Mavzu: sabzavotlardan taomlar tayyorlash mundarija: Kirish i-bob. Sabzavotlardan taomlar tayyorlash


Download 0.55 Mb.
bet4/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1063357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH

QIYMALI ShO’RVA. Bu totli tansiq taom qadimda shahar aholisi (kosiblar) oshxonasidan kelib chiqqan, degan taxminlar bor, chunki go’sht xonadonda hamma vaqt oz bo’ladi, ozgina go’shtdan ko’proq va lazzatli taom tayyorlashning usullari qiymali taom-lardir: qiymalangan go’shtning mazasi yaxshi chiqadi, piyoz va boshqa masalliqlar qo’shilsa ko’payadi. Qolaversa, qiymali taomlar yaxshi hazmlanadigan bo’lib parhezlik xosiyatlar kasb etadi.
Yog’liq mol go’shtning lahm qismidan qiyma tayyorlaysiz. Suyagini esa sovuq suvli idishga solib 2 soatcha miltiratib qo’yasiz, so’ng olib tashlaysiz. Sho’rvasiga to’g’ralgan piyoz, pomidor, sarimsoq parraklari, yong’oq kat-taligidagi yangi kartoshkadan olib, uni qirib archasiz va sovuq suvga botirib qo’yasiz. Go’shtni myasorubkadan ikki marta o’tkazish kerak, bunga mayda to’g’ralgan piyoz, yuvilgan xom guruch, xom tuxum chaqib tuz va murch sepib yaxshilab mijib aralashtiring. So’ngra qiymadan yong’oq kattaligidagi zo’l-dirlar dumalatib sho’rvaning qaynab chiqayot-gan joylariga tashlaysiz. Agar qiymani avval dumalatib, so’ngra sho’rvaga birdaniga solsangiz bo’lmaydi — sho’rva soviydi va qaynovi yangilanganda dumalatgan zo’ldir titilib shaklini yo’qotadi. Hamma qiymani bitta-ikkitalab sho’rvaga solib bo’lganingizdan so’ng tayyorlab qo’yilgan kartoshkani solib yana 25—30 minut miltiratib qayna-tasiz. Qiymaga hamma vaqt yangi go’sht ishlatish kerak, yangi bo’dsa ham, gastronom-dan xarid qilingan go’shtdan qiyma tayyorlaydigan bo’lsangiz bu ham bo’laveradi, biroq uning ko’pigi ko’proq chiqadi, olib turmasan-giz sho’rva bo’tana chiqadi. Dasurxonga tortishda kosalarga bir-ikki donadan kar­toshka 6—8 dona qiymadan solib sho’rvasidan kuyasiz-da yuziga Qirkilgan oshko’klardan sepib keltirasiz.
TOVUQ SHO’RVA. Qozonga suv solib tovuq bo'laklarini solamiz.Qaynab chiqqandan so'ng suv yuzidagi ko'pikni olib tashlaymiz. Gazni sal paslatib 30 daqiqacha qaynatamiz. Orada tuxumni yaxshilab yuvib, po'sti bilan solib 10 daqiqa qaynatib olamiz. Keyin o'rtacha tog'ralgan sabzi, butun piyoz, sarimsoq va zanjabilni solib qaynatishda davom etamiz. Biroz qaynagach kartoshka, tuz, murch solib yana 30 daqiqa qaynatamiz.
Tayyor bo'lgan tovuq sho'rvani kosalarga suzamiz. Po'sti archilgan tuxumni 4 ga bo'lib xar bir kosaga solamiz. Xoxishga ko'ra yuziga ko'kat va qalampir kukuni solib dasturxonga tortamiz. Tovuq sho’rva
KIFTA ShO’RVA. Qiymali sho’rvaning yangi turi, 40- yillarda Toshkentda paydo bo’lgan.Bu taom keng propaganda qilinmaganligidan tezda unutilib ketgan. Ko’rinishi ham, mazasi ham talabga javob beradi, mehmon uchun tayyorlasa arziydi, parxezlik xosiyatlari ham bor — tez hazm bo’ladi. Go’shtni faqat Qiyma tarzida iste’mol qilish mumkin bo’lgan bemorlarga, qariyalarga va go’daklar ovqatlanishida qo’llanishi mumkin.
Sho’rva tayyorlashdan bir kun burun no’xatni yuvib, sovuq suvga ivitib qo’yasiz. Yog’li mol va qo’y go’shtlari aralashmasidan myasorub­kadan ikki marta chiqarib qiyma tayyorlaysiz. Bunga mayin to’g’ralgan piyoz, bir qaynatib olingan guruch, tuxumning oqi, tuz va murch

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling