Sharq siyosiy submadaniyati. Tarixiy-diniy an’analarga yo‘naltirilgan. CHeklangan siyosiy tanlov sharoitlarida faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu submadaniyat aniq-ravshan ifodalangan siyosiy subordinatsiya, ma’muriy hokimiyatning vakolati va sud hokimiyatlarida ustunligi bilan ajralib turadi. Hokimiyatning meros bo‘lib o‘tishi va elitarligi keng tarqalgan.
Mintaqaviy siyosiy submadaniyatlar mintaqaviy va davlat belgilariga ko‘ra ajralib turadi. Ana shu belgilar bo‘yicha siyosiy tafakkur va xulq-atvor uslublarida farqlar ko‘zga tashlanadi. Mintaqaviy omilni hisobga olgan holda shahar va qishloq submadaniyatlarini ham farqlash mumkin.
Siyosiy-diniy submadaniyatlar. Ijtimoiy hayotning diniy va siyosiy sohalarining chambarchas bog‘lanib ketganligi, hamda diniy aqidalarning siyosat sub’ektlarining siyosiy yo‘naltirilganligiga va xulq-atvoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Etno-siyosiy submadaniyatlar. Ular milliy tarkibi bir xil bo‘lmagan davlatlarga xosdir. Ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning siyosiy submadaniyatlari keng tarqalgan. Masalan, Turkiyadagi greklar, Fransiyadagi jazoirliklar, Ispaniyadagi basklar, AQSHdagi hindular va boshqalar ana shunday submadaniyat egalaridir.
Milliy ozchilikni tashkil etuvchi xalqlarning submadaniyati qandaydir etnik ozchilik kamsitishga duchor bo‘lgan holatlarda yaqqol ifodalangan xususiyat kasb etadi.
YOshlarning siyosiy submadaniyati. Uning asosiy vakillari talaba yoshlardir. Mazkur submadaniyatga xos xususiyatlar jamiyat siyosiy hayotini his-xayajon bilan qabul qilish, siyosiy manfaatlar va xulq-atvorning ziddiyatli rang-barangligidan iborat. Ushbu submadaniyat vakillarida etarli hayotiy tajribaning mavjud emasligi tufayli ularga siyosiy hodisalarni farqlamaslik, boshqalar ta’siriga beriluvchanlik darajasining yuqoriligi, turli-tuman siyosiy qarashlar, nazariyalar va g‘oyaviy yo‘nalishlarni mexaniq tarzda birlashtirish ham xosdir.
Biroq keyinchalik jamiyatda qaror topadigan ko‘plab siyosiy yangiliklar ko‘p hollarda aynan mana shu yoshlar submadaniyati zaminida pishib etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |