Mavzu: Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish. Kerakli jihozlar va materiallar


Uch valentli temir tuzlari gidrolizi


Download 28.72 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1636262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temir, kobalt, nekil laboratoriya

Uch valentli temir tuzlari gidrolizi.
a. Oz miqdordagi temir (III) xlorid tnzini suvda eriting. Eritma muhitini lakmus qog'ozi yordamida aniqlang. Gidroliz reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
b. Ikkita probirkaga 2—3 ml dan temir (III) xlorid eritmasidan quying va bir necha tomchi konsenrtlangan xlorid kislota tomizing. Eritma rangining och-sariqqa o'zgarishini kuzating. Ikkinchi probirkadagi eritmani suv bilan suyultiring va qaynaguncha qizdiring. Qizg'ish – malla rang eritma hosil bo'lishiga e'tibor bering. Bu tajribalar natijasini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
d. Temir (III) xlorid eritmasiga soda eritmasidan qo'shing. Temir (Ш) gidroksid cho'kmasi va gaz ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo'lgan cho'kma karbonat kislota tuzining cho'kmasi emasligini qanday isbotlash mumkin? Temirning qanday tuzlari (ikki valentli tuzlarini yoki uch valentli tuzlarini) kuchli darajada gidrolizga uchraydi?
Fе2+ soniga xos reaksiya. Temir kuporosi eritmasiga qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo'shing. Ko'k rangli cho'kma — Fe3([Fe(CN)6]), ning hosil bo'lishiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
Fe3+ ioniga xos reaksiya. a. FeCl3 eritmasiga ozgina sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6] eritmasidan qo'shing. Ko'k rangli cho'kma Fe4([Fe(CN)6]) (berlin lazuri) hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b. Temir (III) xlorid eritmasiga kaliy rodanid eritmasidan quying. Qizil-qon rangidagi temir rodanid eritmasining hosil bo'lishiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
Ikki valentli temirning oksidlanishi.
a. Temir kuporosi FeSO4∙7H2O eritmasiga avval suyultirilgan sulfat kislota so'ngra ozgina konsentrlangan nitrat kislota solib qaynaguncha qizdiring. Sodir bo'lgan hodisani kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b. FeSO4 • 7H2O eritmasiga suyultirilgan H2SO4 va bromli suv quying. Reaksiya borishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
d. Temir kuporosi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota va kaliy permangant yoki kaliy bixromat eritmasidan quying. Kuzatilgan hodisani izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Barcha reaksiyalarda Fe2+ ioni Fe3+ gacha oksidlanganini isbotlang.

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling