Mavzu: Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish. Kerakli jihozlar va materiallar


Download 28.72 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1636262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temir, kobalt, nekil laboratoriya

Mavzu: KOBALT
Kobalt (II) gidroksidning olinishi. Kobalt (II) xlorid eritmasiga o'yuvchi natriy eritmasidan qo'shing. Havorang asosli tuz hosil bo'lishini kuzating. Eritmani cho'kmasi bilan birgalikda qizdiring. Qizg'ish pushti rang kobalt (II) gidroksid hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Co(OH)2 turganda havo kislorodi ta'sirida asta-sekin oksidlanib mallaqo'ng'ir rang Co(OH)3 hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Со(ОН)2 ning kislota va ishqorlarda erish yoki erimasligini isbotlang. Co(OH)2 va Co(OH)3 qanday xossalarni namoyon qilishini tushuntiring.
Kobalt oksidining olinishi va uning xossalari. (Tajriba mo'rili shkafda olib boriladi.)
a. Tigel qopqog'ida Co(NO3)2 dan ozgina olib azot oksidlari ajralib chiqishi to'xtaguncha qizdiring. Qopqoqda qo'ng'ir-qora rang kobalt oksidi hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b. Hosil bo'lgan kobalt oksididan probirkaga ozgina olib, unga konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan quying va qizdiring. Xlor ajralishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada kobalt oksidi qanday xossani namoyon qilishini ko'rsating.
Kobalt (III) gidroksidining olinishi va xossalari. (Tajriba mo'rili shkafda olib boriladi.)
a. 1— 2 ml kobalt (II) xlorid eritmasiga 5 -6 ml bromli suv quying va unga o'yuvchi natriy eritmasidan qo'shing. Kobalt (III) gidroksidi hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b. Yuqorida olingan cho'kmani filtratdan dekantatsiya usulida ajrating, keyin cho'kma ustiga konsentrlangan xlorid kislota solib qizdiring. Xlor ajralib chiqishini (hidi va rangidan) kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada Co(OH)3 qanday xossani namoyon qiladi? Olingan eritmaga biroz suv qo'shing, Eritma rangining o'zgarishini kuzating.
Kobalt (II) tuzlarining xossalari.
a. Probirkaga suvsiz CoCI2 kristallaridan ozgina soling va uni suv bilan ho'llang. Rang qanday o'zgaradi? Eritmaga konsentrlangan xlorid kislota quying. Eritmaning rangi qanday o'zgarishini ko'rsating.
b. Ikkita probirkaga 1—2 ml dan kobalt (II) sulfat eritmasidan quying, Probirkalardan biriga vodorod sulfldli suv, ikkinchisiga esa natriy sulfid eirtmasidan quying. Sodir bo'lgan o'zgarishlarni kuzating va reaksiya tenglamalarini yozing.
d. Probirkaga Co(NO3)2 kristalidan ozgina olib, gaz gorelkasida qizdiring. Reaksiyaning tugaganligi qanday aniqlanadi va reaksiya davomida qaysi gaz ajralib chiqadi? Probirkaga olingan kobalt (III) oksididan ozgina soling va konsentrlangan xlorid kislotadan qo'shing. Qanday gaz ajralib chiqadi? Shu oksid nitrat va sulfat kisiota bilan qanday birikadi? Reaksiya tenglamasini yozing.

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling