Mavzu: Temir guruhchasi
Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish.
Kerakli jihozlar va materiallar: Kerakli reaktivlar: suyultirilgan va konsentrlangan (HCl, H2SO4, HNO3) kislotalar, Zn bo’lakchasi, Sn bo’lakchasi, ishqor eritmasi, KJ eritmasi, K3[Fe(CN)6], temir kuporasi, FeCl3, Na2CO3 yoki NaHCO3, FeSO4∙7H2O, K4[Fe(CN)6], KSCN, KMnO4, BaCl2, CoCl2, bromli suv, CoSO4, H2S, Na2S, Co(NO3)2, NH3 eritmasi, KNO2, NiSO4, Ni2(SO4)3
Kerakli asboblar: Probirkalar, tegel, tomizgich, chinni kosacha, shisha tayoqcha. Gaz o’tkazuvchi nay o’rnatilgan tiqin, filtr qog’oz, chinni kosacha, chinni tegil qopqog’i, stakan.
Mavzu:TEMIR. KOBALT. NIKEL
Temir, kobalt, nikel birikmalari.
Temirning rux va qalay bilan kontakda bo'lgandagi korroziyasi. Po'latdan yasalgan peroning ajralgan uchiga yoki qog'ozga qistiradigan skrepkaga yupqa rux melallini o'rnating, boshqa shunday pero yoki skrepkaga yuqoridagidek qilib qalay o'rnating. Ikkita probirkaga suv quyib har bir probirkaga oz-ozdan suyultirilgan sulfat kislota va 2—3 tomchi qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6| eritmasidan quying. Qizilqontuzi Fe2+ ioni uchun eng sezgir reagent bo'lib, u bilan xarakterli kо'k rang hosil qiladi. Qalay o'rnatilgan pero yoki skrepkani birinchi probirkadagi eritmaga, rux o'rnatilgan pero yoki skrepkani esa ikkinchi probirkadagi eritmaga tushiring. Qalay tushirilgan probirkadagi eritmani bir necha daqiqadan keyin ko'karishi temirning korroziyasini ko’rsatadi. Ikkinchi probirkadagi eritmada rang rux batamom erib ketganidan keyingina hosil bo'lishini kuzating. Aktivlik qatoridagi Zn, Fe, Sn larning o'rnini hisobga olib, hamma reaksiyalarning borishini aniqlang. Ruxlangan va qalaylangan temirning korroziyalanish sxemasini yozing.
Temirning kislotalar bilan o'zaro ta'siri. Kamroq miqdordagi temir qirindisi solingan probirkalarning har biriga konsentrlangan va suyultirilagan HCI, HNO3 va H2SO4 kislotalaridan quying. Sovuq holatda reaksiya bormasa probirkani qizdiring. Sodir bo'layotgan hodisalarini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |