Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


Patriarxal siyosiy madaniyat


Download 0.89 Mb.
bet99/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

Patriarxal siyosiy madaniyat mahalliy qadriyatlarga (qabila, urug‘- aymoq qadriyatlariga) yo‘naltirilganligi bilan aj­ralib turadi va mahalliy vatanparvarlik, oilaviylik, kor­rupsiya shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Individ global madaniyatni kam qabul qiladi, muayyan siyosiy rollarni (masalan, saylovchi rolini) bajarmaydi. Madaniyatning bunday turi siyosiy madaniyat mahalliy submadaniyatlarning qatlami sifatida namoyon bo‘lgan davlatlar uchun xosdir.
Tobelik siyosiy madaniyati individning siyosiy tizimga pas­siv va chetlashgan munosabatini taqozo etadi. U garchi siyosiy jihatdan ongli bo‘lsa-da, an’analarga qarab ish qiladi. Hokimiyatga bo‘ysunar ekan individ undan turli ne’matlar va in’om-exsonlar (ijtimoiy nafaqalar, kafolatlar va hokazo) kutadi hamda uning o‘z hukmini o‘tkazishidan xavfsiraydi.
Tobelik tipidagi siyosiy madaniyatning afzalligi shundan iboratki, u ulkan ommani safarbar qila oladi, ularning kuch-g‘ayratlarini ijtimoiy zarur (yoki o‘ylab topilgan) islohotlarga yo‘naltiradi.
Faolllik siyosiy madaniyati faollik jalb etilganlik va ratsionallik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolar siyosiy madaniyatga faol ta’sir o‘tkazishga, uning faoliyatini qonuniy vositalar (saylovlar, namoyishlar va boshqalar) yordamida yo‘naltirishga intiladilar. Mazkur turning eng muhim xususiyati shundan iboratki, unda shaxs va davlat manfaatlarining avtonomiyasi haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘ladi.
Siyosiy madaniyat turlarining o‘rin almashuvi bir lahzada yuz bermaydi, buning uchun uzoq vaqt, o‘ziga xos o‘tish davri lozim bo‘ladi.
O‘tish davri siyosiy madaniyatiga xos xususiyatlar siyosiy yo‘nalishlarning xilma-xilligi, siyosiy qarashlarning tez o‘zgarishi, ekstremizmning alanga olishi, siyosiy ta’sir ko‘rsatishning ish tashlashlar, ochlik e’lon qilish, mitinglar va namoyishlar o‘tkazish kabi vositalaridan, hokimiyatga kuch bilan yoki ruhiy tazyiq o‘tkazishning boshqa shakllaridan foydalanishdan iboratdir. O‘z navbatida, mazkur davrda hokimiyat ham siyosiy vositalar bilan kerakli natijalarga erishish mumkin bo‘lgani holda huquqiy va ma’muriy choralarni qo‘llash yo‘lidan boradi. Buning yaqqol dalili 1996 yilda Belarusdagi siyosiy tanglikning bartaraf etilishidir.
Siyosiy madaniyatning sanab o‘tilgan shakllari uning «sof» toifasiga, ya’ni etarli darajada yorqin ifodalangan shakliga mansub. Biroq siyosiy yo‘naltirilganlikning «sof» turlari ideal ko‘rinishda amalda uchramaydi, ular bir-birini siqib chiqarmagan holda mavjud bo‘ladilar. Masalan, Buyuk Britaniyaning siyosiy madaniyatiga monarxiya instituti bi­lan mujassam etiluvchi tobelik bilan siyosiy hayotda ishtirok etishga yo‘naltirilganlikning o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketishi xosdir.
Ayni paytda siyosiy madaniyatning «yopiq» va «ochiq» singari turlari ham mavjud.
«Yopiq tur» siyosiy biqiqligi bilan ajralib turadi. O‘z siyosiy qadriyatlari va me’yorlariga yo‘naltirilgan. Siyosiy-madaniy avtonomiya rejimida rivojlanadi. O‘zining etnik, diniy, tarixiy, ijtimoiy an’analariga sodiq va ularga qat’iy amal qiladi. Siyosiy me’yorlar va mezonlarning boshqa tizimlarini qabul qilmaydi. Mazkur turga fuqarolar siyosiy intilishlarining cheklanishi va boshqarib turilishi xosdir. Mafkuraviy (siyosiy-diniy) radikalizmga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlikka moyil. Bu tur siyosiy madaniyat­ning totalitar-avtoritar modeliga yaqin turadi.
«Ochiq tur» o‘zga madaniyatlar tajribasini qabul qiladi. O‘zgarib turuvchi voqelikka muvofiq tarzda o‘zgartirishlar kiritilib turuvchi boy siyosiy an’analarga ega. Doimiy o‘z-o‘zini isloh qilish rejimida rivojlanadi. Siyosiy madani­yatning liberal-demokratik modeliga yaqin turadi.
Real siyosiy hayotda turli siyosiy-madaniy turlar o‘zaro faoliyatga kirishadi va bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazadi. Buning natijasida siyosiy madaniyatning «aralash» turlari hosil bo‘ladi. Ulardan ayrimlarini tavsiflab o‘tamiz.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling