Mavzu: Tarix darslarida tafakkur, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish va uning ahamiyati
II BOB. 2.1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni xosil qilishda pedagogik tehnologiyalarning ahamiyati
Download 83.33 Kb.
|
Abdurahmon Isroilov
II BOB. 2.1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni xosil qilishda pedagogik tehnologiyalarning ahamiyati.Bugungi o‘qishga qiziqishlari borasida turlicha yondoshishlarning bir xil emasliklari yaqqol kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan o‘quvchilarni ko‘zga tashlanmoqda. YOshlarning o‘rab turgan ijtimoiy muhit o‘quvchilar dunyoqarashida o‘z tamg‘alari bilan iz qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o‘qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo‘lgan barcha o‘quvchilar diqqat e’tiborlarini ularga nisbatan differensiatsiya usulini qo‘llab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo‘lgan tarixiy materialni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir o‘quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondoshishga harakat qilmog‘i kerak. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarix darsining zamonaviy talabi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafko‘raviy ishlar vazifalariga mos kelishi, tarix o‘rganishning turmush bilan aloqasini bog‘langanligida, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog‘lab olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i kerak. Inson bilimi cheksiz bo‘lmaganidek tarix o‘qitish uslubiyati, ayniqsa tarix darslari turlari ham jamiyat taraqqiyoti va ilmiy-texnikaviy inqilob jarayonida yangidan yangi tur variantlar bilan boyib borishi zarurligini, umuman ta’lim nazariyasi va uslubiyati bir joyda tepsinib turmasdan dialektik harakatda bo‘lishini unutmaslik kerak. Zamonaviy tarix darslarining turlari -seminar darsi, muammoli darslar, ekskursiya darslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus darslar, kollokvium va teledarslar didaktikaga faol kirib kelayotganligini va dars samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchilar bilim doiralarini beqiyos rivojlantirib borishda munosib hissa qo‘shayotganligini ham tabiiy bir hol deb qarash kerak. SHuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tarix darsiga bo‘lgan umumiy pedagogik va didaktik talablar asosida zamonaviy dars varianti ekprimental tajribalar asosida ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki praktik o‘qituvchining ilmiy izlanish ob’ekti bo‘lmagan. Endilikda, Respublikamiz tarixchi-metodik olimlari vazifalari mavjud pedagogik merosdan tarixning bugungi davri talabi asosidan ilmiy-uslubiy va didaktik yo‘llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir. Ilmiy-uslubiy va didaktik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan tarix ta’lim dars jarayonida samara beradigan turli-tuman shakl va usullardan operativ ravishda foydalanishni taqozo etadi. Tarix o‘qitish deganda faqatgina o‘quvchini voqealar to‘g‘risidagi hikoyani tinglash - u, kelgusi darsda uni o‘quvchilardan so‘rashgina emas, balki, tarix o‘qitish jarayonida biz o‘quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarni tahlil etish o‘rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, aniq tarixiy pozitsiyada turib tafakkur etish, o‘rganilayotgan hamma mavzular va kursning etakchi g‘oyalarini ongli ravishda mustahkam o‘zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustaqil ishlab rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar to‘zishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma’ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to‘g‘ri tarixiy mo‘ljal olishga qunt bilan o‘rgatish jarayoniga aytiladi. Zamonaviy tarix darsiga bo‘lgan talab nima bilan belgilanadi? Birinchidan: Prezident I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi XV sessiyasida so‘zlagan nutqida «Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat to‘zishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz insondir». YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. SHuningdek «yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bunda o‘zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarni milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur» degan konsepsiyalari pedagoglarimizni tarix ta’limni davr talabi darajasiga ko‘tarish yo‘lidagi muhim vazifalari bo‘lmog‘i kerak.4 Ikkinchidan: Tarix ta’limi davomida o‘quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirib, ularni o‘tmishda va bugungi kunimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni to‘g‘ri baholash va xulosalar chiqarish, «har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtacha qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnoq topishining asosiy shartidir»- degan qatiy xulosaga olib kelsin. Uchinchidan: Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustda qayd etib o‘tilganidek, «Odamlarimiz, jamiyatimiz mafko‘rasida Vatan, yurt g‘oyasi ustida bo‘lmog‘i kerak». YA’ni, «Vatan ko‘nglimizda bo‘lsa, Alloh ishimizga hamisha madadkor bo‘lg‘ay» (I. Karimovning chaqirig‘i O‘zb. Res. Oliy Kengashi 12 sessiyasida 1993 yil 6 mayda so‘zlagan nutqidan). Bundan muqaddas g‘oyani yoshlar ongiga aniq tarixiy voqe’liklar asosida singdirib borish har bir tarix darsi va uning o‘qitadigan o‘qituvchining muqaddas va bir vaqtda sharafli burchdir. To‘rtinchidan: Tarix o‘qituvchisi o‘zining pedagogik faoliyatida ilmiy bilimlarni tez suratlarda o‘sib borayotganligini albatta hisobga olmog‘i kerak. Ilmiy texnika inqilobi davrida o‘quvchi yoshlar ham o‘z bilimlarini mustaqil holda an qiziqishlarini yanada o‘sishga olib keladi.4 Umuman tarix darslarida ta’limning texnika vositalaridan foydalanish darsning samorodorligini oshiradi. Texnika vositalari o‘qitish va o‘rganish sifatini ko‘tarishga o‘quvchilarning o‘quv materialini qiziqib o‘rganishga va puxta o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Ekran ko‘rsatmaliligining o‘qituvchi uchun eng qo‘laylisi bu-diafilm va dipozitivlardir. Tarixiy vaqealarni qamrab olish, syujetlarning har xilligi bo‘yicha, tasviriy materiallarga boyligi bilan boshqalaridan ustun turadi. Diapozitivlarni ko‘rsatish izchilligini o‘qituvchining o‘zi aniqlab beradi. Kadrlarga tayanib o‘qituvchi hikoya qilish, tushuntirish va suhbat utkazish mumkin. Agar texnik imkoniyatlar bo‘lsa ekranda ikkita kadrni ko‘rsatish mumkin. Bunda masalan taqqoslash uchun, o‘zgarishlarni aniqlash uchun kerak bo‘ladi, aytaylik shaharlarning kurinishida, mehnat kurslaridagi har xil tarixiy davrlardagi o‘zgarishlar va hokozolarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Maktab amaliyotida kodoskoplar foydalaniladi. U ekranda yoki sinf doskasida matnlarni, sxematik rasm, chizilma, diagramma va h-ni ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Shuningdek, kodoskop bilan ishlashda xonani qarong‘ilotmoq talab qilinmaydi. Bu o‘quvchilarning materialni nafaqat ko‘rishlarini balki matnlardan kerakli joylarini daftarlariga yozib olishlariga ham imkon beradi. O‘qituvchi ham o‘quvchilar bilan kontaktni yo‘qotmaydi. Teleeshitirishlar, kinofilmlar qisqa vaqt ichida keng ma’lumot bera oladi. Ular orqali tarixiy voqealar qatnashchilarining (aktyorlar ijrosida) jonli ovozini eshita oladi. Telekursatuvlar filmlarga nisbatan (aktual) dolzarblikga ega. Ular orqali ayniqsa o‘quvchilar yaqin vaqtlardagi voqealar bilan tanishib boradi. Bularga nisbatan filmlarni ishlashning o‘ziga ancha vaqt ketadi. Kinofilmni o‘quvchilarga ko‘rsatishdan oldin, o‘qituvchining o‘zi uni sinchiklab ko’rib chiqishi va o‘rganishi lozim. Tarix o‘qitish tajribasida o‘quv filmlaridan foydalanishning bir qancha usullari bor: o‘qituvchi o‘z bayonini o‘quv filmining eng muhim va yorqin sahifalarini ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boradi; 10-14 minutda qisqa o‘quv filmlariga bag‘ishlab dars o‘tkaziladi; v) massus kino darslari tashkil etiladi. O‘qituvchi darsda kinoparcha yoki teleko‘rsatuvni kirgazganda, ularning bilim berish jarayonidagi funksiyasini aniq bilish kerak bo‘ladi. Murakkab va ma’suliyatlisi, bu kinofilm, teleko‘rsatuvlarni mavzu bo‘yicha asosiy bilim manbai sifatida qabul qilish ya’ni amalda buni tele ya’ni kinodars deb atashadi. Bunga o‘qituvchi ham o‘quvchilar ham e’tiborsiz qaramasligi kerak va u katta tayyorgarlikni talab qiladi. Dars oldidan o‘quvchilarni ekrandan qanday ma’lumot olishlari kerakligini aytib, tushuntirilib, tayyorlanish ham yaxshi usul. Unda film (ko’rsatuv) ko‘rish paytida bajarishlari lozim bo’lgan topshiriqlar berish mumkin. Bunga film bo‘yicha savollar, reja tuzish (ular doskaga yozib qo‘yiladi) kiradi. O‘quvchilar javob izlashi kerak. Ko’rish paytida bunday topshiriqlar ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilariga beriladi. Shuningdek, teleekran tarix o‘qitishda ko‘rsatmalilikning samaradorligini yanada oshiradi. Tarix o‘qitish tajribasi teledars g‘oyaviy-tarbiyaviy va didaktik jihatdan boshqa ko’rsatmali vositalardan ko‘ra ancha qulay va afzal ekanligini isbotladi. Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlab qolishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.O’qitish usuli deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashning shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo, ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodisalarini, tarixiy tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi. Ko’rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob’yektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Tarixni bilish jarayoni tarixiy faktlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi.Tarixiy faktlarni o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular hech qachon aynan takrorlanmaydi. SHu bilan birga o‘quvchilar tomonidan alohida tarixiy faktlarni bilib olish-tarixni o‘zlashtirdi degan tushunchani ifoda etmaydi. Faktlar orasida mantiqiy aloqadorlik bo‘lmasa, u holda faktlarning oddiy majmuasi bilimlarni formallashtiradi va tarixiy materiallarni ongli ravishda o‘zlashtirilishiga halaqit beradi. SHunday qilib tarixni o‘rganish jarayonida faktlar shunchaki o‘rganilmasdan, balki ular orasidagi zarur aloqalarni taqqoslash, aniqlash va ma’lum darajada sistemalashtirib o‘zlashtirishni ta’min etmog‘i kerak. Tarixiy faktlar ikki xil xarakterda bo‘lishi mumkin. Birinchidan, ayrim tarixiy faktlar yagona voqeani aks ettirib, tarixda faqat ma’lum sharoitda bir marotaba, ma’lum davrdagi shaxslarning ishtirokida, qat’iy chegaralangan makon va zamonda sodir bo‘ladi. Ikkinchidan tarixiy faktlar o‘zlarida ma’lum tarixiy davr yoki zamon xususiyatlarini aks ettiradi. 2. Tarixiy bilimlarni izlashtirib borish jarayonida o‘quvchilar tafakkuri konkretlikdan umumlashtirilgan jarayonga, yana qaytadan umumlashtirilgan birmuncha yuqori darajadagi bilim asoslariga tayangan holda konkretlikka qarab harakat qiladi. SHuning asosida o‘quvchiga ilgaridan ma’lum bo‘lgan faktlar va ularga yondoshish, shuningdek, tarix ilmi taraqqiyoti munosabati bilan kashf etilgan yangi faktlar, ashyoviy dalillarga yondoshish munosabatlari yangicha tafakkur etiladi, asta-sekin takomillashib boradi. Bu jarayon o‘zbek xalqining o‘z istiqloliga erishgan bugungi kunida, ayniqsa, katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Tarix ta’limida konkretlikdan umumiylikka o‘tish va aksincha umumiylikdan konkretlikka o‘tish oddiy aylanishgina bo‘lib qolmasdan, balki o‘quvchilarni tarixiy bilimlarni hamda aqliy kamolotlarini oddiydan murakkabga qarab muttasil rivojlanib borish jarayonidir. O‘quvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirishda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlariga o‘qituvchi tomonidan mohirlik bilan rahbarlik qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Tarix o‘rganish samaradorligini oshirish asosan o‘quv jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishdan iborat bo‘lib, bu jarayon asosan quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi: O‘quvchilarni bilish faoliyatlarini tarixiy bilim manbalari bilan ta’minlash. O‘quvchilarga tarixiy bilim manbalarining asosiy poydevori va muhim tomonlarini ilmiy asosda shakllantirish birinchi galda tarix o‘qituvchisining o‘zini ana shunday bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan egallashlarini, shuningdek, ana shu bilimlarni o‘quvchilar ongiga etkaza bilishning optimal uslublari bilan qo‘rollangan bo‘lmog‘i kerak.5 O‘quvchilarni o‘rganiladigan tarixiy materialga nisbatan ruhiy holatlarini yo‘naltira bilish, ularda tarixiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishlarni faol uyg‘otib borish, dars jarayonida o‘quvchilarni mustahkam, barqaror diqqat-e’tiborlarini tashkil eta bilish, nihoyat ularda mustaqil tafakkur etish ko‘nikmalarini shakllantirish kasb-hunar bilim yurti o‘quvchisining pedagogik faoliyatida asosiy o‘rinni egallamog‘i kerak. Tarix o‘rganish jarayonidagi bu vazifalar o‘rganilayotgan mavzuga turli vositalar yordamida yondoshishni taqozo etadi. Darslik matndan tashqari mavzuga oid materiallarni tanlash, kurslararo va predmetlararo aloqa bog‘lash, badiiy adabiyot va davriy matbuot asarlaridan maqsadga muvofiq foydalanish o‘quvchilarning mavzu yuzasidan mustaqil ishlarini faol tashkil etib borish shular jumlasidandir. Dars jarayonida o‘quvchilar tomonidan tarixiy bilimlarni o‘zlashtirishga, idrok etishga o‘qituvchining bevosita va sistemali rahbarlik qilishi mazkur muammoni ijobiy hal etishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Mazkur o‘rinda o‘qituvchidan o‘quvchilarni dars jarayonida o‘rganilayotgan mavzudagi asosiy (yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bilim) masalani, ya’ni bilishlari shart bo‘lgan tarixiy masalani alohida qayd etishi, darslikda bo‘lsa turilicha yozuvlarda bayon etilgan materialni, og‘zaki bayon etilgan bo‘lsa intonatsiyani, mavzuni bayon etish rejasini to‘zishni, xaritada u yoki bu yo‘nalishlarini aniq ko‘rsatib berishni taqazo etadi. Eng asosiysi o‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchilarning darslik matni ustida ishlashi bo‘lmasin, tarixiy hujjatlar, davriy matbuot, va badiiy adabiyot asarlarini mustaqil tahlil etishni mustaqil faollashtirmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarni tarixiy materialni bilish jarayonini hamma bosqichlaridagi tafakkurlariga mohirlik bilan rahbarlik qilib bormog‘i lozim. Bu rahbarlik birinchi galda yangi materialni bayon etishda, uni mustahkamlashda, uy vazifasini bajarish va umumiy takrorlash darslarida o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i kerak. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilish tafakkurlarini idora etish va boshqarish ular tomonidan nazariy masalalarni o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘rinda kuzatilgan maqsad o‘quvchilar tarixiy faktlardan olgan bilimlari majmuasidan aniq nazariy xulosa chiqarishga erishsinlar, tarixiy faktlarning nazariy ifodasini mustaqil sharhlash imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun ularni darsda va uy vazifalarini bajarishdagi faoliyatlariga rahbarlik qilishni tashkil etish va ularda tarixiy bilimlarni shakllantirishda alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchilarni o‘quv faoliyatini tekshirish va ularga ma’lum o‘zgarishlarni kiritib borish va ular olgan bilimlarnigina o‘z ichiga olmasdan, balki ularning tarixiy bilimlarni tafakkur etish qobiliyatlarini, shuningdek, dunyoqarashga doir tushunchalarini qanchalik o‘zlashtirib borish darajasini, tarixiy materiallar bilan mustaqil ishlash qobiliyatlari, tarixdan olgan bilimlarini o‘qish jarayonida va ayniqsa, kundalik ijtimoiy hayotlarida amaliy jihatdan operativ ravishda qo‘llashlarini idrok etish va boshqarishda o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Tarix o‘rganish jarayonida tarixiy bilimlarni egallab borishda tarix darslarini tematik rejalashtirish, o‘quv dasturi va qo‘llanmalari, darsliklarni rolini alohida qayd etish lozim. Xulosa qilib aytish mumkinkim, tarixiy fakt va bilimlarni aniq va o‘z o‘rnida zarur bo‘lgan formada va usullarda qo‘llay bilish nihoyatda dolzarb vazifasidir. O‘zbekistonning o‘z istiqloliga erishganligi, tarixchi, tarixchi-metodist olimlarimiz va tajribali maktab o‘qituvchilari oldida O‘zbekiston va Jahon tarixi fanlaridan davrimiz talabi darajasidagi darsliklarni eksperiment yo‘li bilan tajribasida sinab ko‘rgan, maktab yoshlarini ma’naviy jihatdan kamolotgi etishini ta’minlaydigan, ilmiy-uslubiy va didaktik jihatdan to‘laqonli darsliklar yaratishni taqazo etmoqd Download 83.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling