Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy ong
- Yopiq siyosiy ong
Odatiy siyosiy ong — siyosiy ongning quyi darajasi. U ijtimoiy guruhlarning kundalik hayotidan bevosita paydo bo‘ladigan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar yig‘indisi hisoblanib, mazkur ong o‘z mazmuniga ko‘ra, empirik ongga o‘xshashdir.
Lekin, odatiy ong empirik ongdan farq qiladi. U muayyan mafkuraviy va nazariy elementlarga ega. Odatiy ongda ko‘zga ravshan tashlanadigan sotsial — ruhiy belgilar: ziddiyatlilik, tizimga kirmaganlik, yuzakilik, hissiyot, kayfiyat, ehtiroslar xosdir. Odatiy ongning tarkibida haqiqat elementlari — sog‘lom aql va xom xayollar, bilim va ko‘r-ko‘rona ishonch birgalikda mavjud bo‘ladi. Bu ong darajasida siyosiy voqelik yuzaki idrok qilinadi, hodisalar tashqi belgilari bo‘yicha, ko‘pincha kundalik ehtiyojlar va yaqin manfaatlar nuqtai nazaridan baholanadi. Siyosiy ongning odatiy darajasi oqilonalik va emotsionallikning jonli hayot tajribasi hamda an’analarining daqiqalik kayfiyat va barqaror stereotiplarning o‘zaro bog‘liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun u beqaror, hissiyot va bevosita tajribaning o‘zgarishiga bog‘lik tebranishlarga mahkum etilgan. Siyosiy ong ijtimoiy borliqqa munosabatiga qarab demokratik va mustabid ongga bo‘linadi. Ochiq siyosiy ong o‘zga ijtimoiy tajriba, boshqa milliy — madaniy qadriyatlar va an’analarni idroq qiluvchi ong turidir. Bu turda siyosiy voqelik umuminsoniy manfaatlarda, o‘zining inson zotiga mansubligidan kelib chiqib aks ettiriladi. Yopiq siyosiy ong — korporativ, lokal, guruhiy me’yorlar va maqsadlar doirasida qoladigan ong turi. Bu turdagi siyosiy qarashning mazmuni guruhiy yoki individual tasavvurlar doirasidan chetga chiqmaydi. Mazkur tasavvurlar insonning faqat xususiy manfaatlari bilangina belgilanadi. Ochiq va yopiq siyosiy ong turlari jamiyat rivojlanishining darajasiga, tarixiy shart-sharoitga bog‘liq. Kishilarning yaqqol ko‘zga tashlanadigan guruhiy qarashlari inqilobiy bo‘hronlar davrida ustunlik qiladi. Jamiyatning tinch rivojlanish davrida esa umumsivilizatsion qadriyatlar ustunlik qiladi. Siyosiy ong ko‘zlangan maqsadning ruyobga chiqish ehtimollik darajasiga ko‘ra, real va xayoliy; mavjud siyosiy tartibotga bo‘lgan munosabatiga qarab hukmron va muxolif ongga bo‘linadi. U ko‘zlangan maqsadga erishish usuliga ko‘ra, islohotchi va inqilobiy; mazmuniga qarab faol va sust ong bo‘lishi ham mumkin. Siyosiy ong siyosiy mafkura va siyosiy psixologiya darajalarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, siyosiy ong turli-tuman darajalarda, shaklda va turlarda namoyon bo‘ladi. Ular siyosiy voqelikni nafaqat o‘zaro aloqadorlikda aks ettiradi, balki uni ijod qiladi, o‘zgartiradi va rivojlantiradi. Shunday qilib, siyosiy ong — sotsial sub’ektlar (individlar, guruhlar, sinflar, ijtimoiy birliklar)ning ijtimoiy hayotning siyosiy sohasi haqidagi bilimlari, tasavvurlari va baholashlarining yig‘indisidan iborat. U bilish — axborot berish, baholash, yo‘naltirish, tartibga solish kabi funksiyalarni bajarish bilan jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi.52 Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling