Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari
Download 295.21 Kb.
|
ZAFARBEK-KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pachkamar suv ombori
Chimqoʻrgʻon suv ombori - Qashqadaryoning oʻrta oqimida qurilgan gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyati hududida, Qarshi shahridan 60 km sharqda. Chimqoʻrgʻon suv ombori qurilishi 1958-yilda boshlangan. 1960-yildan doimiy foydalanishga topshirildi. Toʻla sigʻimi 500 mln. m³, foydali sigʻimi 450 mln.m³. Suvi yuzasi sathi 49,2 km², suv ombori oʻzan tipida. Uzunligi 17,5 km, maksimal chuqurligi 30 m, oʻrtacha chuqurligi 17,2 m. Qashqadaryo oqimini mavsumiy tartibga solish uchun moʻljallangan. Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va Koson tumanlaridagi 188 ming ga yerni sugʻoradi. Chimqoʻrgʻon suv ombori tarkibiga tuproqli toʻgʻon, minorali suv chiqargich, quyi byefda joylashgan chap sohil (27 m³/s) va oʻng sohil (22 m³/s) bosh taqsimlagichlari kiradi. Toʻgʻon balandligi 33 m. Minorali suv chiqargich sugʻorish uchun suv berish va ayni vaqtda ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan
Pachkamar suv ombori - Qashqadaryoning kam suvli chap irmogʻi — Gʻuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. Gʻuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylashgan. Katta oʻra va Kichik oʻra daryolaridan toʻldiriladi. Qurilish ishlari 1964-yilda boshlanib, 1967-yilda foydalanishga topshirilgan, 1968-yil toʻliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uzunligi 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi maydoni 12,8 km², eng katta (maksimal) chuqurligi 51m, oʻrtacha chuqurligi 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman koʻp yillik suv rejimini tartibga soladi. Toʻgʻonning ustki uzunligi 593 m, balandligi 68 m. Suv omborining oʻng qirgʻogʻida uzunligi 198 m va maksimal balandligi 12 m boʻlgan koʻtarma damba qurilgan. Omborning oʻng sohilida suv sarfi 30 m³/s boʻlgan suv chiqargich qurilgan. Suv chiqargichning quyi qismiga 2 ta konussimon rostlagich oʻrnatilgan. Toʻgʻonning chap tomonida suv sarfi 260 m³/s (favqulodda toshqinlarda suv sarfi 480 m³/s) boʻlgan suv tashlagich — Chap sohil kanali ochiq holda qurilgan. Suv omborining qurilishi Gʻuzor tumanining suv taʼminotini yaxshilashda va uning iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini berdi. Pachkamar suv omborioda baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan[3]. Download 295.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling