Mavzu: tezkorlik va uning turlarini rivojlantirish


Download 269.27 Kb.
bet9/10
Sana31.01.2023
Hajmi269.27 Kb.
#1145107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEZKORLIK QOBILIYATI

Harakat reaksiyasi


Harakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) harakat reaksiyasi - kutilgan signalga, oldindan ma’lum bo‘lgan, bajarilgan harakatlar orqali javob qilish.
Murakkab reaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlanganini tanlab olib yoki signalga oldindan belgilangan qator harakatlardan bir nechasini qo‘shib tez bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan reaksiya ko‘pincha o‘yinlarda, asosan sport o‘yinlarida, sport yakka kurashlarida, masalan, o‘yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to‘pni qabul qilib olish uchun chiqishi, joy tanlab to‘p yo‘liga chiqishi.
Murakkab harakat reaksiyasining davom etish vaqti soddasidan – oddiy harakat reaksiyasining davom etish muddatidan birmuncha uzunroq bo‘ladi.
Sodda, oddiy harakat reaksiyasi “ko‘chish” (o‘tish) xususiyatiga ega: agarda, individ (shaxs) biron-bir holat yoki signalga tez reaksiya qilsa, huddi shunga o‘xshagan, unga yaqinroq harakat tezligiga javoban harakatga tez reaksiya qilishi mumkin. Faqat harakatlar tezligi biri-biriga yaqin bo‘lishi lozim. Tezlik uchun hosil bo‘lgan malakaning ko‘chishi mashg‘ulotlar orqali yuzaga keltirilgan va zahira tarzida to‘plangan harakat malakasi bilan bog‘liq.
Q i y i n r ye a k s i ya l ar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reaksiya qiladi, deyishimiz to‘g‘ri emas. Uni o‘lchash mumkin: harakat tezligi reaksiyasi daqiqalar va milli daqiqalar bilan o‘lchanadi.
Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reaksiyasi tezligini talab qiladigan mashqlar, harakatlar tezligi turlicha bo‘lgan harakatlarni bajarish davomida ham rivojlanaveradi. Bunda harakat reaksiyasining “ko‘chish”i (tezlikning ko‘chishi) kuzatil- maydi.
Tezlik reaksiyasini rivojlantirish orqali harakat tezligini rivojlantirish qiyin. Harakat reaksiyasini rivoj lantirishda turli-tuman harakatli, sport o‘yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida yetakchisidir.
Tezlikni tarbiyalashning asosiy metodi - beriladigan va berilib bo‘lgan, kutilayotgan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olishdir.
Analitik yondoshish metodi, ya’ni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikni talab qiladigan harakatlarni alohida ajratib olib ularni qilish bilan tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar berishi amalda isbotlangan.
Tezlikni rivojlantirishda sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Gellershteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga javob qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajari ladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali, buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirishlar) harakatlar yoki mashqlar bilan tezlik rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari esa reaksiya qila olish va uni tarbiyalashning eng yaxshi vositalaridandir.

Download 269.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling