Mavzu: sabzavotlardan taomlar tayyorlash mundarija: Kirish i-bob. Sabzavotlardan taomlar tayyorlash


Download 0.55 Mb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1063357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH

KIFTA NO’XATLI MASTAVA SHO’RVA
qo’shib mijiysiz. Ana shu qiymadan apelsindek keladigan bo’laklar olib taxta ustiga ko’yib kaft bilan yumshatib uzunroq bodringdek keladigan kiftalar yasaysiz («kifta» degani kaft bilan ishlov berish ma’nosini anglatadi).
No’xat qaynayotgan sho’rvaga sabzini «no’xatcha» (1 sm3) shaklida to’g’rab soling, halqa-halqa to’g’ralgan piyoz tashlang. Yangi kartosh­kadan kattaligi tuxumday keladiganlarini tanlab oling, qirib arching, yuvib suvga so­lib qo’ying. Sho’rvaning qaynab chiqqan joyla­riga kiftalarni bitta-bittalab solasiz. Kutasiz, qaynovi tiklanganda yana solasiz va hokazo. Barcha kiftalarni solib bo’lgach, tayyorlab qo’yilgan kartoshkani qo’shib 30— 35 minut davomida miltiratib pishirasiz. Dasturxonga tortishda har bir kosaga bir donadan kifta va bir donadan kar­toshka solib, sho’rvadan qo’yib, yuziga qirqilgan ko’k piyoz sepib keltirasiz.
QAYNATMA ShO’RVA. Oq sho’rvaning o’zgartirilgan, dehqonchilik va qosibchilik bilan mashg’ul bo’lgan aholi o’rtasida keng tarkalgan variantidir. O’z-o’zidan ma’lumki, oq sho’rva sabzavot ekilmaydigan, tog’ va cho’l zonalaridagi chorvador aholi oshxonasiga mansub bo’lib qadimiy variantida unga hatto piyoz ham qo’shmay, kuruq go’sht yog’ining o’zini kaynatishga asoslangan va hanuz ham u ni o’sha qadimiy usulda tayyorlanadigan joylar bor. Qaynatma sho’rvaga esa albatta sabza­votlar qo’shilgani sababli buni vodiy joy-larga, vohalarga xos taom deb atasa bo’ladi. To’ylarda, bayramlarda, boshqa katta mehmon-dorchiliklarda tayyorlangani uchun qaynatma sho’rvani ham tansiq taomlar qatoriga kiritamiz.
Yog’li qo’y yoki mol go’shtidan olib yaxlitligicha yoki 50—60 grammli bo’laklarga bo’lasiz. suyaklarini ham chopasiz. Sovuq suvli qozonga solib qaynatasiz, hosil bo’lgan ko’pigini olib mayda to’g’ralgan piyoz solib olovini past-latib, miltiratib qaynatasiz. Agar sho’rvaga go’shtni katta bo’laklarda solgan bo’lsangiz, sabzavotlarni ham butunligicha solasiz, agar-da go’sht bo’laklarga bo’lingan bo’lsa, u holda sabzi, kartoshka (sholg’om) ham parrak-parrak yoki lappak qilib to’g’raladi va sho’rva bir qaynab chiqqandan keyin qozonga solinadi. Ushbu sho’rvaning boshqa qaynatma usulida tayyorlanadigan sho’rvalardan farqi shuki, ularga sabzavotlar ko’proq tashlanadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling