Mavzu: To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar
Mavzu: Kasr sonlar. Darsning maqsadi
Download 291.91 Kb.
|
5-sinf matematika dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I. Kirish: Konkurs natijalari ekrani
- II. So’z o’yni
- III. Asosiy qism: 1. Matematik diktant.
Mavzu: Kasr sonlar.
Darsning maqsadi: “Kasr sonlar” bobining asosiy tushunchalarini takrorlash, o’quvchilar bilimini chuqurlashtirish, bilim va malakalarini takomillashtirish, umumiy dunyoqarashni o’stirish. Darsning turi: Musobaqa darsi. Darsning jihozi: a)Tarqatma va didaktik materiallar. b) Test namunalari. Darsning rejasi: 1.Darsning tashkiliy qismi. Kirish. 2.So’z o’yni. (O’quvchilar o’tilgan tushunchalarni takrorlashadi). 3.Asosiy qism. Matematik diktant. Test topshiriqlari. O’qituvchi- o’quvchi dialogi. Konkurs natijalari. Darsning borishi: I. Kirish: Konkurs natijalari ekrani:
II. So’z o’yni: a) Savol: Kasr son deb qanday songa aytiladi? Javob: Birlik necha bo’llaka bo’linganini va shu bo’laklardan nechtasi olinganini ikkita son yordamida va ikki son bir-biridan chiziqcha bilan ajratib turiladi, chiziqcha ostiga butun son nechta bo’lakka bo’linganini ko’rsatuvchi son, chiziqcha ustiga shu bo’laklardan nechtasi olinganini bildiruvchi son yoziladi. b) Savol: Berilgan sonning berilgan ulushi qanday topiladi? Javob: Berilgan son maxrajga bo’linadi, natija suratga ko’paytiriladi. v) Savol: Berilgan bo’lakka mos keluvchi sonning o’zini qanday topiladi? Javob: Berilgan bo’lakka mos keluvchi sonni suratga bo’lamiz va natijani maxrajiga ko’paytiramiz. g) Savol: Kasrlarni qanday taqqoslaymiz? Javob: Maxrajlari o’zaro teng bo’lgan kasrlardan surati katta (kichik) bo’lsa, o’sha kasr katta (kichk) bo’ladi. Suratlari birxil bo’lgan kasrlardan maxraji katta (kichik) bo’lsa, o’sha kasr kichik (katta) bo’ladi. d) Savol: To’g’ri kasr deb qanday kasrga aytiladi? Javob: Surati maxrajidan kichik kasr to’g’ri kasr deyiladi. e) Savol: Qanday kasrlar noto’g’ri kasrlar deyiladi? Javob: Surati maxrajidan katta yoki maxrajiga teng kasr noto’g’ri kasr deyiladi. j) Savol: Noto’g’ri kasrni aralash songa aylantiriladi? Javob: Kasrning suratini maxrajiga bo’linadi,bo’linmani aralash sonning butun qismiga, qoldiq esa aralash sonning kasr qismining suratiga, maxrajiga esa noto’g’ri kasrning maxraji yoziladi. z) Savol: Kasrning asosiy xossasi nima? Javob: Kasrning surat va maxrajini birxil songa ko’paytirsak yoki bo’lsak, uning qiymati o’zgarmaydi. i) Savol: Kasrning qisqartirish deb nima aytiladi? Javob: Kasrning surati va mahrajini ularning birdan farqli umumiy bo’luvchisiga bo’lish kasrni qisqartirish deyiladi. k) Savol: Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish deb nima aytiladi? Javob: Berigan kasrlarning mahrajiga bo’linadigan eng kichik son- shu kasrlar maxrajlarining EKUK ni topish tushuniladi. III. Asosiy qism: 1. Matematik diktant. Download 291.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling