 5,2 m. Suv chiqargichdan 70 m masofada ochiq suv boʻlgich — bosh rostlagich qurilgan boʻlib, u suvni sharqiy va gʻarbiy taqsimlash kanallariga boʻlib beradi.

Download 295.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling