Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari
Download 295.21 Kb.
|
ZAFARBEK-KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.2. O’zbekistonning yirik suv omborlari. O’zbekistonning yirik suv omborlari
- Tuyamoʻyin suv ombori
- Tallimarjon suv ombori
- Andijon suv ombori
Qayroqqum suv ombori — Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismidagi gidrotexnikainshooti (Tojikiston va Oʻzbekiston hududida). Sirdaryoni toʻsgan Qayroqqum gidrouzeli toʻgʻoni bilan hosil qilingan; 1956—58 yillarda toʻldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km², foydali hajmi 2,6 mlrd. m³. Uzunligi 60 km, maksimal eni 20 km, oʻrtacha chuqurligi,2 m, maksimal chuqurligi 30 m. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman koʻp yillik tartibga soladi, doimiy sutorish maydoni 475 ming ga dan ortiq. Qayroqqum suv ombori tarkibiga quvvati 426 MVt boʻlgan GES, toʻgʻon gidrouzeli, umumiy uzunligi 27 km boʻlgan chap qirgʻoq marza dambalari, suv osti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv oʻtkazish imkoniyati 20 m³/s boʻlgan Xoʻjabaqirgʻon (chap qirgʻoq) va Samgʻor (oʻng qirgʻoq) sugʻorish nasos stansiyalari suv oladi.
II.2. O’zbekistonning yirik suv omborlari. O’zbekistonning yirik suv omborlari 2-jadval
Tuyamoʻyin suv ombori - Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigatsiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970-yildan boshlangan. 1978-yilda 1-navbati va 1983-yilda toʻliq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m³. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qoʻshbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv ombori toʻgʻonlari suvni damlab, sathini ko’tarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki byeflardagi eng katta farq 18–24 m ga yetib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan to’ldirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m³/sek boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv ombori Tuyamoʻyin GESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omboriga har yili oqib keladigan 200 mln.t loyqa oqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan [1]. Oʻng qirgʻoqda kema qatnovini taʼminlovchi 18x80 m oʻlchamdagi shlyuz qurilgan, uning yuk oʻtkazish qobiliyati 535 ming t ni tashkil etadi. Tuyamoʻyin suv omborining qurilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani hamda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyati yaratildi. Gidrouzel zonasida daryoning oʻng qirgʻogʻida Paxtaarna, Qozoqyob, Beshtom, Nayman va Qizilqalʼa, chap qirgʻogʻida Toshsoqa, Qilichniyozboy, Qipchoq-Boʻzsuv, Xorazm viloyatida Pitnakarna, Urgancharna va boshqa kanallarga suv chiqargichlar barpo etilgan. Tallimarjon suv ombori - Qashqadaryo viloyatidagi yirik gidrotexnika inshooti. Qarshi magistral kanali etagida barpo etilgan. Tallimarjon temir yoʻl stansiyasi yaqinida, Amudaryo va Qashqadaryo oʻrtasida suvayirgʻich vazifasini bajaruvchi tekislikda joylashgan. 1965—73-yillarda qurilgan. 1977-yilda qisman, 1985-yil toʻliq ishga tushurilgan. Tallimarjon suv ombori Qarshi magistral kanali suvi bilan kuzgi-qishki mavsumda 6 oy davomida toʻldiriladi. Uzunligi 14 km, kengligi 5,5 km, oʻrtacha chuqurligi 19,8 m, qirgʻoq chizigʻi uzunligi 36 km, maydoni 77,4 km², umumiy hajmi 1,53 mlrd. m³, foydali ish hajmi, 1,4 mlrd. m³. Tallimarjon suv omborining asosiy inshootlari majmui 1 va 2 tuproq toʻgʻonlari, nasos styansiyasi, suv oqib keladigan va chiqib ketadigan kanal, drenaj, nasos styasidan iborat. Suv qudratli elektr nasoslari orqali 26,6 m balandlikkacha koʻtarilib beriladi. Qarshi choʻlida oʻzlashtirilgan qoʻriq yerlarni suv bilan taʼminlaydi. Sugʻorish mavsumida omborda toʻplangan suv Qarshi magistral kanaliga suv oʻtkazish imkoniyati 360 m³/sek. boʻlgan suv chiqargich orqali beriladi [2]. Andijon suv ombori — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-yilda nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori balandligi 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda toshqinda 1700 m³/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m³/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m³/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. Andijon suv ombori suvi Fargʻona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi. Download 295.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling