mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


Download 66.68 Kb.
bet1/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza


I MODUL. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGI
1-mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – 2 soat.
Reja:

  1. Adabiy tanqid yangi bosqichda.

  2. Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari.

  3. Istiqlol davrida adabiy tanqid metodologiyasining yangilanish tamoyillari.

  4. Tanqid va adabiy jarayondagi izlanishlar.



Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar:

tamoyil, qayta baholash, yangicha ilmiy-estetik tatakkur, sistemali yondashuv, tahlil va talqin, germenevtika, sinergetika, strukturalizm, tarixiy-biografik yondashuv, tarixiy-madaniy yondashuv' modemizm, absurd, eksiztensializm.

Dars hikmati:

“Endi partiyaviylik va sinfiylik emas, balki, eng awalo, umuminsoniy qadriyatlar, umuminsoniy mezonlar badiiy asar oldiga qo'yiluvchi asosiy talablar deb hisoblanmoqda”.


B.Nazarov

Ma‘ruza bayoni

  1. Adabiy tanqid ildizi, mohiyati, falsafa, estetika, lingvistika bilan bog‘liqligi

Adabiy tanqid yangi bosqichda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalarda erkin rivojlanish boshlandi. Bu hol ilm-fan, adabiyot va san'at taraqqiyotida ham o‘z ifodasini topdi. Sho'ro davri iskanjasidan va siyosatlashgan mafkura tazyiqidan qutulgan badiiy tafakkur erkin ijod yo'liga o‘tdi. Adabiy tanqid badiiy asarlarga milliy g‘oya va umumbashariy mezonlar asosida baho bera boshladi. Ayni vaqtda, ana shunday yo'nalishlarda yangi asarlar yaratilishiga ta’sir ko'rsatishni asosiy maqsad qilib qo'ydi.
Istiqlol davriga kelib, baholash mezonlarida jiddiy o'zgarishlar va yangilanishlar ro‘y bera boshladi. Mumtoz adabiyotimiz muam- molari va siymolari ijodini o‘rganishda, sho‘ro bosqichi adabiyoti namunalarini qayta baholash hamda qatag‘on etilgan adiblarga munosabatda tamomila yangi tamoyillar yuzaga keldi. Ularga milliy istiqlol g'oyalari va umumbashariy mezonlar asos qilib olindi. Ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning qutlug‘ 550 yilligini nishonlash Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotidagi Istiqlol g'oyalari asosida amalga oshirilgan dastlabki buyuk tadbirlardan biri boldi.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan Alisher Navoiy asarlarini yosh avlod ruhiyatiga yanada chuqurroq singdirish, chuqur va har tomonlama tadqiq-targ‘ib etish zarurligiga, deyarli davlat siyosati darajasida e'tibor qaratildi.
Navoiy asarlarining 20 jilddan iborat to‘liq kulliyoti chop etilishi, 5 jilddan iborat o'zbek tilining izohli lug'ati bosilib chiqishi muhim voqea bo‘ldi. 0‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi haqidagi —
yangi, to'ldirilib yanada boyitilgan Qonunning qabul qilinishi o'zbek xalqi g'ururiga g'urur qo‘shdi.
Mustaqillik yillarida Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, Behbudiy, Munawar qori Abdurashidxonov, Elbek, Botu, Usmon Nosir hayoti va ijodini asl, tarixiy jihatdan haqqoniy ko‘rinishda tadqiq etish ada- biyotshunoslik va tanqidning dolzarb masalalariga aylandi. H.H.Niyoziy, G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor kabi san'atkorlar asarlarini qayta va xolis baholashga o'tildi.
Mustaqillik yillarida tarixiy-biografik tadqiqotlar yaratishga e'tibor kuchaydi. M Qo'shjonov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, E.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, A.AIiyev, Sh.Turdiyev, S.Ahmedov, A.Jalolov, I.Haqqulov singari adabiyotshunoslar XX asr yozuvchilari haqida qator sermazmun tadqiqotlar yaratdilar. Ularning safiga B.Karimov, NJabborov, D.Quronov, U.Hamdam, S.Meliyev, Sh.Rizayev kabi keyingi avlod vakillari o'zlarining yangi-yangi salmoqli izlanishlari bilan kelib qo'shildilar.
B Qosimov, Sh.Yusupov, U.Dolimov, Sh.Rizayev, S.Ahmedov qalamiga mansub “Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti” hamda N.Karimovning “XX asr o'zbek adabiyoti manzaralari” nomli kitoblari bu davrning katta yutuqlari sifatida e’tirof etildi. Bu yillarda adib, adabiyot zamondoshlar xotirasida, zamondoshlar nigohida rukni ostida qator kitoblar turkumi bosilib chiqdi. Qator kitoblarda G‘.Karimov, S.Dolimov, N.Mallayev, Sh.Shomuhammedov singari ustozlaming o‘lmas siymolari yoritildi.
Filologiya fanlari doktori, professor K. Quramboyevning “G‘afur G‘ulom va adabiy aloqalar”, “Adabiy ta'sirdan ijodiy o‘ziga xoslikka”, “Maxtumquli she'riyati” “O‘zbekistonda”, “Adabiy jarayon, ijod mas'uliyati, adabiv aloqalar”, “Maxtumquli — ilhom chashmasi” kabi kitoblarida adabiy ta'sir va aloqalar, ijod mas'uliyati. R. Ibragimovaning “0‘zbek milliy fantastikasi”, “Fantastika va hayot’’ kabi tadqiqotlarida fantastika va ijod muammolari tadqiq etildi.
Adabiy tanqidda intellektual mushohada ortdi, balandparvozlik. madhiyabozlik vo'qolib bormoqda. Fikrni dalillash, ishontirish san'atiga, kitobxonda go'zallik tuyg‘usini tarbiyalash masalalarida jiddiy siljishlar ro‘y bera boshladi.
Tanqidda A.Rasulov, B.Sarimsoqov, B Karimov, H.Boltaboyev, U.Hamdamov, U. Jo`
raqulov va boshqalarning asarlari misolida jahon adabiyotshunosligi tajribalari, mezonlari, uslubiy yo‘nalishlari kuchaydi. Ayni vaqtda P. Mirzaahmedova, M.Sharafiddinova, A.Qosimov, M.Xolbekov tadqiqotlari misolida o‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o'rganish tamoyillari yuzaga keldi.
Sharqda, o'zimizda 0‘rta asrlardayoq tafsirlar misolida namoyon bo‘lib, XIX asrda Yevropada tushuntirish, talqin san'atining yangi ko'rinishi — «germenevtika» deb atalgan tadqiq yo‘nalishi XX asr oxiri XXI asr avvalida adabiy yodgorliklami, umuman, badiiy asaming tub ma'nosini talqin etishning yangi metodi — usuli sifatida namoyon bo'la boshladi.
Germenevtikaning ayrim yo'nalishlari Forobiy sharhlaridan tortib, XIX asrgacha 0‘zbekistonda davom etib kelgan bedilxonlik va mashrabxonliklarda, xususan, “Mabdai nur” hamda Maleho Samarqandiyning “Muzakkirul ashob” va Is'hoq Bog'istoniyning “Tazkirai Qalandarono kabi asarlarida ma’lum ma'noda mavjud bo’lgan an'analar yangi bosqichda Ovrupo mezonlari asosida ilmiy tus oldi. Bu davrga kelib, shuningdek, o'zbek tanqidi va adabiyotshunosligiga M. Baxtin ilmiy-nazariy qarashlarining sezilarli ta'sirini kuzatish mumkin.
Mustaqillik tufayli, ayniqsa, hur va erkin fikrlash imkoniyati yaratildi. Umuman, keng kitobxonlar ommasi, xususan, barkamol avlodni fikr qulligidan ozod etishga harakat, mustaqil ftkrlay oladigan kishilarni tarbiyalash adabiy tanqidning ham yetakchi masalasiga aylandi.
Bu matlab tarbiya jarayoniga ham kirib keldi va o‘qitishning avtoritar metodidan shaxsga qaratilgan usuliga o'tildi. Ma'naviyat masalalariga Davlat miqyosidagi e'tibor, adabiy tanqid muammolariga ham shu nuqtayi nazardan qarashni taqozo etdi. Nashriyot masalalaridagi boshqaruv tizimining davlat monopolyasidan chiqib, rang- baranglashuvi adabiy-tanqidiy va adabiyotshunoslik ishlarining chop etilishini jadallashtirish bilan bir qatorda, ularning yo‘nalishidagi turli xillikka ta'sir etdi. Bu yo'nalishda «Ma’naviyat» va «Meros» nashriyotlari faollik ko'rsatdilar.
Adabiy tanqid tabiati, avvalambor, badiiy asar va hayotga suyanadi. G‘oya, ijtimoiyot, vazifalar ham ana shularning zamiridan kelib chiqadi va ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Biroq bu degani adabiy tanqid doimo hayot va adabiyotning ortidan ergashib yuradi, degani emas.
U hayot va adabiyotni o'rganish, tahlil etish barobarida, o‘z izlanish natijasidagi fikr, natija, xulosa, takliflar bilan hayot va adabiyotdan birmuncha oldinda yurishi mumkingina emas, lozimdir. Bu adabiy tanqidning mohiyatiga xos bo’lgan xususiyatlardan biridir.
Istiqlol davriga kelib, adabiy tanqid erishayotgan yutuqlar va kamchiliklar, o'zida ana shu xususiyatni nechog‘lik aks ettirayotganligiga qarab ham belgilanadi. '
Istiqlol davri tanqididagi yangilanish tamoyillari:

  1. XX asr o‘zbek adabiyotini qayta baholash yuzasidan adabiy jaranyonda kechgan va kechayotgan izlanishlami turli yondashuv va usullar asosida yangicha o‘rganish.

  2. Milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan yondashish tamoyillarini o‘zlashtirish, ayni chog‘da, adabiy jarayondagi xilma-xil shakl va uslub izlanishlarini badiiylikning yangicha mezonlari asosida tadqiq etish bosh masalaga aylandi.




Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling