Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o`sishi davomida muayyan darajada o`zgarib boradi. Ularning o`zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona munosabatda bo`lishiga bog`liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo`linmasa, unda o`jarlik vujudga kelishi mumkin. Bola xulqida muayyan sharoitning ta`siri bilan paydo bo`lgan o`jarlik va nojo`ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o`zgarish ro`y berganini, endi bolaga uning hozirgi o`sish darajasini hisobga olib, munosabatda bo`lish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: - Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o`sishi davomida muayyan darajada o`zgarib boradi. Ularning o`zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona munosabatda bo`lishiga bog`liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo`linmasa, unda o`jarlik vujudga kelishi mumkin. Bola xulqida muayyan sharoitning ta`siri bilan paydo bo`lgan o`jarlik va nojo`ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o`zgarish ro`y berganini, endi bolaga uning hozirgi o`sish darajasini hisobga olib, munosabatda bo`lish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari:
- kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini;
- xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini;
- ayrim ko`zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga o`rinishini;
- o`z holicha ish tutishini cheklashlaridir. Kattalar bolaning ra`yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o`z-o`zidan barxam topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
O`jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o`tishining tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o`zgarishlar, ya`ni shaxsiy hatti-harakatni va “men o`zim”ni anglashning mahsuli tariqasida namoyon bo`ladi. - O`jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o`tishining tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o`zgarishlar, ya`ni shaxsiy hatti-harakatni va “men o`zim”ni anglashning mahsuli tariqasida namoyon bo`ladi.
- D.B.Elkonin fikricha, bolaning xohishi bilan xohishning harakatda ifodalanishi o`zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so`zsiz itoatkorlik uni istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga etganlar talabiga mosligi sababli shunchasi xohish qat`iy shaxsiy xohish darajasiga o`sib o`tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O`zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning o`z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o`zaro uzviy bog`lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |