Mavzu: tezkorlik va uning turlarini rivojlantirish


Tezkorlikni rivojlantiradigan mashqlar


Download 269.27 Kb.
bet7/10
Sana31.01.2023
Hajmi269.27 Kb.
#1145107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEZKORLIK QOBILIYATI

Tezkorlikni rivojlantiradigan mashqlar.


Tezkorlik odatda qisqa muddatda maksimal tezlik namoyon qilish bilan bajariladigan mashqlar orqali rivojlantiriladi.
Mashqlanishning davom etish muddati shunday bo‘lishi kerakki, tezlikni rivojlantirish mashqini bajarish tugagandan so‘ng tezkorlikka oid maxsus ish faoliyatining surati, intinsivligi pasaymasligi kerak.
Odatda 20-60m. li masofalardan, yuqori mahoratli sportchilar uchun esa 80 m. gacha masofalardan tez yugurib o‘tish mashqlari, harakatlaridan foydalaniladi.
Tezkorlik uchun bajariladigan mashqlarning ijrosida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

    1. Toliqqan,ish qobiliyati to‘liq tiklanmagan organizmda tezkorlikni rivojlantirish uchun mashqlanish foydasiz mashg‘ulot hisoblanadi. Bu harakat sifatini rivojlantirish mashqlarini bajarish har qanday mashg‘ulotning boshlanishi (tayyorlov, asosiy qismlarining boshi)da, organizmga katta dozadagi jismoniy yuklama tushmay turib bajariladi. Bu sifatni tarbiyalash mashqlarini his-hayajonli muhit yaratilgan mashg‘ulotlar, emotsional holatlarga boy estafetalar, o‘yinlar, guruh-guruh bo‘lib tezlanish olishni o‘zlashtirish va boshqalar bilan maxsus holatni yaratishning ahamiyati katta.

Tavsiya qilinayotgan tezlikni rivojlantirish mashqlar bilan shug‘ullanishda jismoniy yuklamada yurak qisqarishining chastotasi (YuQCh) talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga qarab minutiga 170-180 marotaba atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi.

    1. Yangi, oldin erishilmagan, hali namoyon qilinmagan tezlikni talab qiladigan mashqlarni tezlik chegarasi deb hisoblab, ulardan tezlikni rivojlantirish uchun mashq bajarishdan tiyilish zarur.

    2. Tezkorlikni rivojlantirish mashqlarini bajarishda e’tibor asosiy ishni bajaradigan mushaklarni emas, o‘sha ishda ishtirok etmaydiganlarni bo‘shashtirishga qaratilishi va unga o‘rganish talab qilinadi.

Ayrim mashqlarni bajarishda mimika mushaklarini, yuz muskullarini va boshqa turli xildagi ortiqcha harakatlar, ayrim a’zolar muskullarining me’yoridan ortiq qotirilishi, zo‘riqtirilishi asosan, shug‘ullanishni yangi boshlaganlarda yoki tezlik uchun mashqlanish qoidasini bilmaydiganlarda uchraydigan holat bo‘lib, ortiqcha, zarur bo‘lmagan zo‘riqishlarni
namoyon qilayotganlariga guvoh bo‘lamiz. Iloji boricha asosiy muskul ishida qatnashmaydigan mushaklarni bo‘shash tirishni o‘rganish zarur.
Tezkorlik uchun mashqlar orasida dam olish vaqti 3-5 minut va undan ko‘proq bo‘lishi kerak. Yangi o‘rganuvchilarning mashq bajarishida har bir urinish uchun ularni yangitdan “sozlash”, “bu urinishni oldingidan tez bajaraman”, degan fikrni har urinishda o‘ziga singdirishidek ruhiy ko‘rsatmalar, bu harakat fazilatini tez rivojlanishi va yanada takomil- lashuviga sabab bo‘lishi amaliyotda isbotlangan.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga oid adabiyotlar (darsliklar, qo‘llanmalar)da harakatlanish tezligiga turlicha ta’riflar berilgan bo‘lib, inson jismini yoki uni ayrim bo‘lagini ma’lum vaqt birligi ichida fazoda o‘rin almashishi (bir joydan ikkinchi joyga), ko‘chishi deb ham ta’rif berilgan.
Boshqachasiga – tezlik yo‘l uzunligini tananing yoki uning ma’lum qismini shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflagan vaqtiga nisbati bilan o‘lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr/sekunddan foydalaniladi.
Tezlikni namoyon qilishda yo‘lning hamma nuqtalarida harakat tezligi bir xil bo‘lsa, bu harakat maromli – tekis harakat yoki yo‘lning ayrim nuqtalarida tezlik har-xil bo‘lsa, bu harakat maromsiz – notekis harakat deb tushuniladi.
Qisqa vaqt davomida tezlikni oshirilishi tezlanish deb ataladi.
Bu harakatlar ijobiy va salbiy deb ham farqlanadi. Harkat yuqori tezlikda boshlanib, o‘sha maromda yoki birdaniga to‘xtasa, bunday harakatlarni keskin harakat deb nomlaymiz. Bunday harakatlar reaksiyasini namoyon qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyatliligi darajasidan dalolatdir. Lekin doimiy tezlik va tezlanish bilan bajariladigan harakatlar hayotda doimiy bo‘lmaydi, onda-sonda uchraydi.
Ayrim holatlarda harakatning tezligi deganda, tananing harakat tezligi tushunilmay, uning ayrim bo‘laklari (qismlari)ning tezligi ham tushuniladi.
Yuqoridagilar, bo‘g‘inlarning uzun–kaltaligi, tashqi muhit ta’siri, qarshiligi, harakat qobiliyatlarining turli-tuman ligidek, boshqa faktorlarga ham bog‘liq bo‘lib, tezlikni namoyon qilishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Jamiyatimiz a’zosi kundalik turmushida tezlik bilan bog‘liq harakat qobiliyatlarining namoyon bo‘lishiga oid bilimlarga ega bo‘lishi foydadan holi emas. Ular quyidagilar:

  1. harakatni boshlash uchun buyruq, signal, belgi yoki ko‘rsatmani eshitganimizdan, ko‘rganimizdan so‘ng harakatga kelishi lozim bo‘lgan a’zolarimizni harakatlantirish jarayoniga ketadigan yashirin (latent) vaqt. Boshqachasiga, yugurish uchun startdan chiqishni boshlashga berilgan signaldan, startdan chiqishni boshlagungacha ketgan vaqt orqali tezkorlikning namoyon bo‘lishi. Velosipeddagi yo‘lovchini “yo‘lni bo‘shat deb” deb qo‘ng‘iroq chalgandan so‘ng uni yo‘ldan qochish uchun sarflagan vaqti, aynan shu harakatni bajarish uchun tanamiz a’zolari tezligini namoyon qilishidagi ta’sirchanlik darajasi;

  2. bir martalik yakka - lokal harakat tezligi qobiliyati; masalan, voleybolchini to‘pni o‘yinga kiritishi; xujumda to‘pni raqib tomonga qarata urishi; nonvoyning tandirga nonni yopishi; temirchining bosqonni tortishi yoki metalga ishlov berishdagi zarbi va h.k.larda yakka harakatlarning namoyon bo‘lishini ko‘ramiz.

v) harakatlarning takrorlanish chastotasining namoyon bo‘lishini farqlashimiz lozim. Oddiy yurishda, yugurishda qadamlarimizning chastotasi;
g) bir butun harakatlar (bir necha harakat aktining to‘plami) tarzidagi harakat tezligini namoyon bo‘lishini farqlash. (2-jadvalga qaralsin).
d) asosiy harakatlarning tezlashishiga yordam beradigan a’zolarimiz – yugurishda oyoqlarimizni, qo‘l harakatlarini tezlash tirish, suzishda oyoq harakatlarini tezlashtirish, qo‘l bilan quloch ochishni tezlashtirishdek jihatlarimizni farqlash mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazishimizda qo‘l keladi.
Tezlik qobiliyatini rivojlantirish uchun mashqlarni bajarishda kuchli zo‘riqishsiz harakatlarni tanlash kerakli natijaga erishishning oson yo‘lidir.

Download 269.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling