Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
Download 349.18 Kb. Pdf ko'rish
|
KKKKKKK
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson
holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o‘z- o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi. Test inglizcha (test) so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtirilgan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 15 Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 – bosqichda testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2 – bosqichda normalar aniqlanadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi. Testning ishonchliligi – shu test qaytа o‘tkazilganda (aynan shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti. Download 349.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling