Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet34/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

Nazorat uchun savollar:

  1. “Madaniy inqilob” g‘oyasining asl maqsadi nima edi?

  2. Sovetlar Turkiston xalq ta’limini tashkil etish, rivojlantirishga qanday nuqtai-nazardan yondashdilar?

  3. Respublika oliy ta’lim tizimini shakllantirish qanday maqsadlarda amalga oshirildi?

  4. O`zbekistonda ilm-fan qanday rivojlantirib borildi?

  5. 30-yillarda yetishib chiqqan taniqli o‘zbek olimlari haqida tushuncha bering?

  6. O`zbekistonda “Hujum” harakatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima edi?

  7. 20-yillarda respublikada o‘tkazilgan “Hujum” harakati xotin-qizlar hayotiga qanday o‘zgarishlar olib kirdi?

  8. Nima sababdan O`zbekistonda din va dindorlarga qarshi hujumkor kurash avj oldirildi?

  9. O`zbek san’atining yuksalishida muhim hissa qo‘shgan mashhur san’atkorlardan kimlarning nomini tilga olsa bo‘ladi?

  10. O`zbek adabiyotining rivojlanish jarayonining murakkab kechganligi sabablarini nimalarda deb o‘ylaysiz?



Mavzu: Qatag‘onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari.
Reja:

  1. Totalitar tuzumning kuchayishi.

  2. Milliy kuchlar safining bo‘lib tashlanishi.

  3. Ziyolilarning quvg‘in qilinishi.

  4. Inson huquqlari va erkinliklarining poymol etilishi.

Adabiyotlar:

    1. “O`zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob, T.»Sharq” 2000, 312-326 betlar.

    2. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.»Sharq” 2003, 117-127 betlar.

1-masala:
XX-asrning 20-yillari ikkinchi yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv-idora tizimida ham keskin o‘zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o‘zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo‘ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan “Sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi” degan g‘oya g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o‘z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv etib bordilar. Shu tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik xarakteriga ega bo‘ladi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy sohalar ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatiladi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muxolifatchilik harakatlarida bo‘lish qat’iyan man etiladi, siyosiy erkinliklar taqiqlanadi. Ayni chog‘da demokratiya buziladi, ilg‘or, taraqqiyparvar kuchlar qatag‘onlikka mahkum etiladi. Hukmron partiyaning yagona irodasi, o‘zboshimchaligi, chegara bilmas zo‘ravonligi avjiga chiqadi.
Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog‘lab qo‘ydi. Bu O`zbekiston timsolida ham ko‘zga yaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo‘g‘inlari to‘liq ravishda SSSR organlariga bo‘ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot – O`zbekiston Kompartiyasi ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida viloyat bo‘limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko‘rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi.
Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko‘zga ko‘rinarli va ko‘zga ko‘rinmas ming xil qizil iplar bilan O`zbekistonni o‘z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo‘qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling