Tarmoq fayllar sistemasi (NFS)
NFS sistemasi Sun Microsystem kompaniyasining ONC (Open Network Computing) tarmoq maxsuloti qismi sifatida tayyurlangan. Xozirda NFS UNIX System V Release 4 ning ofitsial (rasmiy) komponentasi hisoblanadi.
NFS nafaqat har xil arxitekturalardan balki hax xil operatsion platformalardan foydalanishda ham yaroqlidir. NFS ning bepul (Public Domain) va kommerik variantlari mavjud.
Dastlab NFS UNIX BSD 4.2 da tayyorlangan NFS ni System V da qo‘llashda operatsion sistema yadrosiga kerakli tuzatish kiritishga to‘g‘ri kelagan. NFS uchta asosiy qismga ajraladi:
Protokol.
Server.
Klieynt.
NFS protokoli RPC primitivlariga suyanadi. Klieynt qismi RPC exanizmi asosida sistemaning server qismi bilan hamkorlik qiladi. NFS ning asosiy avzalligi turli operatsion sistemalar muhitida foydalanish imkoniyatini borligida.
Olislashgan fayllardan birgalikda foydalanish (RFS)
RFS tarmoq fayllar sistemasi AT&T kompaniyasi tomonidan o‘zining maxsulati bo‘lmish UNIX System V Release 3 da realizatsiya qilingan. Funksional jihatdan u NFS ga o‘xshaydi ya’ni olislashgan fayllarga aniq murojatni (dostupni) ta’minlaydi. Lekin sistema realizatsiyasi mutlaqo yaxshi. Uning asosiy kamchiligi shundaki, u faqat UNIX operatsion sistemasi boshqaruvidagi kompyuterlarga realizatsiya qilinadi.
NFS RPC protokoliga suyansa, RFS AT&T uchun maxsus asosiy paketlarda ma’lumot almashish protokolidan foydalanadi (boshqacha aytganda RFS realizatsiyasi TLI interfeysiga asoslanadi). Ayna bir ustunligi RPC foydalanilayotgan transport mexanizmiga bog‘liq bo‘lmagan sistema.
Qurilmalarni boshqarish.
Tashqi qurilmalarni boshqarish – bu barcha opratsion sistemalarning muhim funksiyalaridan biridir. Sistema perifer qurilmaga effektiv va qulay murojatni hamda yangidan qo‘shilgan tashqi qurilmalar uchun dasturiy ta’minot imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Qurilmalar maxsus fayl sifatida.
UNIX opratsion sistemasida tashqi qurilmalarga murojat uchun universal fayl abstrksiyasidan foydalaniladi. Fayllar sistemasi magnit diskda xotirani yegallagan haqiqiy fayllardan tashqari (oddiy fayl yoki katalogdan tashqari) maxsus fayllarni ham himoya qiladi. Bu istalgan fayl yoki tashqi qurilma bilan bitta interfeysda ishlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |