Mavzu: tezkorlik va uning turlarini rivojlantirish


Tezkorlik qobiliyatlarini


Download 269.27 Kb.
bet6/10
Sana31.01.2023
Hajmi269.27 Kb.
#1145107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEZKORLIK QOBILIYATI

Tezkorlikqobiliyatlarinirivojlantirishdafoydalaniladiganasosiy
vositalar.

  1. Tezkorlik qobiliyatining aniq bir xossalariga yo’naltirilgan holda ta’sir etuvchi mashqlar;

  2. Tezkorlik qobiliyatining barcha xossalarini majmuaviy (hartomonlama) ta’sir etuvchi mashqlar;

  3. Bog’langan holda ta’sir etuvchi mashqlar;

Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo’lgan, bo’ladigan signallarga imkoni boricha tez reaktsiya qila olish.


Analitik yondoshish metodi, ya’ni engillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensomotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Gellershteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaktsiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.3
Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaktsiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reaktsiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to’xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o’qituvchi signali, buyrug’i





3 Matveev L.R. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya. Uchebnik. Moskva «Fizkultura i sport» – 2019.
bilan yugurish yo’nalishini o’zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o’yinlari reaktsiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
Harakat tezkorligi yetarli darajada rivojlanmaganlar yangi harakatlarni o‘zlashtirishda( u hayotiy – zaruriymi, mehnat yoki kasbiy faoliyatmi) ularning hadisini olishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Bu sifatning namayon bo‘lishi fiziologik nuqtai-nazardan nerv tolalarida qo‘zg‘alish impulslarini o‘tkazish qobiliyati, muskullarni qisqarish tezligi, eng asosiysi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi zaruriy markazlarni vaqtli aloqasining kechishi tezligi darajasi bilan bog‘liq. Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, alohida harakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar sur’ati) va boshqalarga bog‘liq.
Amalda yaxlit harakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘la harakat aktining tezligiga bog‘liq. Biroq murakkab koordinatsion harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos.





  1. rasm. Tezkorlik harakat sifatining umumiy tavsifi (K.D.Chermit bo‘yicha 2015)4






4 Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobilitlarni rivojlantirish. O‘quv qo‘llanma. T.: 2015. 103- sahifa.

    1. Download 269.27 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling