Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

reviziya, attestatsiya kabi tuzilmalar mavjud bo`lib, bu tuzilmalar ham davlat, 
ham nodavlat tashkilotlarga baravar xizmat ko`rsatadi.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat va 
nodavlat idoralarining qonunlarni hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo`lida o`z vakolatlari 
doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va ma`muriy 
faoliyatidan iborat. Davlat boshqaruvi xo`jalik, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-
siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirila borib, quyidagi 
masalalarni nazarda tutadi: 
1. Ma`muriy ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab 
harakatlanishi. 
2. Davlat boshqaruvi sub`ektlarining huquqiy-hokimiyat vakolat-larini 
ma`muriy tartibda amalga oshirish. 
3. Boshqaruv sub`ektlari huquqiy me`yorlarni mustaqil o`rnata oladigan 
ma`muriy qonun ijodkorligi imkoniyatlarining mavjudligi. 
Davlatning vazifalari va boshqaruv ko`rinishlari. Davlatning vazifalari – 
bu davlatning milliy va umumbashariy mohiyati hamda ijtimoiy vazifasini aks 
ettiradigan asosiy faoliyat yo`nalishlaridan iborat. Bu vazifalar davlat hududi 
doirasida amalga oshiriladigan ichki vazifalar hamda uning hududlaridan 
tashqarida amalga oshiriladigan tashqi vazifalarga bo`linadi. Davlat vazifalari 
doimiy va muvaqqat (favqo`lodda holatlarda) vazifalarga bo`linib, bu vazifalar 
o`zaro bog`liq va bir-birini to`ldirib turadi.
Bugungi zamonaviy davlatning asosiy vazifalari jamiyatning normal hayoti 
va taraqqiyotini tashkil etish, shu jamiyat fuqarolari va xalqining huquq, 
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoyalash, mamlakatning ichki va 


tashqi ziddiyatlari hamda qarama-qarshiliklarini hal etishga qaratilgan. Davlat 
ijtimoiy rolining mohiyati barcha fuqarolarining umumiy xohish-irodasini ifoda 
etgan holda butun jamiyatga ma`lum maqsadlarni nazarda tutuvchi, 
tashkillashtiruvchi ta`sir o`tkazishdan iborat. Shuning uchun davlat tomonidan 
o`zining ijtimoiy vazifalarini bajarishini belgilab beradigan quyidagi ikki jihati 
ajratiladi: 1) davlat fuqarolari-ning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari va xohish-
irodasini o`zida qanchalik mujassam etishining ko`rsatkichi; 2) davlatning ijtimoiy 
jarayonlarni qanday boshqarayotgani, jamiyat taraqqiyotini ta`minlayot-ganidir. 
Bir so`z bilan aytganda, davlat jamiyatning hayotiy faolyatini qo`llab-
quvvatlash bo`yicha turli vazifalarni bajaradi. Ularning barchasi ma`lum darajada 
boshqaruv bilan bog`liq bo`lib, boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga 
oshiriladi. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu boshqaruv, u bilan birga davlat 
apparati ham murakkablashib, takomillashib boradi.
Davlatning boshqaruv vazifasi davlatning deyarli barcha vazifala-rini qamrab 
olganligi bois, davlatning vazifalari – bu boshqaruv vazifalarining majmuasi 
sifatida izohlanadi. Davlatning asosiy boshqaruvchilik vazifalari rahbarlik, 
muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat, sotsiumni saqlash va rivojlantirish
maqsadida qarorlar qabul qilish, uning tuzilishi va faoliyatini tartibga keltirish, 
fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, ularning har tomonlama faoliyat ko`rsatishi 
uchun qo`lay sharoitlar yaratishdan iborat.
Davlat o`zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko`ra ko`ptizim-lilik 
xususiyatiga ega. Bu tizimda ko`plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko`p 
sonli mansabdor shaxslar va boshqa xizmatchilar, millionlab kishilar ishga
solinadi. Davlat boshqaruvida quyidagi tizimlar alohida ajratib ko`rsatiladi: 
1. Boshqaruvchi tizim – davlat boshqaruvi sub`ektini belgilovchi sifatida. 
2. Boshqariladigan tizim – butun jamiyat va uning davlat ta`siriga tortilgan 
tarkibiy qismlari boshqaruv ob`ektlari sifatida. 
3. O’zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga
oshiradigan turli institutlar.
3. O’zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga 
oshiradigan turli institutlar. 
Hokimiyatning markaziy idoralari va mintaqalarning o`zaro aloqalari 
xususiyatlariga ko`ra boshqaruvning subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi 
shakllari farqlanadi. Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona 
markaziy idorasi bilan birga to`liq yoki qisman mustaqillikka ega bo`lgan 
joylardagi idoralar ham mavjud bo`lgan federatsiya yoki konferentsiya shaklida 
amalga oshiriladi. Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos bo`lgan
joylardagi hokimiyatning markazga ma`muriy bo`ysunishi, quyi boshqaruv 
idoralariga ta`sir o`tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga 
majburan bo`ysundirishiga asoslanadi. Mulk shakllaridan foydalanish mezonlariga 
ko`ra, quyidagi boshqaruv turlari: federal boshqaruv; mintaqaviy boshqaruv; 
munitsipal boshqaruv; xususiy (korporativ) boshqaruv kabilar farqlanadi. 
Boshqariladigan ob`ektlarga ta`sir o`tkazishga ko`ra, quyidagi soha 
(fuktsional) va hududlar boshqaruvi mavjud: 1) Soha boshqaruvi markazdan to 
korxonagacha bo`ysunish bo`lishini nazarda tutadi. Bunday holat tarmoqda 


yagona texnikaviy siyosatni joriy etadgan, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo 
muvozanatni ta`minlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi. 2) 
Hududiy boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni 
chuqurlashtirish hamda mintaqalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning 
iqtisodiy va ijtimoiy darajasini tenglashtirishga qaratiladi. 
Muvaqqat harakat me`yorlarining miqyosiga bog`liq holda boshqaruv 
strategik, taktik va tezkor ko`rinishlarga bo`linadi. Strategik boshqaruv jamiyat 
taraqqiyoti bilan bog`liq masalalar yuzasidan to`liq yoki ayrim yo`alishlar, 
sohalar, ob`ektlar, hududlar bo`yicha uzoq muddatli mo`ljallarni belgiab beradi, 
jamiyat rivojining maqsad-lari, vazifalari, strategiyalarini aniqlaydi va
boshqaruvning har bir bo`g`iniga faoliyat yo`nalishini beradi. Taktik boshqaruv 
– belgilan-gan maqsadlarni amalga oshirish bo`yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa 
muddatli boshqaruv bo`lib, unda mavjud axborot negizidagi strategik mazmunga 
ega bo`lgan ko`rsatkichlar doimo ma`lum davrda erishilgan natijalar bilan 
qiyoslanadi. Tezkor boshqaruv joriy yoki tasodifiy chekinishlar natijasida paydo 
bo`ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo`lib, bunda aniq vazifalar 
qo`yiladi hamda vaziyatdan kelib chiqib, mavjud shart-sharoit asosida ma`qo`l 
variant tanlab olinadi.

Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling