Mavzu: Temir guruhchasi elementlari va ularning kimyoviy xossalarini ekesprimental usullar yordamida o‘rganish. Kerakli jihozlar va materiallar


Download 28.72 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1636262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temir, kobalt, nekil laboratoriya

Temirning passivlanishi. Kalta probirkaga tutovchi nitrat kislotadan solib, unga yaxshilab tozalangan temir sim yoki mixni tushiring. 1—2 minutdan keyin temir simni yoki mixni sekinlik bilan probirka devoriga tcgizmasdan kislotadan chiqarib oling va Uni mis kuporosi eritmasiga tushiring, 1—2 minutdan keyin uni eritmadan chiqarib oling va unga mis o'tirmaganligiga ishonch hosil qiling. Keyin sim yoki mixni yo'g'on shisha tayoqcha bilan qattiqroq o'ring va yana uni mis kuprosi eritmasiga tushiring. Mis ajralib chiqishini kuzating, Nima uchun temirni konsentrlangan nitrat kislotaga tuslurilganda mis ajralib ehiqmaganligini tushuntiring. Temir simni shisha tayoqcha bilan o'rishning ahamiyati nimada ekanligini izohlang.
2 valentli temir tuzlari gidrolizi. Yangi tayyorlangan temir kuporosi eritmasiga (temir qirindisi bilan suyultirilgan sulfat kislota ta'siri natijasida olingan) o'yuvchi natriy eritmasidan quying. Temir (II) gidroksidi cho'kmasi hosil bo'lishini kuzating, reaksiya tenglamasini yozing. Havoda bu cho'kma rangining, avval to'q-yashil, so'ngra qora va nihoyat qizil – qo'ng'ir tusga kirishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing, Fe(OH)2 eho'kmasini suyultirilgan xlorid kislotaga va ortiqcha miqdordagi ishqorga bo'lgan munosabatini sinab kо'ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Temir (II) gidroksidining xossalarini misollar asosida tushuntirib bering.
Temir (III) gidroksdning olinishi va xossalari. a. Probirkaga uch valentli temir tuzlari eritmasidan solib, ishqor eritmasidan qo'shing, сho'kma — Fe(OH)3 ning hosil bo'lishini kuzating. Cho'kmaning rangi va tabiatini belgilang. Uni suyultirilgan kisilotalarga munosabatini sinab ko'ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Yangi cho'ktirilgan Fe(OH)3 qaynoq konsentrlangan ishqorlarda qisman erishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b. Yuqoridagidek qilib Fe(OH)3 cho'kmasini hosil qiling. Cho'kmani filtrlang va filtr ustida suv bilan yuving. Keyin cho'kmani chinni tigelga solib qizdiring. Qanday jarayon sodir bo'ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Fe(OH)3 qanday xossalarni namovon qiladi?

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling