Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular
Download 349.18 Kb. Pdf ko'rish
|
KKKKKKK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat metodi
- Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular :
1.Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi. 2.Qayd etishdagi xatolar. 3.Qaytarish imkonining yo‘qligi. 4.Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm. Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, bola xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud. 11 Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan biridir.Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak. Tug‘ilgandan 2 - 3 oygacha – har kuni - 3 oydan - 1yoshgacha – har hafta Ilk bolalik ya’ni 1 – 3 yoshda – har oyda yoshdan 6 – 7 yoshgacha – yarim yilda 1 marta 7 – 11 yoshda – 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida bolalar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega. Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xattiharakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. 2. Suhbat boshida bola qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerakPedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi. Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi. Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi. Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat: 12 Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta qissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. 30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamoyillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi. Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. 13 Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy- tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir. Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Оng faoliyatning iсhki rejasini, uning programmasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda Shuning yordamida mo‘ljal oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi. Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S. Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi. P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab Yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik Yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil 14 qildi. S.L. Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual-psixologik fazilatlaridan bo‘lgan qobiliyatni tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bo‘lak boshqacha muhitda yuz bermaganidek, “qobiliyat tegishli qonkret faoliyatdan ajralgan holda paydo bo‘la olmaydi”. O‘qituvchitarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini s hakllantiradi, bu esa pedagogning o'quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilish ida yoki asincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog‘liq. Bola shaxsining rivojlani shidao‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Download 349.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling