Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: QUROLLI KUCHLAR – VATAN XAVFSIZLIGINING
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: QUROLLI KUCHLAR – VATAN XAVFSIZLIGINING
MUHIM KAFOLATI. Reja: 1. O’zbekiston Qurolli kuchlarining barpo etilishi. 2. Qurolli kuchlar – Vatan xavfsizligining muhim kafolati. 3. O‘zbekiston fuqorolarining qurolli kuchlar safida xizmat qilishga oid huquq va burchlari. O’zbekistan Respublikasining milliy xavfsizligini, hududiy yaxlitligini himoya qilish mamlakatning mudofaa qobiliyatiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991- yil 6- sentyabrdagi Farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 25- oktyabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ish lari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomi tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqarolar mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashkil qilindi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida Mudo faa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyi bo’linmalari tuzildi. Mudofaa ishlari vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi: — harbiy safarbarlik tadbirlari; — Milliy gvardiya tuzish va ta’lim berish; — fuqarolar mudofaasini amalga oshirish; — harbiy bilim yurtlarini komplektlash; —oliy o’quv yurtlaridagi harbiy kafedralar va kuchaytirilgan harbiy tayyorgarlik maktablarini boshqarish; — muqobil xizmatni tashqil qilish; — urush qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar bilan ishlash; —harbiy xizmatga chaqirish, qo’shinlarni joylashtirish, harbiy mashqlar o’tkazishni muvofiqashtirish, qo’shin va harbiy ob’ektlarni yangi joyga ko’chirib joylashtirish, shuningdek, harbiy texnika va qurol-yarog’larni chetga chiqarish va tashqaridan olib kelish; —harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish; — yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hokazo. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992- yil 14- yanvarda «O’zbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar va qo’shinlarni tasarrufiga olish to’g’risida» Qaror qabo’l qildi. Bu O’zbekistonning Qurolli Kuchlarini barpo etishida muhim voqea bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi. Mamlakat tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qilish Mudofaa ishlari vazirligiga yuklatildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992- yil 3- iyulda bo’lib o’tgan 12-chaqiriq X sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlarini tuzishda muhim voqea bo’ldi. Sessiyada «Mudofaa to’g’risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida» va «Muqobil xizmat to’g’risida»gi muhim Qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi. Mustaqil O’zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. O’zbekiston Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo’shinlar, Harbiy havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari, Maxsus va muhandislik- qurilish qo’shinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat. Quruqlikdagi qo’shinlar- Qurolli Kuchlarning eng ko’p sonli turi bo’lib, boshqa qo’shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovo’zni qaytarish, zarur bo’lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo’ljallangan. Harbiy havo kuchlari- Qurolli Kuchlarning manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang maydonida bo’layotgan yirik operatsiyalarniig borishi va yakuniga ta’sir qilish, mamlakat havo chegaralarini qo’riqlash, quruqlikdagi va havodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. Havo hujumidan mudofaa qo’shinlariga O’zbekiston Respublikasining hududini, uning havo chegaralarini, eng muhim davlat va sanoat ob’ektlarini hamda qo’shin guruhlarini havo hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan. Maxsus qo’shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta’minlash masalalarini hal etish uchun mo’ljallangan. Milliy gvardiya O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir. Bu gvardiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992- yil 23- yanvardagi qaroriga binoan, respublika Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi: O’zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majburiy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to’planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o’ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tantana marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan. Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan. Shuningdek, gvardiya zimmasiga alohida muhim davlat ob’ektlarini qo’riqlash vazifalari ham yuklatilgan. Armiya mamlakat byudjetidan ajratiladigan mablag’ hisobiga ta’minlanadi. Har yili mudofaaga ajratiladigan mablag’ miqdori Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Qurollar, harbiy texnika, butlovchi qismlar va boshqa ashyolarni ishlab chiqarish,yetkazib berish va ta’mirlash, mudofaani zarur oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, shuningdek, mudofaa manfaatlariga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish ishlarini amalga oshirish, davlat va safarbarlik rezervlarida safarbar etiladigan (mobilizatsion) mablag’larni vujudga keltirish, rivojlantirish va saqlash to’liq hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo’mondoni hisoblanadi. «Mudofaa to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, Qurolli tajovuz bo’lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarning qurilish, ularni strategik qo’llash rejasi, shuningdek, safarbarlik rejasini tasdiqlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to’g’risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi. Harbiy kasbni tanlagan yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassisliklarga yo’naltiruvchi litseylar tashkil etildi. Harbiy litsey tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko’nikma to’plab, o’zlari tanlagan qo’shin turlari bo’yicha oliy harbiy bilim yurtlariga tayyorlanadilar. Toshkent umumqo’shin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent aloqa-elektrotexnika institutida tashkil etilgan maxsus fakultet Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar bo’yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlab beradigan oliy harbiy ilm o’chog’iga aylandi. Toshkentda oliy qo’mondonlar tayyorlovchi harbiy Akademiyaning ochilishi O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim voqeagina bo’lib qolmay, u xalqaro ahamiyatga ham molikdir. Mamlakat Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni Islom Abdug’anievich Karimov Akademiyaning ochilishiga bag’ishlangan tantanada nutq so’zlar ekan, jumladan, shunday dedi: «Ishonchim komilki, yillar o’tib, avlodlarimiz biz xalqimizning mustaqilligi yo’lida, uning tinch bunyodkorlik mehnatini himoya qilish yo’lida qilgan ishlarimizga munosib baho beradi». Markaziy Osiyoda yagona harbiy Akademiyaning ochilishi zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan, Sharqiy sarkardalarning, avvalo Sohibqiron Amir Temurning tajribalarini, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar tayyorgarligining ilg’or tajribalarini o’zlashtirgan milliy harbiy kadrlarni tayyorlash demakdir. Har bir fuqaro harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburdir. Harbiy xizmat turlari quyidagilardan iborat: Muddatli harbiy xizmat. Safarbarlik, chaqiruv rezervidagi harbiy xizmat. Shartnoma (kontrakt) asosidagi harbiy xizmat. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati. Bu huquqiy qoida “Mudofaa to‘g‘risida”gi (11.05.2001) va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi (12.12.2002) qonunlarda asoslab berilgan. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqli, sog‘lom va chaqiruv kunigacha sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, chaqirish muddatlari quyidagi hollarda kechiktiriladi: oilaviy sharoitga ko‘ra; salomatligiga ko‘ra va o‘qishini davom ettirish uchun; o‘rta umumiy ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji, oily o‘quv yurtlari kundizgi bo‘limida ta’lim olayotgan talabalar o‘quv yurtlarini bitirgunlariga qadar. O‘zbekiston Respublikasida majburiy harbiy xizmatdan tashqari muqobil xizmat to‘g‘risida ham huquqiy qoidalar belgilab berilgan. Muqobil xizmat- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘taydigan davlat xizmatining alohida turidir. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling