Mavzu: Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish. Kerakli jihozlar va materiallar


Kobaltning kompleks birikmalarini olish


Download 28.72 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1636262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temir, kobalt, nekil laboratoriya

Kobaltning kompleks birikmalarini olish.
a. Kobalt xlorid eritmasiga ammoniy xlorid va mo'l miqdordagi ammiak eritmasidan quying. Pushti-qizil rangli Co2+ ning ammiakatli kompleksi hosil bo'lishiga e'tibor bering. Eritma ochiq havoda turganda [Co(NH3)6]3+ ioni hosil bo'lishi hisobiga asta-sekin sarg'ayishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b. Kobalt (III) xlorid eritmasiga kaliy nitrit eritmasi va ozgina sirka kislota qo'shib qizdiring. Azot oksidi va sariq rangli cho'kma K3[Co(NO2)6] hosil bolishiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing:
СоСl2 + 7 KNO2 + 2СH3СООН = K3[Co(NO2)6] + NO + 2CH3COOK + 2KC1 + H2O.


Mavzu: NIKEL
Nikel (II) gidroksidning olinishi. Nikel tuzlari eritmasiga ishqor ta'sir ettirib nikel gidroksidini hosil qiling. Cho'kmaning tabiati va rangiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing, Cho'kmaning suyiltirilgan kislota va ishqorlarga munosabatini sinab ko'ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Nikel (II) gidroksid qanday xossalarni namoyon qiladi.
Nikel (Ш) gidroksidning olinishi. (Tajriba mo'rili shkafda olib boriladi.)
a.Nikel (III) sulfat eritmasiga ortiqcha miqdorda bromli suv solib, uning ustiga o'yuvchi natriy eritmasidan qo'- shing. Qora rangli cho'kma hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b. Olingan cho'kmani dekantatsiya usuli bilan eritmadan ajrating. Undan keyin cho'kmaga kosentrlangan xlorid kislota qo'shib gaz gorelkasi yordamida qizdiring. Xlor ajralib chiqishini (hidi va rangidan) kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada nikel (III) gidroksid qanday xossani namoyon qiladi? Nikelning biror tuzi eritmasiga vodorod sulfidli suv yoki natriy sulfid eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Nikel sulfid va kobalt sulfidning eruvchanlik ko'paytmalari bilan tanishing. Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun kobalt, ayniqsa, nikelning uch valentli oddiy tuzlarini hosil bo'lishi xarakterli emas ekanligini izohlang.
Nikel ammiakatning olinishi. a. Nikel sulfat eritmasiga dastlab hosil bo'ladigan yashil rangli cho'kma — asosli tuz erib ketguncha ammiak eritmasidan qo'shing. Ko'k binafsha rangli nikel ammiakati eritmasi hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling