Mavzu: Tarix darslarida tafakkur, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish va uning ahamiyati
Tafakkurni shakllantirishda sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning roli
Download 83.33 Kb.
|
Abdurahmon Isroilov
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
2.2 Tafakkurni shakllantirishda sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning roli.Maktabda o’qitiladigan boshqa predmetlar qatori, tarix o‘qitishda o‘quv- tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi dars ekanligini yuqorida ko’rib o’tgan edik. O‘quvchilar o‘quv materiallarini asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlashtirib oladi. Biroq tarix programmasidan o‘rganishga zarur bo‘lgan bilim va mlakalarning xammasini xam dars mashg’ulotlari doirasiga singdirib bo’lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilim, ilmiy va siyosiy informatsiyalar xajmi tez kengayib, mutasil oshib borayotgan sharoitda o‘quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish g’oyat zarurdir. Tarix sevib o’tiladigan fandir. Uni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda o’tmishni puxta bilib olish tilagi orta boradi, ulardagi bu tilakni sinfdan tashkari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish bilangina bajarish mumkin. Tarix predmeti yuzasidan sinfdan tashqari ishlarni mazmuni, forma va modellari metodik adabiyotda turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ma’lumki o‘quvchilar faqat darslikni o‘tish bilangina cheklanib kolsa, ularning bilim doirasi va o’tmish xaqidagi tasavvuri tor bo‘lib koladi. Shuni e’tiborga olib, V.N.Bernadskiy sinfdan tashkari ishlarning asosiy formasi sifatida qo’shimcha o’qishni tavsiya kiladi. Qo’shimcha kitob o’qish. U tarixdan o’qiladigan kitoblarni uch gruppaga bo’ladi: a) Ilmiy ommabop kitoblar. b) Tarixiy bedlitristika. v) Tarixga oid badiiy adabiyot. Qo’shimcha suratlar ko‘rish. Kollektiv bo‘lib teatr va kinolarga borish xamda ularni birgalikda muxokama kilish. Tarixiy kechalar uyushtirish. Maktab tarixiy ko’rgazmalarni tashkil etish. takomillashtirib boradilar. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, forma va metodlari. O‘quvchilarning ishi, bilim va malakalari, ularning individual moyilligiga va qiziqishlariga qarab, tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy tashkiliy formalari mavjud. Tarix to’garagi (yoki tarixiy-o‘lkashunoslik, tarixiy-siyosiy to’garak. Tarix (yoki tarixiy-o‘lkashunoslik jamiyati) Sinfdan tashqari tarixiy yoki tarixiy o‘lkashunoslik ekskursiyalari, kollektiv bo‘lib teatr va kinoga borish. Uzoq joylarga tarixiy-o‘lkashunoslik ekskursiyalari. Arxeologik ekspeditsiyaga qatnashish. Tarixiy yoki o‘lkashunoslik burchaklari, muzeylar. Tarixiy, tarixiy-o‘lkashunoslikka bag’ishlangan tematik kechalar yoki (tarix-jamiyati, to’garak ishi xaqida, uzoq joylarga uyushtirilgan poxodlar va arxeologik ishlar xaqida kechalar. Xisobot yoki tematik ko’rgazmalar. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun maktab dektoriyasi, dektoriya byurosi, propagandistlar uchun seminarlar, suxbatlar. Tarixiy konferensiyalar, munozara va muxokamalar. Maktab o‘quvchilarining tarixiy voqealarning qatnashuvchilari va shoxidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlar. 12.Tarixiy byulleten, devoriy gazeta va qo’lyozma jurnallari. 13.Sinfdan tashqari o’qishlar. Ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari ishlarning formalari turli-tuman, mazmunan boy, xatto maktab tarix kursining tematikasidan chetga chiqishi xam mumkin. Shuni aytish kerakki sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli-tuman formalarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Maktabda tashkil qilingan tarix to’garagi (yoki tarixchilar jamiyati) sinfdan tashkari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng ixcham formasidir. Sinfdan tashqari ishlardan kuzatiladigan ma’suliyatli vazifalarning muvaffaqqiyatli bajarilishi o‘qituvchining o‘quvchilarni shu markazga jips-jam qila va uning ishlariga to‘g‘ri boshchilik qila olishlariga bog‘liqdir. Qo’shimcha o’qish sinfdan tashqari ishlarning muxim formasidir. Bu ish o‘quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilish, uning axamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi xamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarning yangi chikqqn kitoblar haqida ularni xabardor kilib turadi. Tarixiy temalarda o’tkaziladigan kechalar sinfdan tashqari ishlarning muxim tashkiliy formasi bo‘lib, ularning asosiy vazifasi xar xil san’atning vositalari (badiiy o’kish, mo‘zika, ashula, insenirovka) yordamida o‘quvchilarga tarixiy faktlar, vokealar xamda xodisalarning mazmuni, axamiyati va axamiyatini uyushtirishdan iborat. Xozirgi vaqtda tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qo’llanilmoqda. Tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qollanilmoqda. Tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi. 1. Maktabda o’tkaziladigan kecha va ertaliklar o‘quvchilarni axloq, vatanparvarlik, xalqlar do’stligi, mexnatsevarlik, ijtimoiy mulkni qattiq qo’riqlash, umuman insoniy fazilatlarni rivojlantirish ruxida tarbiyalashga yordam berish lozim. Kechaning ko’ngilli o‘tishiga erishish lozim. Uning maroqli o‘tishi uchun xarakteriga qarab, turli temalarda dokladlar tinglash, she’rxonlik kilish, tarixiy voqealarning qatnashuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish mumkin. Xar bir kecha albatta badiiy qism (ashula, musiqa, inssenirovka) Keyingi 8 yil ichida O‘zbekiston maktablarida sinfdan tashqari ishlar kulami kengaydi, mazmunan boyidi, ish reformalari ko‘paydi. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy xujjatdan ommaviy va to’garak ishlariga bo’linadi: O‘zining ilmiy tadqiqiy asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich formasi - ommaviy ishlar ekanligini isbot kila borgan. A.F.Rodin sinfdan tashkari ishlarning ommaviy formasiga: ovoz chikarib ukish, xikoya kilish, leksiya ukish tarixiy vokealarning ishtirokchilari va ilgor kishilar bilan uchrashuvlar utkazish, kinofilmlar, pe’salar ko‘rish, ekskursiya va poxodlar uyushtirish o‘quv konferensiyalari, kechalar va utrenniklar, konkurslar tashkil kilish, olimpiadalarda ishtirok etish, ulka burchagi va maktab kurgazmalarini tashkil etish O‘zbekistondagi boshka maktablar va chet ellik dustlar bilan xat yozishib turish va boshkalar kiritadi. .F.Radinning tarix ta’limida sinfdan tashkari ishlar soxasidagi tadkikotlarning yana bir kimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashkari ishlarni, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan maxalliy yodgorliklarning muxofaza kilish, grajdanlar urushi, Ulug Vatan urushi va dustlik kabristonlarining parvarishiga karashib turish, axoli orasida turli xil temalarda leksiya va suxbatlar uyushtirish, gazeta, jurnallar ukib berish va xokazo bilan bog‘liq olib borish zarurligi takidlangan. Tarix darsini o‘tishda muzey materiallaridan xam foydalanib dars utilsa, o‘quvchiga berilayotgan ta’limning puxtaligi yana xam oshadi. Kabinetda muzey materiallaridan; xar bir asrga oid sopol idishlar, tosh kurollar, xar bir davrda chikarilgan pullarni asl nusxalari yoki fotosur’atlari, kiyim-kechaklarning fotosur’atlari va boshka mana shu singari eksponatlar bulsa juda xam yaxshi buladi. Bulardan o‘quvchilarning yoshlariga moslab darsliklardagi xujjatlarda kursatilgan materillar asosida dars olib boriladi. Masalan, 6-sinfda "Mamlakatimizning eng kadimgi axolisi" temasini o‘tishda o‘qituvchi muzey materiallaridan juda yaxshi foydalansa buladi. Bunda kabinetda mavjud bo‘lgan ibtidoiy jamoa tuzumiga oid toshdan yasalgan mexnat kurollari usha paytda yashagan odamlarni, xayvonlarni suyak koldiklarini kursatish orkali o‘tish mumkin. Bu bilan o‘quvchilarda utmish ajdodlarimizning tinmay mashakkatli mexnat kilishlari tufayli, bizni o‘quvchilarda xozirgi zamon texnikamizni kelib chikkanligi xakida fikr uygotishga muvofik bulamiz. XULOSAYurtboshimiz ta’kidlaganidek, "O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi"7. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod va usullari, natijalari) o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo’ladi. Maktab tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga, uning g’oyaviy-siyosiy va nazariy jixatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek, o‘quvchilarning tarix kursini o’zlashtirish darajasi xam o’z navbatida o‘qitishning ilmiy asosda, maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o‘qituvchining o’rganiladigan mavzuning maqsadi ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim formalari, o‘qitish uslub va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir. Shuningdek, o‘qitishning natijalari ham o‘qituvchining o‘qitishdan ko’zlagan maqsadni, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan uslub va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog‘liqdir. O’qituvchini o’quvchilarda tarix fanidan yetarli bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda darsni samarali rejalashtirishi, dars jarayonini tashkil etishda o’qitish metodlarini to’g’ri tanlay bilishi muhim ahamiyatga egadir. Maktab tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga, uning g’oyaviy-siyosiy va nazariy jixatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek, o‘quvchilarning tarix kursini o’zlashtirish darajasi xam o’z navbatida o‘qitishning ilmiy asosda, maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o‘qituvchining o’rganiladigan mavzuning maqsadi ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim formalari, o‘qitish uslub va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir. 7 I.A.Karimov – “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent “Sharq” 1998 8-bet Shu bois ham har bir tarix o’qituvchisi oldida turgan muhim vazifa bu – tarix darslarini mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda, turli ilg’or metodlarni qo’llab, samarali dars jarayonini tashkil etish va shu orqali o’quvchilarda tafakkur, bilim va ko’nikmalarni hosil qilish va yanada kengaytirish hisoblanadi. Men ham kelajakdagi pedagogik faoliyatim da’vomida mana shu oily dargohda olgan bilim va ko’nikmalarim asosida o’quvchi yoshlarga yetarli bilim berishga harakat qilaman. Download 83.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling