Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Sut emizuvchilarning hayot tarzi, xulq-atvori


Download 1.34 Mb.
bet15/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Sut emizuvchilarning hayot tarzi, xulq-atvori.

Ko’pchilik kemiruvchilar quruqlikda hayot kechirib opsimliklarning vegetativ qismlari, urug’lari va mevalari bilan oziqlanadilar. Juda ko’pchilik kemiruvchilar turli darajada murakkablashgan va uzunlikdagi, ayrimda murakkab sistemadagi bir qancha kamerali inlar quradi. Bunday inlar mayda sichqonsimonlar, kemiruvchilar, olmaxonlar, qumsichqonlar, yumronqoziqlar, qopshoyoqlilar va boshqalarga xosdir. Ko’pchilik dalasichqonlar, olachiporlar yer osti yopllaridan tashqari inni oziqlanadigan joylar bilan bog’lash uchun yer yuzi sopqmoqchalari hosil qiladi. Bu hayvonchalarni opz xududida tez harakatlanish imkonini beradi. Oprmon malla dalasichqonlari, oprmon va sariqtomoq sichqonlari yer usti sopqmoqchalarini singan daraxtlar tomirida, ayrimda yerdan bir oz balandroq daraxt kavaklarida quradi. Bu kemiruvchilar anchagina yaxshi chirmashib harakatlanadilar.



Olmaxonlar, sug’urlar, katta qumsichqonlarning inlari juda murakkab darajada quriladi. Ularning chuqurligi 2 metrga qadar yetadi. Eng takomillashgan qazuvchi-bu katta qumsichqon. Odatda uning ini kemiruvchi bir necha avlodining ko’p yillik faoliyatidir. Yopllari 2-3 qavatda joylashib, in kameralaridan tashqari tarmoqlangan yopllari ham mavjud. Ko’pincha katta qumsichqon koloniyalariga yakka-yakka hayot kechiruvchi kemiruvchilar (masalan, yarimkun qumsichqon) kelib oprnashadilar. Bu yerga quyoshning jazirama issig’idan himoya topish uchun sudralib yuruvchilar (chopl toshbaqasi, kaltakesaklar, ilonlar), tolay-tovushqon va hattoki qushlar ham boshpana topadilar (42- rasm).

42-rasm. Katta qumsichqonning koloniya sxemasi. (po N.p.Naumovu. 1979)

A-Katta qumsichqon. B-yarimkun qumsichqoni. V-qopshoyoq. G-tolay tovushqoni. D-tulki. Ye-kaltakesak . J-SHitamordik. Z-chopl toshbaqasi.


Olmaxon, letyaga, soni singari ayrim kemiruvchilar-tipik daraxtda yashovchi jonivorlardir. Ular novdalarda yaxshi harakatlanadilar, bir daraxtdan ikkinchisiga yengilgina sakrab optadilar (letyagalar asta-sekin pastlab uchadilar), ularning boshpanalari daraxtlarda, ko’pincha daraxt kovaklarida joylashadi. Olmaxonning uyalari chug’urchuqlar inida va odamlar turar joylarida ham qayd etilgan.

Ayrim kemiruvchilar turlarining tarqalishi bevosita suv xavzalari bilan bog’liq. Ular suv muhitida yashashi tufayli qator morfolik (suzish pardalari, jun qoplami va h) moslamalarga ega. Bular qatoriga suv sichqon, ondatra, nutriya va suv qunduzlari kiradi. Bu kemiruvchilarning inlari suv xavzasining tikka qirg’og’iga (odatda suvostidan chiqadi), yoxud orolchalarda va oqizmalarda quriladi. Suv qunduzlar bundan tashqari kulba (“xata”) quradi.

Er ostida hayot kechirib, eng yaxshi yer qazuvchi kemiruvchilar turlariga koprsichqon, slepushonka, tsokorq slepqshi, qopshoyoq, chopl va sahro dalasichqonlarni ko’rsatish mumkin. Ayniqsa ularning jag’ apparatidagi yer yumshatadigan kurak tishlari kuchaygan. Ular og’iz bopshlig’idan turtib chiqib turadi, uning qiyalik burchagi bosh suyagiga nisbatan kattalashgan. Og’iz bopshlig’i tuproq zarrachalari tushishidan junli teri qatlamlari bilan himoyalangan, qatlamlar diastegmaga bukuladi va kurak tishlar og’iz bopshlig’idan ajralib turadi.

Er ostida haqiqiy hayot kechiruvchi kemiruvchilar, amalda yer yuziga chiqmasdan butun umr inlarida yashaydilar. Slepisheylarda kopzi rivojlanmagan. Ularda qazish tipi birmuncha qiziq: qopshoyoqlilardan farqlanib, hayvonchalar kurak tishlari bilan tuproqni kemirganga opxshab in qazisa, beshpanjali qopshoyoqlilar kurak tishlari bilan bolg’aga ophshash tuproqni tez-tez urib yumshatadi.

Kemiruvchilarni tarqalishini turli tipdagi tuproqlar bilan bog’lash mumkin. Jumladan, oddiy koprsichqon, tsokor, dog’li yumronqoziqlar qoraturoqlarda uchraydi. Sahro gil tuproqlari uchun sarg’ish yumronqoziq, beshpanjali qopshoyoqlilar xarakterlidir. CHopl qumoq tuproqlarining kemiruvchilari (katta qumsichqon, yarimkun qumsichqon, ingichkabarmoq yumronqoziq va b.q) qumda harakatlanishga va yumshoq qumda uya qurishga moslashgan: Oyoq kaftlaridagi qalin junlar rivojlangan.

Namlik kemiruvchilarning tarqalishiga tahsir etuvchi muhim omil hisoblanib, ko’pincha boshqa, jumladan opsimliklar tarqalishi xususiyatlari bilan birgalikda tahsir etadi. Ammo ayrimlarining opz tarqalishlari nam iqlim bilan bog’liq (masalan, oprmon mintaqasida), chunki bu yerda kemiruvchilar oprmon va dala sichqonlari ko’pchilik dala sichqonlari oziqlanadigan opsimliklar opsadi. Ko’pchiligining tarqalishi daryo opzanlariga to’g’ri keladi. (Garchand ular boshqa biotoplarda uchrashi ham mumkin). Masalan, oprmon sichqoni oprmon opzanlari orqali oprmon chopl va chopl mintaqasiga kirib boradi. Sug’oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi namsevar turlarni quriq mintaqalarga kirib borishiga imkon yaratadi.

Kemiruvchilarni opsimliklarga bog’liqligi ham nihoyatda yuqori. Ayrim turlarning tarqalishi to’g’ridan –to’g’ri u ayrim opsimliklar yoki ular to’dalarining tarqalishi bilan bog’liq. Masalan, olasichqon (burunduk) ning areali, ayrim ignabargli turlari arealiga, sonyaning (olmaxonga opxshash jonivor) areali kengbargli opsimlik turlarining arealiga to’g’ri keladi. Bunday bog’liqlik ayniqsa chopchqayong’oq, yong’oq, ninabargli va kengbargli daraxtlar urug’i bilan oziqlanadigan stenofag turlarda keskin ifodalangan.

Kemiruvchilar turli-tuman sharoitlarda yashashga moslasha oladilar va barcha-sahrodan tortib, tundragacha va SHimoliy muz okeani orollarigacha boplgan barcha mintaqalarda joylashadilar. Qishda faol hayot kechiruvchi kemiruvchilarning mavsumiy teri qoplami mopynasining opzgarishi, tokoferal va yog’ning yig’ilishi va kimyoviy termogulyatsiya intensivligining pastligi yaxshi ifodalangan. Ayrimlari sovuq tushishi bilan uyquga ketib, davomli dong qotib qoladi. Bularga surkalar, yumronqoziqlar, mishovkalar, tahluqlidir. Uyquga ketishdan oldin organizmda ko’pchilik fiziolog, bikimyoviy jarayonlarda opzgarishlar yuzaga keladi, yog’larni askorbin kislotasi va Ye vitaminini, toppalanishi, organizmda suv miqdorining kamayishiga olib keladi. Tabiatda uyquga kirish tashqi muxit omillari ta’sirida: haroratning pasayishi, yorug’lik rejimining opzgarishi, oziqada ximizm va suv miqdorining opzgarishi tufayli yuzaga keladi. Ayrim chopl turlarida oziqa bazasining yomonlashuvi va opsimliklarning qurishi natijasida yozgi uyqu ham kuzatiladi. Ularning ko’pchiligida yozgi uyqu uzilishsiz qishki uyquga optadi.

Og’maxonlar, sonyalar, olmaxonlar, ayrim qumsichqonlar yil faslining sovuq davrida qisqa muddatli va qisqa uyquga yoki noqulay ob-havoda ular faolligida qisqa mudatli uzulish ropy beradi. Bunday kemiruvchilar qishki oziqa zaxirasi topplab, ularni yoxud maxsus kameralarga (og’maxonlar, qumsichqonlar), yohud daraxt kovaklariga (olmaxonlar, olasichqonlar), ildiz ostlari va boshqa yashirin joylarda saqlaydilar. Olmaxonlar ham zamburug’larni yig’ib daraxtlar shohlariga ilib qopyadilar. Qoprg’oncha sichqonlar oziqasini tuproq bilan berkitib qoprg’oncha hosil qiladilar. Sovuq davrda ham faolligini saqlab qoladigan sichqon va dala sichqonlar ham qishki oziqa zahirasini yaratadilar. Ular opsimliklarning mevasi va urig’ini, ildizmeva, ildizpoya, vegetativ qismlarni g’amlaydilar. Noqulay ob-havo sharoitida ular faolligining susayishi kuzatilgan.

Muhit bilan normal issiqlik almashish sutka faolligi davomida amalga oshiriladigan; masalan, katta qumsichqonlar qishda opz inlariga nisbatan ochiq va iliq kunlari qisqa muddatga tashqariga chiqadilar. Bahor va kuzda ular kuning barcha yorug’ davrida, ayniqsa kuning oprtasida (10-16 soatlarda) faoldirlar. Yozda ular maksimal faolligi ertalabki va kechki soatlarga to’g’ri keladi. (43-rasm). Havoning issiq soatlarida inlarida optiradilar.




43-rasm. Katta qumsichqon- sutkalik faoliyatining mavsumiy opzgarishi (po M.V.SHexanovoy, 1962)





44-rasm. Uy sichqoning kuzda daladan aholi punkitlariga kopchishi. (po T.V.Tupikovoy, 1947)

1-tuproq yuzasining maksimal harorati.

2-sichqonlarni uyda tutish.


Qizildumli kemiruvchilar yozda qathiy tungi jonivorlar boplib, yilning qolgan fasllarida kundizi opz uylaridan tez-tez chiqib turadilar. Sovuqdan va issiqdan kemiruvchilarni inlari himoya qiladi. Sichqonlar va dalasichqonlar qishda issiq inlar quradilar. Qalin qorda dalasichqonlar yer yuzasidagi qor ostida yopl ochadilar, qor osti qishki ini yasaydilar, kuzda havo va tuproq xaroratinig pasayishi tufayli sichqon va dalasichqonlar ommaviy ravishda aholi punktlariga, g’aramlarga, poxol uyumlariga va ko’pyillik optlarga kopchib optadilar (44-rasm).

SHunday qilib, xarorat muhiti kemiruvchilarning harakati muddatilarini yopnaltirishda va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling