Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KKKKKKK

2.3. Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar 
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs 
deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga 
kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi 
odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi 
ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro 
munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin 
shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning 
shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga 
ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador 
davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining 
maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim 
nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz 
zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib rivojlanib boradi. 
Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. 
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning 
ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, 
munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir 
etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni 
paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun 
o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs 
shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning 
ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. 
Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.
Odam atrofni, ob'ektiv 


28 
borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi 
bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi.
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar problemasini hal qilishda 
dialektik materializm ta’limoti taraqqiyotda quyidan (soddadan) yuksakka 
(murakkabga) o‘tishni amalga oshiradigan ichki qarama-qarshiliklarni ochib 
berishni zaruriy ravishda talab qiladi. Shaxsning aktivligi odamni anglangan va 
anglanmagan motivlarning murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar 
yig‘indisiga bog‘liqdir. 
Shaxs psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari odamning o‘z faoliyati 
davomida o‘zgarib boruvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy 
imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda yuzaga chiqadi. 
Shunday 
qilib, 
shaxsni 
rivojlantirish 
maqsadida 
bu 
qarama-
qarshiliklarni yengish
uchun, ya’ni faoliyatni amalga oshirishning ma’lum 
vositalarini (yo‘l-yo‘riqlarini, bilimlarini va shu kabilarini) o‘zlashtirish orqali sodir 
bo‘ladi. Bularning hammasi ta’lim (o‘qitish) yordami bilan amalga oshiriladi. Bunda 
aktiv faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yangi yanada yuksakroq 
darajadagi ehtiyoj tug‘diradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxs taraqqiyotining 
harakatlantiruvchi kuchlari irsiyat va muhitdir deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Lekin 
bunda shaxsga harakteristika berishda irsiyat va irsiyat muhitini e’tiborga olmaslik 
kerak. Ko‘pchilik odamlar o‘rtasida (xususan ota-onalar o‘rtasida) odam shaxsiga 
xos ma’lum bir xususiyatlarning paydo bo‘lishida irsiyat ustunlik qiluvchi rol 
o‘ynaydi, degan tasavvur keng tarqalganligini pedagog e’tiborga olishi lozim 
bo‘ladi. 

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling