Mavzu: Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish. Kerakli jihozlar va materiallar


Uch valentli temirning qaytarilishi


Download 28.72 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1636262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temir, kobalt, nekil laboratoriya

Uch valentli temirning qaytarilishi.
a. Temir (III) xlorid FeCl3 eritmasiga vodorod sulfidli suv quying. Oltingugurt ajralib chiqishi natijasida eritmaning loyqalanishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritmada ikki valentli temir ionlari borligini isbotlang.
b. FeCl3 eritmasiga kaliy yodid eritmasidan quying. Eritma rangining o'zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Моr tuzining olinishi va uning xossalari. 1 g temir kukuni yoki qirindisini kolbaga soling va kolba og'ziga voronka qo'yib, temir kukunining reaksiya tenglamasi bo'yicha hisoblangan 2 n li H2SO4 eritmasida qizdirish yo'li bilan eriting. Eritma hajmi o'zgarmasligi uchun suv qo'shib turing. Nima uchun kolba og'ziga voronka qo'yiladi? Metall to'liq erigandan keyin eritmani filtrlang, eritma yuzasida kristallik parda hosil bo'lguncha bug'lating. Eritmada qanday modda bor? 3—4 g (NH4)2SO4 tuzini оz miqdordagi suvda eritish yo'li bilan to'yingan eritma tayyorlang. Har ikkala eritmani issiq holda aralashtiring va uni kristallash uchun soviting. Ajralib chiqqan kristallarni Byuxner voronkasida filtrlang, ozgina sovuq suv bilan yuving va filtr qog'ozni quriting. Tuzni tarozida tortib oling va uni chiqish unumini foizlarda ifodalang. Olingan kristallarni bir necha bo'lakchasini suvda eriting va eritmada qanday ionlar borligini aniqlang. Bu tuz birikmalarning qaysi turiga kiradi? Tuzni og'zi berkitilgan idishga solib qo'ying. Моr tuzi eritmasining indikatorlarga ta'sirini sinab ko'ring. Моr tuzi qizil qon tuzi eritmasiga qanday ta'sir etadi?
Kaliy ferratning olinishi va xossalari. (Tajriba mo'rili shkafda о’qituvchi ishtirokida bajariladi.) Chinni kosachaga maydalangan kaliy gidroksid kristallaridan 0,5 g soling va 3—5 tomchi FeCl3 va 3—5 tomchi brom eritmasidan tomizing. Aralashmani suv hammomida ozgina qizdirganingizdan keyin soviting va aralashmani 15—20 ml suvda eriting. Eritmani kichik stakanga quying. Eritma rangining o'zgarishini kuzating va sababini tushuntiring. Eritmani uchta probirkaga bo'ling. Birinchi probirkaga to'liq cho'kma hosil bo'lishi uchun BaCl2, eritmasidan mo'lroq quying. Hosil bo'lgan cho'kma tarkibini aniqlang. Ikkinchi probirkaga vodorod stilfidli suv, uchinchisiga esa H2SO4 eritmasidan quying. Sodir bo'lgan hodisalarga e'tibor bering. Bajarilgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Temirning (VI) valentli birikmalariga qanday moddalar deyiladi va ular qanday xossalarni namoyon qiladi?

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling