10
2.
Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan
vazifalar belgilanishi
(nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi
(nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari,
taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat
aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur).
Kuzatishdan maqsad xulq-
atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i
lozim.
3.
Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas,
balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4
.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish bolalar uchun tabiiy sharoitlarda
o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, bola
kuzatilayotganini sezmasin.
5.
Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining
xohishi bilan emas, balki doimiy
reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng
o‘tkazilishi zarur.
6.
Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt,
harakat, bolalar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda
xulosa chiqarish lozim.
7.
Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi
lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol
qayd qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: