Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

vakolatlar - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konsti-tutsiya, qonun yoki 
me`yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo`lib, ular o`z 
faoliyati davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas. İdoraviy 
vakolatlar – konstitu-tsiyaviy tushuncha bo`lib, davlat va jamiyat hayotining
ma`lum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish huquqini
bildiradi. 
Soha mutaxassislarining fikrlariga ko`ra, davlat organining huquqiy 
maqomi quyidagilardir: davlat organining davlat apparati umumiy tarkibiy
tuzilmasidagi holati va uning hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus ixtisoslashgan kichik 
tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va h.k.) mansubligi; davlat 
organi vakolatlarining ma`lum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va 
vakolatlarning huquqiy ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining 
tashkiliy tuzilmasi, tamoyillari, shakllari, usullari va tartib-qoidalari, ma`lum 
masalalarni hal etish tartibi va boshqalar. 
Milliy qonunchilikning har qanday sohasi boshqaruv faoliyatini tartibga 
soluvchi huquqiy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu huquqiy imkoniyatlar – 
buyruq-ko`rsatma, ta`qiqlash va ijozatdir. Buyruq-ko`rsatma – ijobiy majburiyat 
bo`lib, huquqiy me`yorda ko`da tutilgan biror-bir harakatni sodir etish uchun 
to`g`ridan-to`g`ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Ta`qiqlash – huquqiy 
me`yorda ko`zda tutilgan sharoitda biror-bir harakatni sodir etmaslik uchun
to`g`ridan-to`g`ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. İjozat - huquqiy 
me`yorda ko`zda tutilgan sharoitda muayyan harakatlarni sodir etish va o`z 
ixtiyori bilan ularni sodir etishdan tiyilishdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-qism, 16-moddasiga binoan, 
davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlar asosida faoliyat yuritadi. Ushbu qonun quyidagi
holatlarga ko`ra, boshqaruv sohasida alohida ahamiyatga ega: boshqaruv davlat va 
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyatining ko`pgina sohalarini
qamrab oladi; boshqaruv sub`ektlari o`z vazifa va vakolatlarini huquq 
qo`llanadigan faoliyatni amalga oshirish orqali bajaradi; boshqaruv idoralari o`z 
vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarga asoslangan holda ularni 
bajarishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi; o`zini-o`zi 


boshqarish idoralari faqat qonunda belgilab qo`yilgan vaziyatlarda fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini cheklashga olib keladigan ma`muriy majburlov choralarini 
qo`llash sohasida keng vakolatlarga ega.
Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta`minlash bu sohadagi qonunlar va 
qonuniy hujjatlarning aniq va so`zsiz bajarilishi, qo`llanilishi, ularga rioya etilishi
bo`yicha shaxs va tashkilotlarning birgalikdagi faoliyatidan iboratdir. Bunday 
faoliyat quyidagi masalalarga qaratiladi: ijro hokimiyati va ularning mansabdor 
shaxslari faoliyatida amaldagi qonun va qonun hujjatlarida mustahkamlab 
qo`yilgan talab va ko`rsatmalarni bo`zishga yo`l qo`ymaslik; bunday holatlarni o`z 
vaqtida va tezkor aniqlash; ularni oldini olish va sabablarini aniqlash; ularni 
bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; aybdorlarni tegishli javobgarlikka 
tortish. 
O`zbekistonda qonuniylikni ta`minlash usullari quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy-tarkibiy tuzilmalar (davlat idoralari va jamoat birlashmalari). 
2. Tashkiliy-huquqiy usullar (alohida faoliyat turlari, amaliy usul va 
vositalar). Bu usullar ko`zatish va nazoratdan iborat.

Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling