mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


Munaqqid fikricha, metodologik muammolardan yana biri adabiy mu’telik, qaramlikdan qutulish, fikriy erkinlik masalasidir


Download 66.68 Kb.
bet6/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

Munaqqid fikricha, metodologik muammolardan yana biri adabiy mu’telik, qaramlikdan qutulish, fikriy erkinlik masalasidir. Uzoq yillar adabiyotshunoslik va tanqidchilikdagina emas, hatto adabiyot darsliklarida ham fikriy qaramlik, mutelik hukmronlik qildi. Bu qaramlik, mutelik, olim fikricha, ko‘proq xalqlar do'stligi, hamjihatlik, birodarlik va boshqa umuminsoniy tushunchalar bilan pardalanib kelindi. Aslida esa, barcha badiiy, ilmiy-estetik izlanishlar hokim mafkura g‘oyalariga bo‘ysundirildi.
Munaqqid XX asr o'zbek adabiyoti haqidagi darslik o‘zbek ijodkorlari Qodiriy yoki Hamza bilan emas, balki, M.Gorkiyning monografik portreti bilan ochilganiga e'tibomi tortib, buning sababini izohlab beradi. Darhaqiqat, sho‘ro davrida o'zbek adabiyoti ko‘p millatli sovet adabiyotining bir qismi va bu adabiyotning asoschisi M.Gorkiy sanalardi. Bundan tashqari, u o‘zbek yozuvchilarining ham ustozi hisoblanardi. Shu bois, o‘zbek adabiyotiga oid darslikning M.Gorkiy hayoti va ijodi bilan ochilishi tabiiy, deb tushunilardi. B.Nazarovning ta'kidlashicha, «Bunday tushuntirishlar qanchalik asosli, mantiqqa yaqin bo'lib ko'rinmasin, baribir, istaymizmi- istamaymizmi, u katta ma'nodagi mutelashuvga ishtiyoq, deb atalmish siyosiy laganbardorlikning adabiyotdagi, ilmdagi, pedagogika sohasidagi ko'rinishi bo‘lib kelgan edi. Chunki birdan-bir to‘g‘ri gap shuki, qanchalik o‘rab-chirmab isbotlamayiik, M. Gorkiy buyuk rus yozuvchisidir»'.
Maqolada ilgari surilgan yana bir muhim masala sho‘ro davri adabiyotiga, unda yaratilgan har bir asarga tarixan to‘g‘ri baho berish masalasidir. Munaqqid fikricha, «uzoq villar davomida sho‘ro davri adabiyotiga bir yoqlama shablonlar asosida yondashib keldik. Masaian, «0‘tkan kunlar» romanidagi Yusufbek hoji va Otabek timsolida o‘zbek xalqining feodalizmga qarshi noroziligi chuqur aks ettirilmagan, ular o‘z sinfiy, tub manfaatlaridan tashqariga chiqa olmagan, shu bois ham yozuvchi dunyoqarashi cheklangan degan baholami berib keldik». Shu bois, bugungi qayta baholash jarayonida bir xatodan qutulib, ikkinchiga yo‘l qo'ymaslik kerak. Masalan, Uyg‘unning «Nazir otaning 1 g‘azabi», «Brigadir Karim», H.OIimjonning «Baxtlar vodiysi», «Shodlikni kuylaganimning sababi» kabi she'rlariga baho berganda ham shu mezonlarni asos qilib olish zarur.
Masalan, Uyg‘unning yuqoridagi she'rlarini shunchaki darslik- iardan chiqarib tashlash, tilga olmaslik bilan ish bitmaydi. Aksincha, tarixiylik prinsiplaridan kelib chiqib, bu tipdagi g‘oyalar aks etishining obyektiv sabablarini ham chuqur tahiiilar bilan asoslab, ko‘rsatib berish zarur.
Maqolada, ayni paytda, jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo’lib, keskin tanqidiy fikr va inkorlar aytilayotgan sotsialistik realizm metodi haqida ham xarakterli qarashlar o'rtaga tashlanadi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, sotsialistik realizm haqidagi qarashlar 90-yillar tanqidchiligida jiddiy munozaraga aylangan va unda ko‘plab olimlar ishtirok etgan edi. A.Otaboyev va U.Normatov munozaralari bilan boshlanib, qariyb bir yil davom etgan bahs mazkur metod haqidagi tanqid tafakkurining yangilanishiga katta ta'sir o'tkazganini ta'kidlash zarur.
***********
Ayni chog‘da, sotsialistik realizm metodini inkor qilish, qoralash o‘z-o‘zidan mazkur metod hukmronligi davrida yaratilgan ko‘plab badiiy adabiyot namunalarining taqdirini ham xavotir ostiga oladi, aytaylik, uning go‘zal namunasi, deb baholab kelingan «Qutlug‘ qon» tipidagi asarlarga munosabatda qanday yondashuvlar zarur, degan g‘oyat muhim masalani kun tartibiga chiqardi.
0‘sha paytda sotsialistik realizmning «o‘lmas namunalari» borligini isbotlashga harakat qilib yozilgan maqolalar ham ko‘plab chop etilayotgan edi. Mana shunday murakkab vaziyatda sotsialistik realizm metodining uzoq yillar davomida adabiyotimizga ko'rsatgan mislsiz zarari haqidagi haqiqatni aytish barobarida, har qanday tazyiq va cheklovlariga qaramasdan, o‘sha davrda badiiy mukammal asarlar ham yaratilganligini asoslash, umuman, mazkur metod haqidagi to‘g‘ri metodologik yondashuvga zarurat bor edi.
Munaqqid fikricha, sotsialistik realizmdan voz kechish, uning prinsiplari zo‘rma-zo‘rakilikka asoslanganini fosh qilish kabi harakatlar yaxshi, albatta, lekin bu masalaning nihoyatda nozik bir tomoni ham bor.
Modomiki, badiiy asar taiqinida sotsialistik realizm prinsipining o‘rniga umuminsoniy qadriyatlar mezoni asos qilib olinar ekan, shu metodda yaratilgan, dcb qaralayotgan asarlarga munosabatni belgilash g'oyat muhim ahamiyatga ega. Zotan, umuminsoniy mezonlar va badiiylik tamoyillari sho’ro davrida yaratilgan va sotsialistik realizm namunasi, deb e’tirof etilgan ko‘plab asarlarga, jumladan, «Navoiy», «Mirzo Ulug‘bek» kabi asarlaiga ham yoki bu metoddan tashqarida, deb hisoblangan Qodiriy, Cho’lpon asarlariga baho berganda ham birdek nazarda tutilmog'i kerak, deb hisoblaydi maqola muallifi.
«Demak, sotsialistik realizm metodi deyilganda, uning majbu- riylikdan tashqari bo'lgan prinsiplari qatlamida umuminsoniy me- zonlarga asos bo'lgan fazilatlar ham mavjud ekanini unutmaslik kerak bo‘ladi»'.
Istiqlol davrida chop etilgan ko‘plab maqolalarda mazkur qarash- larning davom ettirilgani, yanada chuqurlashtirilgani va rivojlantirilgani mazkur metodologik yondashuv to‘g‘ri belgilanganligidan dalolat beradi.
Jumladan, professor T.Mirzayev adabiyotshunoslik ilmi oldida turgan asosiy vazifalar, O‘zR FA va Til va adabiyot institutida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar haqidagi suhbatida asosiy e’tiborni yangi mezonlar qanday bo'lishi lozimligiga qaratadi.
♦Yangi mezonlar qanday bo‘lmog‘i kerak ( 0‘z AS, 1995. - 3- mart) sarlavhasi bilan chop etilgan ushbu suhbatda hozirda «adabiyot- shunoslikda sof nazariy va metodologik muammolarga katta e’tibor berilayotganligi, adabiyot tarixini boMakiamay, unga yaxlit adabiy-tarixiy jarayon sifatida baho berish tamoyili kuchayayotgani, san'at- korlar ijodini tahlil va tashviq qilishda xolislik va haqiqat mezonlarining birinchi o‘rinlarga chiqayotganligi, adabiyot va ijtimoiy hayot masalalarini o'rganishga, milliy zaminga e'tibor oshganligi» quvonarli hol sifatida e'tirof etiladi.
Olim adabiyot ilmida yuzaga kelayotgan hurfikrlikni, flkriy mutelikdan xalos bo‘lib borilayotganligini mamnuniyat bilan qayd etar ekan, boshqa bir xavfdan ham ogohlantiradi: «Fikr erkinligi — og ziga kelganini aytish, mayda-chuyda shaxsiy manfaatlami ko'zlab, bir-birini tahqirlash, millat va yurt tashvishlari bir yonda qolib, ma'lum guruh g'arazlarini yoqlash degani emas. Fikr erkinligi, eng avvalo, aytiladigan har bir so‘z, har bir fikr uchun mas'uliyat va javobgarlik- dir».
Olim fikricha, so‘nggi davrlarda adabiy tanqid bunday kamchi- liklardan qutilib, chinakam hurfikrlikka erishmoqda.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling