Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vugotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlari bilan shug`ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o`zaro keskin farqlanadi. Hozir yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. - Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vugotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlari bilan shug`ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o`zaro keskin farqlanadi. Hozir yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
- L.S.Vugotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
- Chaqaloqlik davri inqirozi.
- Go`daklik davri inqirozi –2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqirozi.
- Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqirozi.
- Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz.
- Maktab yoshi davr – 6 yoshdan 12 yoshgacha. 12 yoshdagi inqiroz.
- Pubertat (jinsiy etilish) davri – 14 yoshdan 16 yoshgacha. 17 yoshdagi inqiroz.
L.S.Vugotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo`lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo`lishni motivastion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko`ra yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: - L.S.Vugotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo`lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo`lishni motivastion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko`ra yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat:
- Birinchi bosqich – chaqaloqlik: tug`ilganidan 1 yoshgacha;
- Ikkinchi bosqich – motivastion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha;
- Uchinchi bosqich – “Men”ni anglash davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha;
- To`rtinchi bosqich – ijtimoiy jonzotlikni anglash davri: 7 yoshdan 11 yoshgacha;
- Beshinchi bosqich – a) o`zini-o`zi anglash davri: 12 yoshdan 14 yoshgacha;
Do'stlaringiz bilan baham: |