Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KKKKKKK

Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad 
uchun qo‘llanaladi. Qo‘llanilish sohasiga qarab
1. Intellekt testlari.
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlar farqlandi.
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika qilish 
uchun ko‘pincha amerikalik psiholog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika 
qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi 
va atrofidagilarda muayyan hislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va 
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, 
tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini aniqlab va shu asosda shaxslararo 
o‘zaro ta’sirni prognoz qilishi mumkin.
Shunday qilib, testlar – bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy 
psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida 
kashf qilingan bo‘lib, ular 20 – 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib 
keldi. Natijada maxsus soha – psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llashning 
qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 
bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin.


16 
Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi 
bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar 
tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga 
turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq 
ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining 
hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish 
mumkin (1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh 
dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. 
Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta 
dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan 
ranglarda beriladi. Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning 
shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Rorshax testining yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varanti YE.T. 
Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqotni 
diagnostika qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo‘shimcha 
metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari 
kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga 
qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni 
qo‘lga kiritadilar.
Shuningdek, psixologik tadqiqotlarda ko‘pincha rasmli assotsiatsiyalar 
metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod birinchi bo‘lib 1945 yilda S.Rozensveyg 
tomonidan taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga turmushda tez-tez uchrab 
turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda 
bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi
unga qarama-qarshi tomondagi shaxslar esa hali javob qaytarib ulgurmagan. 
Tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga qaytarilishi 
kutilayotgan javobni yozish so‘raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs yo‘nalishi, 
uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya hissining xususiyatlari, bu hisning 
kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muhim faktlar to‘planadi.


17 

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling