Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Fransiyada siyosiy fanning shakllanishi
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ra ymon Ar on
Fransiyada siyosiy fanning shakllanishi ikkita ramziy sana – E.Butli tomonidan «Siyosiy fanlarning erkin maktabi»ga asos solingan 1871 yil bilan, A. Zigfridning «G‘arbiy Fransiyaning Uchinchi respublika davridagi siyosiy haritasi» nomli kitobi nashr etilgan. 1913 yil o‘rtasidagi taxminan yarim asr ichida yuz berdi. Ushbu ikki sana o‘rtasida Fransuz siyosiy fanining asosini tashkil etgan ko‘p tadqiqotlar e’lon qilindi.
Fransiya siyosatshunosligining o‘ziga xos jihat - siyo siy fanning asta-sekin Konstitutsiyaviy huquqdan ajratilishi va asosan, siyosiy institutlar va munosabatlar, saylov tizimlari va saylovlar, ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘liq masalalarning o‘rganilishidir. Fransiya siyosatshunoslari tomonidan rivojlantirilgan institutlar nazariyasiga ko‘ra, siyosat turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari) faoliyatining natijasidan iborat. Demak, siyosatshunoslikning asosiy vazifasi mazkur jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan turli xil institutlarni o‘rganishdir. Siyosiy hokimiyat egalari sifatida institutlar tegishli huquqiy me’yorlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan barqaror tuzilmalar sifatida namoyon bo‘ladi. Keyingi yillarda Fransiya siyosatshunosligi Amerika siyosiy fanining ta’siri ostida institutlarning amalda faoliyat ko‘rsatishi va o‘zaro ta’sirini o‘rganishni boshqa ijtimoiy omillarni o‘rganish bilan bog‘lash zarurligini tobora ko‘proq anglab etmoqda. Fransiya siyosatshunoslarining asosiy diqqat-e’tibori siyosiy hokimiyat konsepsiyasiga qaratilgan. Ular siyosiy hokimiyatni tarixiy jihatdan ko‘rib chiqar ekanlar, uning asta-sekinlik bilan borgan evolyusiyasiga e’tibor beradilar. Ushbu evolyusiya hokimiyat shakllarining anonim shaklidan tortib, dunyoning ko‘p mamlakatlariga xos bo‘lgan institutsiyalashgan hokimiyatgacha bo‘lgan o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladi. M.Dyuverje (1917 yilda tug‘ilgan) «Siyosiy partiyalar», «Siyosat sotsiologiyasi: siyosiy fan unsurlari», «YAnus. G‘arbning ikki yuzi» kabi tadqiqotlarida hokimiyatning ikkiyuzlamachiligi konsepsiyasini bayon qildi. Ushbu konsepsiya mexanik va uzviy birdamlik nazariyasidan keltirib chiqarilgan edi. Hokimiyat avval boshdan ikkiyuzlamachidir, chunki siyosat individlar va guruhlar o‘rtasidagi kurashdan iborat va unda yutib chiqqanlar mag‘lublar hisobiga imtiyozlardan foydalanadilar hamda ayni paytda davlatning butun resurslarini o‘zlari uchun foydali bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga yo‘naltiradilar. Siyosiy partiyalar muammolarini o‘rganib chiqib, M.Dyuverje hozirgi zamon siyosiy partiyalarining tashkil etilishi ko‘p jihatdan demokratik tamoyillarga mos emas, degan xulosaga keladi: siyosiy partiyalarning umumiy evolyusiyasi ular bilan demokratik rejim me’yorlari o‘rtasidagi farqni kuchaytiradi. M.Dyuverjening fikriga ko‘ra, siyosiy partiyalar evolyusiyasi parlament faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Fransuz sotsiologi Raymon Aron (1905-1983) «Demokratiya va totalitarizm» tadqiqoti siyosiy rejimlar nazariyasiga bag‘ishlangan. R. Aron «mafkuradan holi qilish» konsepsiyasining, yagona industrial jamiyat nazariyasining mualliflaridan biri, siyosiy jamiyatshunoslikka oid tadqiqotlar o‘tkazgan olimdir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling