Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet65/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

Parlamentar respublikada parlamentning roli katta. U prezidentni — davlat boshlig‘ini saylaydi. Hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi.
Prezidentlik respublikasida prezident parlament yo‘li bilan emas, balki maxsus tartib, ya’ni xalq tomonidan saylanadi. U o‘z navbatida ma’sul bo‘lgan vazirlarni tayinlaydi. Hukumat parlamentga hisob bermaydi. Hozirgi vaqtda prezidentlik respublikasi ko‘rinishi keng tarqalgan. U dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarda mavjud. Parlament respublikasi prezidentlik respublikasiga nisbatan kamroq tarqalgan. U Italiya, Hindiston, Germa­niya, Avstriya, Finlandiya, Turkiya, Islandiya va boshqa ayrim mamlakatlarda amal qiladi.
Respublika boshqaruvining aralash shakli ham mavjud. Bu shakl ikki xil modelga ega. Birinchi tipga boshqaruvning shunday shakli kiradiki, unda parlament modeliga ko‘ra prezident sezilarli darajada muhim rol o‘ynaydi (hozirgi Fransuz Respublikasi). Bunday tizimlarda Prezident ochiq saylovlarda saylanadi, u hukumatni shakllantirish va asosiy lavozimlarga tayinlashda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Hukumat prezidentga bo‘ysunibgina qolmay, parlament oldida ham hisob beradi, ba’zi hollarda u parlament bilan almashtirilishi ham mumkin. Konstitutsiyaviy boshqarish bilan bir qatorda partiya tizimlari tuzilmasi va parlamentdagi ko‘pchilikning haqiqiy munosabati muhim rol o‘ynaydi. Fransiya Prezidenti parlamentda ko‘pchilik ovozga ega bo‘lsagina o‘z pozitsiyalarini mustahkam saqlab qolishi mumkin.
Respublika boshqaruvining ikkinchi aralash shakli Shveysariyada mavjud. Bu erda parlament hukumatni saylasada, uni chaqirib olish huquqiga ega emas. O‘z navbatida, hukumatda parlamentga nisbatan qaror qabul qilish huquqi yo‘q. Hukumat lavozimi va deputatlik mandatini bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Hukumatni kollegial organ shakllantiradi, ayni paytda, prezidentlik tizimiga zid ravishda rasman qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Davlatni boshqarish shakllarining bir-biridan farqlanishiga qaramay, parlament va hukumatning mavjudligi har qanday tipdagi davlatlar (mutlaq monarxiya bundan mustasno) uchun umumiy hisoblanadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling