Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


Siyosiy madaniyat, uning, darajalari va turlari


Download 0.89 Mb.
bet97/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

Siyosiy madaniyat, uning, darajalari va turlari
Bugungi kunda siyosiy madaniyat muammolari nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham dolzarb bo‘lib, ular siyosiy suhbatlar, bahslar, mulohazalar va tadqiqotlarning zng ko‘p tarqalgan mavzusidir. Siyosiy madaniyatni tubdan takomillashtirish zarurati jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tufayli ob’ektiv ravishda amalga oshirilmoqda. Zero, «biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi».
Bunday sharoitlarda shaxsning mustaqil fikrlay olishi, ijtimoiy-siyosiy faoliyatda ijodiy ishtirok etishi, murakkab si­yosiy vaziyatlarda yo‘l topa bilishi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi singari sifatlarining ijtimoiy ahamiyati keskin ortadi.
«Siyosiy madaniyat» atamasi XVIII acp nemis faylasufi va ma’rifatparvari Iogann Gerder tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Biroq siyosiy madaniyat fenomenining o‘zi Platon, Aris­totel va antik davrning boshqa mutafakkirlari to­monidan allaqachon o‘rganilgan va tashkil etilgan edi.
Siyosatshunoslik atamalari tizimiga «siyosiy madaniyat» tushunchasini XX asrning 60-yillari boshida amerikalik siyosatshunoslar G.Almond va S. Verba olib kirdilar. Ular siyosiy madaniyatning o‘zgarib boruvchi (dinamik) hodisa ekanligini ta’kidladilar va uni siyosiy tizim a’zolari tashqi hatti-harakatlarining ularning bilishi, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari orqali asta-sekin o‘zgarishi va siyosiy tizimning ichki hatti-harakatlariga aylanish sifatida qaradilar. Siyosiy madaniyatni o‘rganishga qiziqish uyg‘otgan sabab XX asrning 60-yillarida Afrika mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan, mustamlakachilik tizimining haloqatga uchrashi va mustaqil siyosiy ijod maydoniga o‘zlarining an’analari, madaniyati va davlatchilik asoslariga ko‘ra Evropa mamlakatlaridan farq qiluvchi halklarning chiqishi bilan ajralib turuvchi voqealar edi. Siyosiy madaniyat masalalariga qiziqish hayotning o‘zidan kelib chiqdi, dunyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar katta turtki berdi.
Mamlakatimizda siyosiy madaniyat muammolariga bo‘lgan qiziqish XX asrning 80-yillari o‘rtasida sobiq SSSRda yuz bergan voqealar munosabati bilan uyg‘ondi. 90-yillarning boshlaridan esa bu qiziqishni hayotning o‘zi taqozo etdi. Siyosiy madaniyatning o‘zi nima?
Amerikalik siyosatshunoslar G.Almond va J.Pauell uni mavjud tizim ishtirokchilarining individual qoidalari va mezonlarining yig‘indisi, siyosiy hatti-harakatlar asosida yotuvchi va ularga ma’no beruvchi sub’ektiv soha sifatida ta’riflaydilar. Ushbu ta’rifda asosiy e’tibor siyosiy madaniyatning sub’ektiv jihatiga qaratilgan va ob’ektivligi hisobga olinmagan.
Polshalik siyosatshunos E.Vityar siyosiy madaniyat - bu hokimiyat bilan fuqarolar o‘rtasidagi hatti-harakatlarning yig‘indisi, deb hisoblaydi. Uning qarashida ham amalda ame­rikalik siyosatshunoslar ta’riflarining aynan o‘zidir. Rossiya siyosatshunosligida siyosiy madaniyat - umumiy insoniy madaniyatning bir turi, siyosiy munosabatlar barcha sub’ektlarining atributi degan fikr qaror topmoqda.
Tegishli tadqiqotlarning tahlili «siyosiy madaniyat» tushunchasining eng ko‘p uchraydigan quyidagi talqinlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:

  • shaxsning va ijtimoiy birlikning o‘zida siyosiy ma’lumotlilikni, siyosiy ong va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni birlashtirgan madaniyati;

  • jamiyat ma’naviy madaniyatining, uning ijtimoiy-siyo­siy institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq unsurlarini o‘z ichiga olgan qismi;

  • muayyan ijtimoiy birlik yoki muayyan shaxsga xos bo‘lgan siyosiy ong va xulq-atvor stereotiplarining yig‘indisi;

  • tarixan belgilangan siyosiy munosabatlar tizimida ijtimoiy sub’ektning siyosiy bilimlari, qadriyat mezonlari, xulq-atvor namunalarining ro‘yobga chiqishi.

Siyosiy madaniyatning ushbu barcha talqinlarini jamlagan holda quyidagi umumiy ta’rifni berish mumkin bo‘ladi: Siyosiy mada­niyat - sub’ektning davlat bilan o‘zaro ta’sirini va uning siyosiy faoliyatga kirib borishini amalga oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiluvchi siyosiy bilimlar, qadriyat mezonlari, xulq-atvor modellarining yig‘indisidan iborat. Siyosiy madaniyat jamiyat va shaxsning sivilizatsiyalashganligining u yoki bu darajasini, ularning siyosiy xulq-atvor hamda hatti-harakatlarining qandaydir qoidalarini qabul qilish qobiliyatini aks ettiradi.
Siyosiy madaniyat inson va siyosiy hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kanali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosiy vazifasi kishilarni siyosiy faoliyatga, umuman, siyosiy tizimga jalb qilishdir.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, siyosiy madaniyatning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
- hokimiyat bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muayyan me’yorlar, xulq-atvor tarzlari, qadriyatlarni oldindan belgilab berishni o‘z ichiga oladi. Ularning bir qismi qonunchilik bilan rasmiylashtirilgan, boshqa qismi esa jamiyatda an’analar, urf-odat va marosimlar shaklida qaror topadi;
- siyosiy sohaning bir-butunligini ta’minlash. Bu siyosiy madaniyatga xos bo‘lgan xulq-atvor qoidalari orqali amalga oshiriladi. Aynan ana shular jamiyatning siyosiy institutlari va tashkilotlarining birligi va o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi; siyosiy metodlar yordamida jamiyatning umuman hayot-faoliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlari, davlat va uning fuqarolari manfaatlarining birga qo‘shilishidan iborat.
Siyosiy madaniyat o‘ziga xos tuzilmaga ega. Unda bilish, axloqiy baho berish va xulq-atvor unsurlari ajratib ko‘rsatiladi.
Siyosiy hayotda siyosiy madaniyatga muayyan funksiyalar xos bo‘ladi. Ularning eng muhimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- inson o‘zining guruhiy mansubligini anglab etishiga va mazkur birlikning manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishda ishtirok etishning o‘ziga maqbul usullarini belgilashga bo‘lgan doimiy ehtiyojini ochib beruvchi identifikatsiya funksiyasi;
- insonning siyosiy hodisalar ma’nosini in’ikos ettirishiga, muayyan siyosiy tizimda o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda o‘z imkoniyatlarini anglab etishga intilishini tavsiflovchi yo‘naltirish funksiyasi;
- insonning o‘zgarib turuvchi siyosiy muhitga, uning huquqlari va hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishning shart-sharoitlariga moslashishga bo‘lgan ehtiyojini moslashtirish (adaptatsiya) funksiyasi;
- insonning fuqarolik huquqlarini, siyosiy funk­siyalari va manfaatlarini u yoki bu darajada ruyobga chiqarish imkonini beruvchi muayyan ko‘nikma va xususiyatlarni kasb etishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiylashtirish funksiyasi;
- turli guruhlarning muayyan siyosiy tizim doirasida birga yashashlarini, davlatning yaxlitligini va uning davlat bilan o‘zaro aloqalarining saqlanishini ta’minlovchi in­tegratsiya (dezintegratsiya) funksiyasi;
- umum tomonidan qabul qilingan atamalar, ramzlar, stereotiplar, axborotning boshqa shakllari hamda muomala tiliga asoslangan holda hokimiyatning barcha sub’ektlari va institutlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi kommunikatsiya funksiyasi.
Turli tarixiy sharoitlarda, xususan siyosiy jarayonlarning beqarorligi davrida siyosiy madaniyatning ayrim funksiyalarining so‘nishi va hatto o‘z ta’sirini yo‘qotishi mumkin. Siyosiy madaniyatning tabiati, mazmuni va o‘ziga xosligiga mamlakatning mintaqaviy va tarixiy xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Siyosiy madaniyat - ko‘p pog‘onali hodisa. Siyosiy madani­yatning turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar bilan aloqalarining xilma-xilligi, uning tashkil etilishi va tuzilishining murakkabligini taqozo etadi.
Siyosiy madaniyatning darajasi ko‘p jihatdan umumiy ma­daniyatning axvoli va xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu jihatdan xalqning an’analari katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi siyosatshunoslik fanida siyosiy madaniyatning uchta asosiy darajasi ajratib ko‘rsatiladi: dunyoqarash, fuqarolik va siyosat. Mazkur darajalarning har birida insonda ancha qarama-qarshi tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling