Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish
Download 190.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabietlari
- Davlatning belgilari
Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish. Reja: 1. Davlat tushunchasi, mohiyati, belgilari, tiplari, shakllari, funktsiyalari. 2. O`zbek davlatchiligi tarixi fanining predmeti. 3. Maqsad va vazifalari. 4. O`zbek davlatchiligi bosqichlari. Adabietlari: 1. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.,»Sharq»1998. 2. Karimov I.A. O`zbekstonning o`z istiqlol va taraqqiet yo`li. T.»O`zbekiston», 1992. 3. O`zbek xalqi va davlatchiligi tarixi kontseptsiyasi.\\ O`zbekston tarixi, 1999 yil, 1-son. 4. Azamat Zie. O`zbek davlatchiligi tarixi. T. «Sharq». 2000. 5. Sagdullaev A. va boshq. O`zbekston tarixi: davlat va jamiyat taraqqieti. T., «Akademiya», 2000. 6. Shamsutdinov R., Karimov SH., Xoshimov S . Vatan tarixi. T.Sharq. 2016 7. Eshov B. O`zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. Toshkent - 2012 Davlat ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, sinflarning paydo bo`lishi bilan hukmiron sinfning qurali sifatida unga qarshi kurashish uchun maydonga chiqdi. Davlatning iqtisodiy sohadagi mohiyati ishlab chiqarish vositalariga egalikni bildirsa, siesiy hukmronlik butun aholining davlat apparati va muayyan qonunlar erdamida hukmron sinf uchun barchani bo`ysinishga majburiyatidan iboratdir. Davlatning belgilari: 1. Aholining hudududiy belgilari bo`yicha bo`linishi. 2. Ommaviy hokimiyatining paydo bo`lishi. 3. Soliqlarning mavjudligi. 4. Huquqning mavjudligi. 5. Siesiy hokimiyatining mavjudligi. Davlat tiplari: Davlat va huquq nazariyasida davlatni tiplarga ajratishda yagona endoshuv yo`q. Tiplar shartli ravishda quydagilarga: 1. Monarxiya- oliy davlat hokimiyatining monarx tomonidan idora qilinishi. 2. Respublika- davlatdagi oliy hokimiyat muayyan muddatga saylanadigan organlar orqali ifodalanadi. 3. Oddiy eki unitar -davlat suverenitetini amalga oshiruvchi yagona davlat hokimiyati mavjud bo`ladi. 4.Murakkab davlat mustaqillikdan foydalanuvchi alohida davlat tuzilmalaridan iborat bo`lgan davlat (imperiya, federatsiya kabilar 5. Imperiya- zo`rlik eki kuch ishlatish yo`li bilan tashkil etilgan murakkab davlat. 6. Federatsiya- ixtieriylik asosidagi bir necha davlatlar tuzilmasidan iborat davlat. 7. Konfederatsiya- davlatlar ittifoqi. 8. Davlatlar hamdo`stligi. Funktsiyalari: davlatning funktsiyasi uning vazifalari va maqsadlari bilan mustahkam bog`liqdir. Shundan kelib chiqqan holda davlat funktsiyalari: Ichki funktsiyalarga va Tashki funktsiyalarga bo`linadi. O`zbek xalqi davlatchiligi,dastlabki siesiy tizimlar o`rtoq, sun`iy sug`orma dexkonchilik va chorvachilik xo`jaligi zaminida bronza asridaeq Amudare va Sirdare xavzalarida vujudga kela boshlagan. Uning tadrijiy davomida millodan avvalga I ming yillik boshlarida yirik davlat uyushmalari sifatida rivoj topgan: -O`zbek xalqi va davlatchilik tarixi salkam 3000 yillik tarixga ega bo`lib, umumjaxon tarixining ajralmas qismi bo`lib kelmoqda, tu`rli nomlar bilan atalishi, sulolarning almashinuvi va o`zgarishlari uning butunligini va moxiyatini o`zgartirmaydi: -O`zbek halqi O`zbekistonning mahaliy tub axolisi bo`lib, ularning tarixi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi: -O`zbekiston xududida yashagan xalqlar jaxon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qushib kelganlar: Yuqorida keltirilgan jaraenlarning tahlili o`zbek davlatchiligi tarixining predmetini tashkil etadi. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish jaraenida o`tmishning tarixiy tajribasi, o`zbek xalqining qadimiy davlatchilik an`analari beqies axamiyat kasb etishi O`zbekston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlarida o`z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan holda, o`zbek davlatchiligi tarixini xolisona, xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi belgilangan. Vazifasi esa quydagilardan iborat: -O`zbekistonda ilk shaxar madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishda azaliy o`rtoq aholining madaniyati hal etuvchi omil bo`lganligi ko`rsatib berish. -Miloddan avvalgi IX-VIII hamda VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqieti jaraenlarini chuqur va izchil tadqiq qilish va boshqalar. Mavjud ma`lumotlarga asosan, o`zbek xalqi tarixida davlatchilik tizimiga o`tish bosqichi, O`zbekston xududlarida ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jaraeni bosqichlari quyidagi davrlar bilan belgilanadi: 1. Bronza davri. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi va o`rtalari. Unchalik katta bo`lmagan dexqonchilik vohalari asosida ilk davlatchilik tizimga o`tish davri. 2. Bronza davridan temir asriga o`tish davri. Millodan avvalgi IX-VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlorining rivojlanishi va yirik harbiy-siesiy uyushmalarining vujudga kelishi. 3. Ilk temir davri Miloddan avvalgi VII-VI asrlar. Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baktriya kabi yirik davlat uyushmalarning shakllanishi. Download 190.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling