Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari
Download 295.21 Kb.
|
ZAFARBEK-KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Surxon suv ombori
Kattaqoʻrgʻon suv ombori — gidrotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv omborio. Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—1951-yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli toʻgʻon, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941-yilda uzunligi 4 km, balandligi 28 m tuproqtoʻgʻon koʻtarildi (keyinchalik toʻgʻon balandligi 31,5 m ga yetkazildi). Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954-yilda loyihada koʻrsatilgan miqdor — 662 mln. m³ ga yetkazildi. Uzunligi 28 km, suv sarfi 45 m³/s suv keltiruvchi kanal va uzunligi 15,2 km, suv sarfi 123 m³/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956-yil suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv oʻtkazish imkoniyati 100 m³/s ga yetkazildi, oʻzani toʻgʻrilanib, kengaytirildi va oʻzanga beton toʻshama yotqizildi. Natijada kanal uzunligi 21,2 km ga yetdi. Toʻgʻon (maksimal balandligi 28,62 m, uzunligi 3915 m) va quloqlarning rekonstruksiya qilinishi natijasida (1968-yilda) Kattaqoʻrgʻon suv ombori sigʻimi 900 mln. m³ ga yetkazildi, shundan foydali sigʻimi 840 mln. m³. Suv yuzasi maydoni 79,5 km². Uzunligi 15 km, maksimal eni 10 km, oʻrtacha eni 5,3 km, maksimal chuqurligi 25 m, oʻrtacha chuqurligi 11,3 m.
Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 ming ga yer sugʻoriladi va 150 ming ga yerning suv taʼminoti yaxshilangan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi kanal bilan Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga oʻrta hisobda 240—250 s baliq ovlanadi. Janubiy Surxon suv ombori, Mirzaahmad Qoraboyev nomidagi Janubiy Surxon suv ombori — Oʻzbekistondagi yirik suv ombori. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hududida, Surxondaryoning oʻrta oqimida, Zarkamar va Xoʻjamulki toʻqayi oʻrnida 1958—67-yillarda bunyod etilgan. Daryo havzasining eng tor yerida toʻgʻon qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Uzunligi 20 km, maksimal eni 6,2 km, oʻrtacha eni 2,96 km, maksimal chuqurligi 27 m, oʻrtacha chuqurligi 12 m. Toʻla suv sigʻimi 800 mln. m3, foydali suv sigʻimi 610 mln. m3. Suv sathi yuzasi 65 km2. Janubiy Surxon suv ombori daryoning qayiri va uch terrasasida joylashgan. Asosiy inshootlar tarkibiga tuproq toʻgʻon, ehtiyot tashlama va Sherobod magistral kanaliga suv beradigan oʻng qirgʻoq suv chiqargich (suv sarfi 150 m3/s) kiradi. Suv ombori Sherobod choʻlidagi 71 mingga yerni oʻzlashtirish hamda ilgaridan sugʻoriladigan 52 mingga yerning suv taʼminotini yaxshilash imkonini berdi. Suv omborida koʻpgina baliq turlari urchitib koʻpaytiriladi va ovlanadi. 1969 yilda Janubiy Surxon suv ombori qurilishga rahbarlik qilgan Mirzaahmad Qoraboyev (1931—1969) nomi berilgan. Download 295.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling