Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tartibga solish.
- Maxsus siyosiy ong
- Ommaviy siyosiy ong
3. Yo‘naltirish. Siyosiy ong kishilarga o‘zlarini jamiyat va davlat oldida nafaqat burchlarga, majburiyatlarga, balki muayyan huquqlar, erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo‘lgan fuqarolar ekanliklarini anglashga yordam beradi. Siyosiy ong o‘zining yo‘naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy xulq — atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy uyushmalarga o‘z fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi.
4. Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida hamda u tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlar va e’tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulq — atvorini tartibga soladi. Siyosiy ongning tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining keskin burilish bosqichlarida, inqirozli davrlarida mislsiz ortadi. Aynan siyosiy tizimning samaradorligi, voqealarning rivojlanish yo‘li, ijtimoiy — siyosiy o‘zgarishlarning yo‘nalishi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga, siyosiy ko‘rsatmalariga bog‘liq bo‘ladi. Siyosiy ong — favqulodda murakkab va ko‘p o‘lchovli sub’ektiv hodisa. U turli-tuman daraja va shakllarda, avvalo, maxsus va ommaviy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘ladi. Maxsus siyosiy ong — mafquraviy jihatdan bir xil bo‘lgan ong. Bu ongni siyosiy hujjatlar (dasturlar, doktrinalar)da ifoda etilgan hamda siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, konsepsiyalar tashkil qiladi. Uning sohiblari — siyosiy partiyalar siyosiy tashkilotlar va birlashmalar. Ular muayyan yo‘nalish bo‘yicha ommaviy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi.50 Maxsus siyosiy ongda bosh masala — ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning oddiy vakillari ongiga muayyan ko‘rsatma, qoidalarni ishlab chiqish va singdirishdir. Ommaviy siyosiy ong jamiyat ehtiyojlarining darajasi va mazmunini bevosita ifoda etib, siyosiy voqelik xaqidagi jamiyat bilimlarining xarakterini ham aks ettiradi. Bunday bilimlar, bir tomondan, turli mafkuralar tomonidan ishlab chiqiladi va siyosiy madaniyatda mustahkamlanadi. Ikkinchi tomondan esa ushbu bilimlar ommaviy ijtimoiy guruhlarning amaliy faoliyati tomonidan qo‘lga kiritiladi. Ommaviy siyosiy ong xilma-xil tasavvurlar va qarashlar yig‘indisidan iborat. Unda ob’ektiv bilimlardan to yolg‘on fikrlargacha, hissiy obrazlardan abstraksiyalargacha, empirik xabarlardan nazariy konsepsiyaning ayrim tomonlarigacha, oqilonalikdan nooqillikkacha, siyosiy voqelikka radikal qarashdan konservativlikkacha mavjud bo‘ladi. Xilma-xillik, ziddiyatlilik, sistemalashmaganlik, hukmlarning stereotipligi-ommaviy siyosiy ongning hususiyatlaridir. Ommaviy siyosiy ong konkret-tarixiy va o‘zgaruvchan xarakterga ega. U tez-tez ko‘tarilish va pasayish davrlarini boshidan kechiradi. Unga ko‘plab omillar: muayyan partiyalarning siyosiy yo‘li va taktik — strategik faoliyati, turli ijtimoiy hodisalar, konkret tarixiy vaziyatning mazmuni va boshqalar ta’sir o‘tkazib turadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling