Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU : OILA -MUQADDAS DARGOH


Download 436 Kb.
bet22/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU : OILA -MUQADDAS DARGOH


REJA:
1.Oila va jamiyatning o‘zaro munosabati hamda oilaning ma’naviy va huquqiy asoslari.
2. Ota-onaga izzat - hurmat, oilada sadoqat va g‘amxo‘rlik shaxs ma’naviyatining yuksak odobi

Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchalik zarra emas, tirik vujudlar ittifoq‘idir. Har bir tirik vujudning o‘zi alohida bir olam. Er va xotin-ikki tirik vujudning, ikki olamning o‘zaro ittifoqidan paydo bo‘lgan uchinchi bir olam bu oiladir. Ittifoq iborasida ahillik, totuvlik, degan ma’nolar ham bor, albatta. Agar oila haqiqatdan tinch-totuv, ahil bo‘lsa, olam guliston. Aks holda, turmush do‘zahga aylanadi. Jamiyatga moddiy va ma’naviy ziyon yetadi.Oila fag‘at er va xotinning o‘zidan iborat emas.Oila er-xotin, ularning bola-chaqalari, tug‘ishganlaridan iborat guruh, boshqacha aytganda xonadondir Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiyki, munosabat deyilganda-er-xotinlik munosabatlari, bola ko‘rish; iqtisodiy munosabat deyilganda-mulkiy munosabatlar;uy-ro‘zg‘or, hovli-joy,boshpana-kichik vatan; huquqiy munosabat deyilganda-nikohni davlat yo‘li bilan g‘ayd etish nazarda tutilmoqda. Oilada rasmiy tus olgan taqdirdagina, er xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, farzandlari ota-onalari oldida mas’uliyatdi va burchli bo‘ladilar; ma’naviy munosabat deyilganda ,esa er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi mehr-muhabbat,mehr-shafqat mehr-oqibat, odob-axloq, ta’lim-tarbiya kabi insoniy tuyg‘ular va talablar ko‘zda tutiladi.


Oila a’zolari bir-biri bilan umumiy turmush o‘zaro iqtisodiy-mulkiy, huquqiy, axloqiy, ruhiy aloqalar bilan bog‘lanadi. Oilaning birinchi vazifasi nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni trbiyalashdan, oila a’zolarining tirikchiligini, bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishni ta’minlashdan iboratdir.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lib, oilaning ichki ishlariga hech kim huda-behuda aralashishga haqli emas. Shu sababli oila muqaddas va dahlsiz hisoblanadi. Ramziy g‘ilib aytganda, oila o‘ziga xos kichik bir muhtor davlatdir. Lekin oila osmondan tushmaydi, oila jamiyat tashqarisida emas, uning tarkibidadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib boraveradi. Oilaviy munosabatlar jonli, o‘zgaruvchan jarayondir. Shunga ko‘ra har bir jamiyat o‘ziga mos va xos oila turini tanlaydi va shakllantiradi. Masalan, XII asrdagi o‘zbek oilani bilan bugungi o‘zbek oilasi o‘rtasida muayyan farqlar bor.
Amerika faylasufi Jorj Santayana (1863-1952) ta’kidlaganidek, "Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir. Odam oiladi kamol topadi. Xuddi mana shu yerda u birinchi quvonch va tashvishlarni tatib ko‘radi. qadimgi yunon faylasufi Aflotun oila tashkil g‘ilishda yigit g‘anday oilada tarbiya topgan qizga uylanajagini, qizning ota-onalari esa g‘anday oilalarga qizlarini berayotganlarini yaxshi bilishlari kerak, deb hisoblagan. 35 yoshgacha turmush ko‘rmagan odam jamiyatda,albatta "bo‘ydoqlik" bojlarini to‘lashi kerakligini Aflotun g‘onun tariqasida joriy ettirgan. Arastu fikricha esa, oila-bu odamlar muloqatining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, oilalar majmuidan davlat kelib chiqqan.
Oilaning jamiyat oldidagi vazifalaridan biri-farzand ko‘rish va tarbiyalash g‘oyat muhimdir. Aholi soni ma’lum muayyan ko‘rsatkichda bo‘lib turishi uchun har 1000 oilaga 260 ta bola kelishi kerak. Anig‘rog‘i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo’lishi lozim. Demografik olimlar hisoblariga ko‘ra, agar har bir oila bittadan farzanda ko‘rsa, 8 avlodga kelib, ya’ni 200 yildan keyin bu xalq millat tariqasida yoq‘ bo‘lib ketishi mumkin ekan.
Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib, jamiyatning o‘zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘rnida jamiyat bag‘rida vujudga keladi, rivojlanadi. Ayni paytda ,oilaning jamiyatda vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarini bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida, o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o‘xshash tomonlari ko‘p. Shu bilan birga uning o‘ziga xos jihatlari ham bor.
Oilaning ma’naviy va huquqiy asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning oilaga munosabati aniq va lo‘nda ifodasini topgan. Xususan, asosiy qonunning 63- moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega" degan qoida mavjud. qadim Sharg‘da yolg`iz kishi odam sanalmagan.
Oila huquqi-nikoh tuzish va nikohni bekor g‘ilish tartibi va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatnomalarini g‘ayd g‘ilish tarzini belgilaydigan huquqiy me’yorlar yig‘indisidan iborat. O‘zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-oila jamiyat va davlat muhofazasi;
-barcha fuqarolar: jinsi, irg‘i, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng;
-ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;
-faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;
-ixtiyoriy va erkin nikoh;
-davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;
-davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har tomonlama himoya g‘iladi;
-bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshqalar.
Yangi "Oila kodeksi" ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan "Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. BMT ning 1948- yil 10- dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi" ning 16-moddasida:
1.Balog‘at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadilar.
Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 30-aprelda Oliy Majlis II sessiyasida qabul qilindi. U 8 bo‘lim, 238 moddadan iborat. Oila kodeksi qo‘yidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
1 – bo‘lim. Umumiy qoidalar.
2 – bo‘lim. Nikoh.
3 – bo‘lim. Qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash
4- bo‘lim. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari.
5- bo‘lim. Oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari.
6- bo‘lim. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning joylashtirish shakllari.
7- bo‘lim. Fuqorolik holati dalolatnomalarini qayd etish.
8- bo‘lim. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish. Oila kodeksi 1998- yil 1- sentyabrdan amalga kiritildi.
1998-yil 2- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika” Oila” ilmiy-amaliy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Bu qaror Prizidentimiz tomonidan 1998- yilni «Oila yili» deb e‘lon qilinishi munosabati bilan qabul qilindi. qarorda ta’kidlanishicha, «Oilaning jamiyatni o‘zgartirishdagi tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo‘llab -quvatlashini kuchaytirish hamda izchil ta’minlash» xususida gapiriladi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi tadbirlar Davlat dasturi kompleks tusiga ega bo‘lib, u 150 dan ortiq tadbirni ichiga oladi.1998 -yilda oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan dasturiy tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Respublika «Oila» ilmiy amaliy markazi tashkil etildi. Bu markaz ToshDU va Nizomiy nomidagi TDPI oila va muammolarni o‘rganish labaratoriyalari negizida tashkil etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 24 million aholi va 4 million oila bor. Har yili 250 ming yangi oila qo‘shilib bormoqda. Ba’zi manbalarda respublikamizda 3,8 million oila mavjud deyilgan. Shundan 58,7 foizi 5 va undan ko‘p bolali serfarzand oilalarni tashkil etadi. Respublika aholining 43 foizini esa yosh avlod, ya’ni 15 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari sof, samimiy, erning xotiniga, xotining eriga, nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma’naviy muhit vujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o‘ylab, aql-zakovat bilan oila yumushlarini birgalikda, maslahatli hal etish, ularning biri-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xil muamolada bo‘lishi, har ikki tomoning qarindosh – urug‘lariga bir xilda mehr-muhabbat, hurmat bilan qarashi, bir so‘zliligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi, shuningdek sog‘lom hayot kechirishi, chekish yolg‘onchilik, maishiy buzuqlik, dimog‘dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illatlardan xoli bo‘lishi oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi xususiyatdir.Har bir ota-ona farzandlarining bilimli, ma’lumotli, ma’lum kasb egasi, komil inson bo‘lib yetishini ta’minlash uchun avvalo qo‘yidagilarga rioya qilish kerak:
1.Ota-onaning oilaviy hayotida ko‘rgan – bilganlariga suyangan holda bola tarbiyalash (oilaviy an’ana, urf-odat, rasm-rusum, pand-nasihat va boshqalar).
2. Pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va ularga amal qilish.
Kundalik hayotda uchraydigan voqea va hodisalarga munolsabat bildirish lozim (televidenieda ko‘rgan, radioda eshitgan va boshqalar).
Oilaviy muhitdagi iliqlik, hamokorlik, ya’ni ijobiy namunalar orqali bolaning har bir faoliyatini boshqarish, bilmaganini o‘rgatish va boshqalar.
Demak, bola odob-axloqqa doir bilimni oilada olish lozim. qadimgi yunon faylasufi Epiktet: «Otaning jiddiyligini ajoyib doru: unda achchiqdan ko‘ra chuchuk ko‘proqdir», -degan.Shariatimizda har bir insonning bir-biriga haq-huquqlari bor. Avvalo er-xotinning haq-huquqlar, so‘ngra ota-ona bilan farzand orasidagi haq- huquqlar. qo‘shnichilik, qavm-qarindoshlik, dindoshlik, ya’ni musulmonchilik haq-huquqlari va hokazo.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari:
Farzand dunyoga kelgach unga chiroyli ism qo‘yish.
Farzandning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga takbir aytish kerak.
Farzanga aqiqa (yangi mehmon dunyoga kelganda ziyofat berish) qili
Farzandga ilm o‘rgatish. Diniy va dunyoviy ilmlar, kasb- hunarni o‘rgatish. «Xitoyda bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» degan hadisda. «Xitoy» so‘zidan ma’lumki, u yerda bizga kerakli bo‘lgan diniy ta’lim yo‘q, balki, dunyoviy ilmlar rivoj topgan.
Farzand voyaga yetgach, bo‘lsa uylantirish, qiz bo‘lsa, kechiktirmay turmushga berish zarur. Rasullulloh: «Nikoh mening sunnatlarimdandir, kimki undan yuz o‘girsa, bizdan emasdur» deganlar.
Farzanlarning ota-ona oldidagi burchlari: Ota-onaning farzandda 10 ta haqqi bor:
1.Muhtoj bo‘lganda taomlantirmoq.
2. Xizmatini qilmoq.
3. Chaqirganda labbay, deb javob bermoq.
4. Gunohdan boshqa ishlarga buyursa itoat etmoq.
5. Ota-ona bilan yumshoq muomalada gaplashmoq.
6. Ota-onani, qodir bo‘lsa, libos bilan ta’minlamoq.
7. Ota-onaning orqasida yurmoq.
8. O‘zi rozi bo‘ladigan narsani ota-onasiga ham ravo ko‘rmoq.
9. O‘ziga yomon ko‘rgan narsani ota-onasiga ravo ko‘rmaslik.
10. Doimo o‘zi uchun duo qilganda, ota-onaga ravo mag‘firat so‘rab duo qilmoq.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling