Мavzu: Texnologiya fani darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish mezonlari Annotatsiya


 Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari


Download 277.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.11.2023
Hajmi277.28 Kb.
#1783325
1   2   3   4
Bog'liq
Ln4gb5aUZ5y0RUzeP5iqw1rEqsusppLSlzzUY7Sj (2)

1. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari.  
O‘qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishda quyidagilarga e’tibor berish 
maqsadga muvofiq:

o‘qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko‘rganligi?

o‘qituvchida darsning o‘quv rejasi va mavzu bo‘yicha turli ishlanmalarning 
mavjudligi;

turli didaktik tarqatma material va ko‘rgazmali qurollarning tayyorligi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligini butun mashg‘ulot davomida kuzatish va 
tahlil etish lozim.



Kuzatilgan darsni tahlil qilish jarayonida birinchi bo‘lib darsni o‘tgan o‘qituvchi 
o‘zining darsiga munosabatini bildirgani ma’qul.
Darsga maqsad va vazifalarining qo‘yilishi  
O‘qituvchi o‘tilishi lozim bo‘lgan dars mavzusiga aniq bir maqsad qo‘ydimi?
Maqsadni qanchalik to‘g‘ri qo‘ydi?
Maqsadning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ta’limiy, tarbiviy va 
rivojlantiruvchi vazifalar to‘g‘ri belgilandimi?
Tashkiliy ishlar tahlili. Darsni uyushtirish.  
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, o‘quvchilarning kayfiyati 
va sog‘ligi, o‘quv xonasi va stolining tozaligi, bo‘r va namlangan lattaning borligi
ayrim sabablarga ko‘ra darsda qatnashmayotgan o‘quvchilarning ismi va shariflari 
yozilgan varaqchaning o‘qituvchi stoliga, shuningdek, o‘qituvchining hozirligiga va 
uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor beriladi. Ma’lumki, darsning tahlil turlari 
quyidagilarga bo‘linadi: 
Ilmiy tahlil – berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o‘quvchi 
bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir.
Dars kuzatuvchi, har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida quyidagilarga e’tibor 
berishi maqsadga muvofiq:
1. O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy asosda 
chuqur bilishi ) qurollanganligi.
2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3. O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanib 
borishi.
4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda ilmiy 
atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi.
5. Darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.



6. Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi.
7. O‘quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy 
yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi.
8. O‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal bayon 
etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
9. Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim-tarbiya bilan 
bog‘lanishi.
10.O‘qituvchi va o‘quvchilar nutqining ilmiyligi. 
Metodik tahlil – o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan usullarining 
maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab 
belgilanadi. O‘quv materiallarini o‘quvchilarga bayon qilish va tushuntirish 
jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi 
metodik tahlil davomida aniqlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan usullarning 
samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o‘tgan, yangi mavzu materialini 
o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan 
har bir dars kuzatuvchi (o‘qituvchi, direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor 
o‘rinbosari, inspektor yoki metodist) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan 
qarashi lozim kerak .
Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga 
muvofiqdir:

Download 277.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling