Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari. İlk davlatchilik tarixi bo`yicha 
tadqiqotlar olib boruvchi aksariyat olimlarning e`tirof etishicha, O’rta Osiyoda ilk 
davlatchilik asoslarini bronza (mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug`orma 
dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik xo`jaliklari 
tashkil etgan edi. Shuningdek ilk davlatchilikning tarixiy ildizlari faqat ichki
sabablargagina bog`liq bo`lmay, balki qadimgi Sharqdagi yuksak darajada 


rivojlangan an`anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog`liq bo`lgan. Arxeologik 
tadqiqotlar natijasida topilgan yuqori sifatli moddiy madaniyat buyumlari o`zaro 
aloqalardagi mavjud texnologik va iqtisodiy ta`sirni ko`rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, yuzlab ming yilliklarni o`z ichiga qamragan 
insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo`lishi – nisbatan ancha kech 
yuz bergan jarayondir. Davlatchilik tarixi insoniyat tsivilizatsiyasining so`nggi 5 
ming yili bilan bog`lanadi. İlk davlatlar o`z rivojlanish bosqichlarida turli 
xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega bo`lib, ilk davlatlar xo`jalikning ishlab 
chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qaerda 
oldinroq rivojlangan bo`lsa, o`sha erda paydo bo`lgan. Xo`jalik ishlab 
chiqaruvchi shakllarning taraqqiyoti aholi joylashuvi, hududlarning kengayishi va 
tashqi aloqalarning rivojlanishiga olib kelgan. Shu tariqa aholining aralash 
joylashuvi jarayoni boshlanib, bir hududda turli urug` vakillari yashaydigan
bo`lgan, ya`ni qarindosh-urug`chilik jamoasi o`rniga hududiy qo`shnilchilik
jamoalari paydo bo`lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug`orish tarmoqlari 
bilan chegaralangan bo`lib, ular to`la o`zlashtirilgan va doimiy xo`jalik hamda 
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda yashaganlar. 
Ular o`z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal 
qilishda birlashishga harakat qilganlar. Jamoalardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy
mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, diniy urf-odatlarni 
bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda boshqaruvning paydo 
bo`lishiga asos solgan.
Olimlarning tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, miloddan avvalgi 1 ming 
yillikning boshlari O’rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari (Baqtriya, Sug`d, 
Xorazm) jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bir necha kichik 
oilalardan tashkil topgan uy jamoalari (katta oila vakillari)dan iborat bo`lgan. 
Ushbu uy jamoalarining boshqaruv tartibida katta oilalar boshliqlar yoki uy 
egalari, shuningdek, alohida qishloq qo`rg`onlarini boshqaruvchi jamoalar muhim 
ahamiyatga ega bo`lgan. Bu jarayonda alohida uylar o`rtasidagi qarindoshchilik 
munosabatlari kabi belgilar ikkinchi darajali bo`lib borgan. Bu shunda ko`rinadiki, 
har bir katta oila mumkin bo`lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida 
xususiy mulkka, o`z uy-joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, qishloq xo`jaligi 
mahsulotlari va chorva mollariga ega bo`lganlar, bir so`z bilan aytganda, ular 
o`zlarini iqtisodiy jihatdan ta`minlay oladigan xo`jaliklarni aks ettirganlar.
Ushbu xo`jaliklarda mansablarni egallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va 
ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog`liq bo`lgan. Boshqaruv faoliyati zarurati 
ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish 
hamda jamoa mahsulotini taqsimlash kabi ishlar bilan maxsus shug`ullanuvchi
ayrim shaxslarni yuzaga chiqargan. Shu tariqa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
taraqqiyoti jamiyatda o`z obro`-e`tiboriga ega bo`lgan, faqat ijtimoiy ishlab 
chiqarish bilan shug`ullanmasdan, ijtimoiy va xo`jalik hayotini nazorat qiladigan
hamda boshqaradigan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Bunday odamlar 
o`zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va nufuzlari bilan


boshqalardan ajralib turganlar. Aynan shu asosda ishlab chiqarish faoliyatidan
tashkiliy-boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan. 
Qadimgi jamoalarda rahbar – yo`lboshchining nufuzi yuqori bo`lsa-da, o`sha 
davrlarda boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat siyosiy davlat 
maqomi darajasiga etmagan ijtimoiy tashkilot turini o`zida ifoda etgan. Moddiy 
boyliklarni taqsimlash hamda jamoa mahsulotidan olinadigan ulush bunday 
tashkilot boshqaruvchisi lavozimidagi shaxslarning o`rni va amaliga bog`liq 
bo`lgan. Shu tariqa yo`lboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati 
kasbiy boshqaruvchilikka aylangan.
A.S.Sagdullaev tadqiqotlariga ko`ra, boshqaruvning paydo bo`lish asoslari
quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy 
bosqinlardan himoyalanish zarurati, jamoadagi mavjud urf-odatlarni bajarish, 
jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatdan bo`linishi. Olimning ta`kidlashicha, 
eng qadimgi davrlardan boshlab to bugungi kungacha quyidagi boshqaruv
vazifalari ustivor bo`lib kelmoqda: tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, 
jamiyatning ichki va tashqi murakkabliklarini boshqarib turish. Qadimgi boshqaruv 
tizimining birinchi bosqichi quyidagi funktsiyalar bilan bog`liq holda amalga 
oshirilgan: iqtisodiy, jtimoiy, harbiy-siyosiy, hududiy. 

Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling