MAVZU: NAVRO’Z – QADIMIY BAYRAM
REJA:
1. Navro’z qanday bayram
2. Navro’z haqida turli hil hikoyalar va afsonalar
3. Navro’z bayramini nishonlanishi
Buyuk bobokalonimiz ‘azrat Alisher Navoiy o’z g’azallaridan birida “‘ar tuning qadr o’lubon, ‘ar kuning o’lsin navro’z!” deb yozganlar.
Navro’z bayrami Markaziy Osiyo va Yaqin SHarq xalqlarining qadimiy, an’anaviy yangi yil bayramidir. Bu bayram O’rta Osiyoda islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgariroq mavjud bo’lgan. Quyosh kalendariga muvofiq Quyoshning Hamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil boshi hisoblangan. Bu eski Quyosh yili hisobida farvordin oyining avvaliga (22 mart) kecha bilan kunduzning tenglashgan vaqti va kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, bahorning boshlanishi davriga to’g’ri keladi. Bu kichik Navro’z bayrami yoki ommaviy Navro’z bayrami deyiladi.
Beruniy bobomiz esa bundan ming yil avval yaratgan “‘Hindiston” nomli asarida har bir xalqning udum va an’analari o’sha xalqning yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzining ifodasi ekanligini ta’kidlab o’tgan.
Umar Xayyomning "Navro’znoma" kitobida yozilishicha, Navro’z bayrami o’tkazishning maxsus qoidasi bo’lgan. Alisher Navoiy "Tarixi mulku Ajam" asarida ham Navro’z bayrami haqida bayon qilgan.
Biroq bayram shunchaki, o’yin-kulgu, xursandchilik emas, aksincha, u xalqning tarixi, madaniyati va maonaviyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan jiddiy ijtimoiy hodisadir. Biz uchun va boshqa SHarq xalqlari uchun Navro’z xuddi shunday bayram. U biz uchun kecha va kunduzning tenglashuvi, yerning ekin ekishga tayyor bo’lishi, dov-daraxtlarning gullashi, xullas, yangi kun, yangi faslning boshlanishi. Qadimgi SHarq afsonalaridan birida aytilishicha, qadimgi Eron shohlaridan bo’lmish Jamshid shu kuni podsho bo’lib taxtga o’tirgan ekan. U o’ziga shohona taxt yasattirib, har xil qimmatbaho toshlar qadalgan, turli dur-javo’irlar bilan bezatilgan tojini boshiga kiyib, tong ma’alda taxtga o’tirgan. Shu payt quyosh chiqib, zarrin nurlari Jamshidning taxtini yoritgan. Butun tevarak-atrof nurafshon bo’lib ketgan. Buni ko’rgan xalq ajablanib, bu kunni Navro’z, yaoni yangi kun deb atagan ekan. Bu albatta afsona. Navro’z haqidagi barcha afsonalarda yaxshilik yomonlik ustidan g’alaba qozonadi. U xalqimizning azaliy udumi, tiriklik va yorug’lik ayyomi sifatida ardoqlanib keladi. Uning Islom diniga hech qanday aloqasi yo’q, chunki bu bayram Islom dini nozil qilinishidan ilgari ham bayram qilingan. Qizig’i shundaki, O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan Navro’z bu o’lkalarga Islom dini kiritilganidan keyin man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan.
Sho’rolar zamonida ko’plab milliy qadriyatlarimiz qatori Navro’z ham bir chekkaga surib qo’yilgan edi. O’ttizinchi yillar qatag’onidan bir qadar eson-omon o’tib, o’tgan asrning elliginchi yillarida biroz jonlangandek bo’lgan Navro’z saksoninchi yillarga kelib, tag’in quvg’in ostiga olindi. Saksoninchi yillarning boshida TSKning ma’lum va mash’um o’n oltinchi plenumi bo’ldi. Islom dini tushirilishidan ancha avval mavjud bo’lgan Navro’z “diniy bayram” sifatida qatag’onga uchradi. Baozi chalasavod olimlar uni hatto Mu’ammad ‘ayg’ambarning tug’ilgan kuni deb ham atashdi. Iso payg’ambar tug’ilgan kun bo’lmish 25 dekabr, ya’ni Rojdestvo qariyb barcha Yevro’a davlatlarida, Yangi yil, yaoni birinchi yanvar
Navro’z bayramining boshlanishidan bir necha kun ilgari tayyorgarlik ko’rilgan. Jumladan, bahorning ilohiy quvvati hisoblangan sumalak sayli uchun tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Odatda Navro’z bayramidan 12-15 kun oldin bug’doy yoki arpa urug’i undirishga qo’yilgan va uning maysasidan Navro’z bayrami kunlari sumalak pishirilgan. Sumalak an’anaviy marosim bo’lib, asrlar osha nishonlanib boyitilgan. Bu asosan kishilarni o’zaro hamkorlik, do’stlik va bosh¬qa fazilatlarni bog’lashda muhim rol o’ynaydi.
Sumalak sayli ishtirokchilari latifalar, turli aforizmlar, qo’shiqlar aytishib, xursandchilik qilishgan, marosim hazil-mutoyiba, o’yin-kulgi bilan o’tadi. Yoshlar Navro’z bayrami kechasi uxlamasdan ertak va hikoyalar aytishib, o’yin-kulgu bilan bahor haqida qo’shiqlar aytganlar.
Sho’rolar Ittifoqida ham, O’zbekistonda ham bayram qilingan bir paytda dinga hech qanday aloqasi bo’lmagan Navro’z man qilindi. Ma’lumot uchun aytish mumkinki, Navro’z Mu’ammad payg’ambar tug’ilgan kun emas. Mu’ammad payg’ambar Iso alayhissalomdan 571 yil keyin Rabbiul avval oyining 12 sanasida, dushanba kuni tong ‘ayti dunyoga kelgan va ‘ozirgi hisob bilan 632 yil 8 iyunda Madinada vafot etgan. Yuqorida aytilgan Rabbiul avval oyining 12-sanasi ‘ozirgi ‘isobimizda 571 yil 20 a’rel dushanbaga to’g’ri kelishi ko’’gina Islom olimlari tomonidan aytilgan. (Rahmatulloh qori Obidov. payg’ambarlar tarixi islomiyat tarixidir).
Navro’z bayrami haqidagi ilk maolumotlar Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va boshqa asarlarida, Umar Xayyomning “Navro’znoma” asarida uchraydi. Ma’mud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida Navro’zga bag’ishlangan xalq qo’shiqlari keltirilgan.
Hozir O’zbekiston ‘ududida yashayotgan barcha xalqlar ‘am bu kunni yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib oladilar. Bir necha kun ilgari tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Bug’doy undirishga qo’yiladi va uning maysasidan sumalak tayyorlanadi. Ko’kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar ‘ishiriladi, otchopar, ko’pkari, kurash singari xalq o’yinlari, sayillar o’tkaziladi, bahor haqida qo’shiqlar kuylanadi. Navro’zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to’p-to’p bo’lib xonadonlar eshigi oldida Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq aytishadi. Xonadon egasi ularni sovg’a-salom va yeguliklar bilan siylaydi. Bolalar yeguliklarning bir qismini qishloqdagi beva-bechoralarga ulashishadi. Bu udum ‘ozir Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlanib qolgan. Navro’z yangi yil bayramigina bo’lib qolmay, me’nat bayrami ham hisoblanadi.
O’zbekistonda 21 mart dam olish kuni deb eolon qilingan. Barchamizga Navro’z bayrami muborak bo’lsin.
|