Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Guruhlarning siyosiy ongi
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy konsepsiya
Guruhlarning siyosiy ongi siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan katta (sinflar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar) va kichik (siyosiy elita, bosim guruhlari) guruhlarning umumlashgan nazariy va kundalik bilimlari, baholari, kayfiyatlari, hissiyotlaridan iborat.
Individual siyosiy ong —shaxsning siyosatni bilishi va unda ishtirokini ta’minlovchi ma’rifiy, motivatsion elementlar tizimi.51 Siyosiy ong nazariy va empirik daraja hamda shakllarda namoyon bo‘ladi. Nazariy siyosiy ong — siyosiy xarakterga ega bo‘lgan turli g‘oyalar, konsepsiyalar, qarashlar. Bu ongning sohiblarini elitalar emas, balki olimlar, ilmiy jamoalar va tashkilotlar tashkil qiladi. Ular siyosatning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqadi. Bu konsepsiyalar esa partiya va davlat tashkilotlarining dasturlarida, ko‘rsatmalarida ifodalanadi. Siyosiy konsepsiya — siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‘yilgan rahbar g‘oya, yetakchi fikr. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‘ljali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Nazariy-siyosiy ongning belgilari quyidagilardan iborat: •yaxlitlik; •sistemalashganlik; •bashorat qilishga qobiliyatlilik. Mazkur ong darajasi fan yoki muayyan ijtimoiy sinfning, hukmron doiralarning mafkurasi bilan chambarchas bog‘langan. U muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan siyosiy jarayonlarning maxsus tahlili asosida shakllanadi. Nazariy siyosiy ong siyosiy mafkura orqali namoyon bo‘ladi. Siyosiy nazariyalar va ta’limotlarda quyidagi muammolarni tadqiq etish maqsad qilib qo‘yiladi: a) siyosatning ma’no — mazmunli ko‘rinishlari; b) qonuniy siyosiy tendensiyalar va jarayonlar; v) ularni keltirib chiqaradigan sabablar; g) siyosiy pozitsiyaning real yo‘li; d) qonunchilik, ma’muriy va sud organlari tomonidan qabul qilinadigan siyosiy qarorlarning haqiqiy hamda kelajakda sodir bo‘ladigan oqibatlari. Nazariy-siyosiy ongning xususiyati uning iqtisodiy, huquqiy, harbiy — strategik va boshqa reallik bilan chambarchas bog‘liqligidir. Siyosiy ongning ushbu shakli siyosiy nazariyalarning zaruriy siyosiy dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar bo‘lib shakllanganligi bilan ham farq qiladi. Amaliyotda joriy etiladigan ushbu dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar siyosiy ongni siyosatning yetakchi elementi sifatida mustahkamlab qo‘yadi. Siyosiy munosabatlar va siyosiy institutlar, tashkilotlar va muassasalarning xarakteri, o‘z navbatida, bu elementga bog‘liq. Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon ham beradi: partiya tomonidan nazariy va amaliy voz kechilgan va bartaraf etilgan qoidalar, urf-odatlar jamiyatning siyosiy ongida uzoq vaqtgacha asorat sifatida saqlanib qolishi mumkin. Bu holni ko‘plab siyosiy arboblar, donishmandlar ta’kidlashgan. Aksincha vaziyat bo‘lishi ham mumkin: ommaviy siyosiy ongda muayyan siyosiy harakatning, siyosiy qaror qabul qilishning zarurligi e’tirof etiladi, maxsus ong esa bunga tayyor emas. Masalan, mamlakatda ko‘p partiyaviylikning zarurligi haqidagi g‘oya jamiyatda oldindan o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa ham, kerak bo‘lgan tashabbus hukmron partiya, davlat tomonidan kechikishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, jamiyatning konstruktiv va barqaror ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun maxsus va ommaviy siyosiy ongning o‘zaro harakati juda muhim. Ularning kishilar va jamiyatning, uni tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosidagi, kayfiyatidagi o‘zgartirishlarga birgalikdagi aniq va o‘z vaqtidagi javobi bundan ham muhim. Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon beradi: a) uning muhim maqsadlari hamda fundamental (strategik), ham kundalik (taktik) vazifalarni qo‘yish va hal etishga; b) ularga erishishning vositalari va usullarini aniqlashga; v) dolzarb muammolarni hal qilishda tashkiliy — siyosiy jihatdan ta’min etishning yo‘nalishlari va yo‘llarini aniqlab olishga; g) siyosiy qarorlar va maqsadli dasturlarning bajarilishi ustidan sotsial nazoratga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga; d) amaliy tajribani hisobga olgan holda siyosatga tuzatishlar kiritishga. Empirik siyosiy ong — bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilarning, mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va shakli. U nazariy siyosiy ongning zamini bo‘lib xizmat qiladi. U siyosiy voqelikni hissiyotlar, tasavvurlar, xom xayollar, kechinmalar shaklida aks ettiradi. U, ommada siyosat va siyosiy arboblarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ozuqa, shuningdek, jamiyat siyosiy madaniyatining ma’naviy negizi bo‘lib hizmat qiladi. Siyosiy ong umuminsoniy, milliy va odatiy (kundalik) ong daraja va shakllarida ham namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy siyosiy ong— siyosiy ongning eng yuqori va g‘oyat murakkab darajasi. U olam va odamni yaxlit, bir butun holda aks ettiruvchi siyosiy ong shaklidir. Bu ong insonning bashariyat, butun olam, o‘zga davlatlar muammolarini anglashi, tushunishi va tinchlikni qadrlashi, himoya qilishida namoyon bo‘ladi. CHunki, olamda shunday muammolar borki, ularni milliy ong chegarasida anglab va hal qilib bo‘lmaydi. Masalan, olam va odamni asrash, dunyoda tinchlikni asrash, sog‘likni saklash, aholini oziq — ovqatlar bilan ta’minlash, maorif va madaniyatni, fan va texnikani rivojlantirish masalalari — umumbashariy muammolar sirasiga kiradi. Bu muammolarni anglash va hal qilish uchun milliy ong darajasidan chiqish hamda umuminsoniy tafakkur qilish darajasiga ko‘tarilish lozim. Umuminsoniy siyosiy tafakkur umumbashariy muammolarning mohiyatini, ularni hal qilish yullari, vositalarini anglovchi siyosiy ong shaklidir. Umuminsoniy siyosiy ongning sohiblari davlatlar va ularning xalqaro birlashmalaridir. Bu birlashmalar milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqib, umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlarini anglashga va uni turli ofatlardan himoya qilishga chaqiradi. Odamzot, butun kurrai zamin tinchligi, uning muammolarini anglash va ularni hal qilish — umuminsoniy siyosiy ongning eng muhim xususiyatidir. Umuminsoniy siyosiy ong milliy ongni inkor etmaydi, aksincha, taqozo qiladi. U milliy ongga tayanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling