Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish
Download 190.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- İjtimoiy funktsiyalar
- Hududiy funktsiyalar
İqtisodiy funktsiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtiomiy mehnat taqsimoti
muhim o`rin tutgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo`jaliklarida er va suvni taqsimlash, qurilish va sug`orish irrigatsiya ishlarini yo`lga qo`yish, hishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash hamda savdo-sotiq aloqalari shular sirasiga kiradi. İshlab chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida rejalash-tirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabi ishlarni bajarish vazifalari ham yuzaga kelgan. İjtimoiy funktsiyalar qadimgi jamoalardagi o`zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy jihatdan boshqarib turish zaruratiga asoslangan. Harbiy-siyosiy funktsiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, harbiy qo`shinlarni tashkil etish, vohalar hududlarida mudofaa ishlarini amalga oshirish, tuman va vohalar o`rtasida o`zaro aloqalarni o`rnatish hamda munozarali masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida shakllanib rivojlangan. Hududiy funktsiyalar voha, tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish hamda boshqarib turish zarratidan kelib chiqqan. Qadimgi davlat boshqaruvining ikkinchi bosqichi jamoalarda o`zini-o`z boshqaruv muassasalarining yo`lboshchi hokimiyatiga to`la bo`ysundirilishi bilan bog`liq bo`lib, bu jarayonda jamoa a`zolari o`rtasidagi ichki va tashqi aloqalar, huquqiy tartibot yanada takomil-lashib boradi. Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi 1 . 1 Сагдуллаев А.С., Мавлонов ЎюМ. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. Тошкент, Академия, 2006. Б. 24-28, 35. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling