Inertsiya kuchlarini nazarda tutib, olib boriladigan hisobga kinetostatikaviy hisoblash deyiladi. Mexanizmni kinetostatikaviy hisoblash, asosan, yetakchi zvenoga eng oxirida birlashgan Assur gruppasini hisoblashdan boshlanadi va nihoyat eng oxirida yetakchi zvenoning o’zi hisoblanadi.
Etakchi zvenoni muvozanatlovchi PM kuch aniqlanadi. Dalamber printsipiga ko’ra, berilgan tashqi kuchlar va hosil bo’lgan inertsiya kuchlari ta’sirida mexanizmni muvozanatda deb qarab, hisoblashni quyidagi tartibda bajariladi.
1.3.1 Mexanizm zvenolarining og’irlik kuchi va inertsiya kuchlarini aniqlash.
a) zvenolarning massasini aniqlaymiz.
bu yerda: q-richagning uzunligi bo’yicha massasi(zveno uzunligining har bir metri massasi 5 kg/m ga teng deb olamiz)
-zvenoning uzunligi, m.
b) Zvenolarning og’irlik kuchlarini quyidagicha aniqlaymiz:
v) Zvenolarning inertsiya kuchlarini aiqlaymiz:
g) Zvenolarning massa markaziga nisbatan inertsiya momentlarini aiqlaymiz:
barcha kuchlarni yo’nalishlarini mexanizmga qo’yamiz(3-shakl, d)
1.3.2 Mexanizm zvenolarinig umumiy inertsiya kuchlari qo’yilgan nuqtani aniqlash.
a) Hisoblashni soddalashtirish uchun zveno massasining markazi S2 ga qo’yilgan inertsiya kuchini va uning Mi2 momentini bitta inertsiya kuchiga almashtiramiz. SHu ishni 4 zvenoda ham qo’llaymiz.
SHatunning massa markazi S2 nuqtaga nisbatan tik chiziq o’tkazamiz va unda S2N23,7 mm kesmani belgilaymiz N nuqtani A aylanish markazi bilan tutashtiramiz xamda AN chiziqqa 900 burchak ostida chiziq o’tkazamiz. Bu chiziqning shatun bilan kesishgan nuqtasi k, ya’ni umumiy inertsiya kuchlari ko’yilgan nuqtani beradi. SHu ishni 4 zvenoda ham bajaramiz (3-shakl, ye,j.)
Do'stlaringiz bilan baham: |