Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: SAXIYLIK VA HIMMAT HAQIDA


Download 436 Kb.
bet32/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: SAXIYLIK VA HIMMAT HAQIDA


Reja:

  1. Saxiylik ulug’ sifat.

  2. Ulug‘ zotlarning saxiylik haqidagi fikrlari.

  3. Himmat haqida.

  4. Homiylik haqida.



Saxiylik
Saxiylik bu ulug’ sifat bo’lib, u pokiza kishilarga xosdir. Saxiylik bu himmat bulib, doimo kishnni qo’lini baland ekanligini ko’rsatadi. Saxiylik bu saxovat bo’lib, olmoq emas, balki bermoqdir. Berguvchi gado bo’lsa ham uning qo’li baland. Olg’uvchi shoh bo’lsa ham qo’li past. Saxiy bo’lgan gado shohdan usundir. Ziqna bo’lgan shoh gadodan pastdir.
Saxiylik gadoni shoh etguvchi insoniy fazilatdir. Saxovat xayrixohlik va olihimmatlik belgisidir. Alisher Navoiy ta’biricha, «Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizi yoki ana shu dengizning bebaho gavharidir».
Alisher Navoiy o’z hayoti va faoliyatida saxovatli bo’lgan. O’z jamg’armasi hisobiga Hirot va butun Xurosonda hovuzlar qazitgan, masjid, madrasa, ko’prik, hammom va boshqa qator inshootlar qurdirgan. Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham inson saxovati masalalari keng o’rin olgan. Uning fikricha, ishqi bor kishigina saxovatli bo’lishi mumkin.
Muhammad Abu Hamid G’azzoliy sahovat haqidagi hikoyatlarida quyidagilarni bayon qiladi:
«Muhammad ibn Munkadir Oyshaning xodimasi bo’lmish Ummi Darradan hikoya qilishicha, Muoviya Oyshaga ikki holatda 180 ming dirham hadya yubordi. Oysha u pullarning hammasini bir tovoqqa to’kdi va odamlarga ulashib berdi. Kech kirgach, Ummi Darraga «Ey, Jariya, taom keltir!»,—dedi. Xodima non bilan yog’ keltirib, «Bugun ulashib bergan pullaringizdan o’zimiz uchun biror dirhamlik go’sht sotib olmadingiz-a?»,- deganda u shunday javob qildi: “Yodimga solib qo’yganiigda shunday qilgan bulardim»!
Xalqimiz sharqona milliy urf-odatdan bo’lgan himmat ko’rsatish fazilatini doimo ardoqlab kelgan. O’zbek xalqi yurt boshiga qanday tashvish tushmasin, ne balolarni boshidan kechirmasin asl saxovati bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham xalqimiz bir-birini suyab kelgan.
Himmat bu ahloqning asosiy qoidalaridan biridir. Uning mazmunida saxovat, pokizalik o’rin egallagan. Himmatli kishilar har qanday vaziyatda ham el fayzi va rohati uchun qayg’uradi. Himmatli kishi o’zining doimo to’g’riligi, og’ir, vazmin bo’lishi bilan ajralib turadi. Ular odamlarga doimo saxovat ko’rsatib, nochor, xayru zakotga muhtoj bo’lganlarga yordam berganlar.
Himmatli kishida til va dil yumshoqligi, shafqat va mehribonlik odobi, so’z va muomila madaniyati, yomonlik qilganga ham yaxshilik qila olish qudrati, bag’rikenglik va dil pokligi mujassamlangan bo’ladi. Himmatli kishi har qanday ishga achchig’lanmaydi. Sher yurakli bo’lish bilan birga uning bag’ri keng va yumshoq tabiatli bo’ladi. Alisher Navoiy o’z ijodida saxovat va himmat masalasiga keng e’tibor bergan. U «Mahbub ul-qulub» asarida saxovat va himmatning birligini shunday ta’riflaydi:
«Saxiylik insoniyat bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir. Odamiylik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqin daryosining asl gavharidir.
Sahovatsiz kishi — yog’insiz bahor buluti va isi yo’q totor mushkidir. Mevasiz daraxt ham biru o’tin ham bir, yog’insiz bulut ham biru tutun ham bir. Saxovatsiz kishi gavharsiz sadafni birday hisoblasa bo’ladi... Saxiy — bulutdir. Ishi xirmon, balki xazina bermoq, baxil esa chumolidir, odati don va mashok termoq.
Himmatlilarning ixtisosi saxiylikdir. Bu ikki sharafli sifat (saxovatlilik va himmatlilik) pokiza kishilarga xosdir. Saxiylik insonning badanidir, himmat — uning joni. Himmatsiz kishi er sonida emas, chunki jonsiz badanni kishi tirik demas».
Alisher Navoiy bobomizning fikrlaridan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqi qadim-qadimlardan odamlarga sodiq bo’lish, har qanday salbiy harakatdan o’zini asrash, o’ziga topshirilgan ishni sharaf bilan bajarish, Vatanini, millatni sevish, va’dasiga sodiq bo’lish, ota-onasini hurmat qilish, oila sharoitini yaxshi tushunish, balog’atga yetgandan so’ng turmush qoidalarini bekamu ko’st bajarish, avval salomlashib, keyin so’z boshlash kabilarni o’zida mujassamlashtirgan. Bu esa himmatli kishilarga xos fazilatlardir.
Himmatli kishiga xiyonat — ezgulikka, odamiylikka, insonparvarlikka xiyonat hisoblanadi. Himmat— bu adolat va diyonatning posboni bo’lib, doimo haqiqat tomonga qarab yuradi.
Lekin hayotda himmatsiz kishilar ham uchrab turadi. Himmatsiz odamlar yaxshilik yuzini ko’rmaydi. Ularda yolg’onchilik, ikki yuzlamachilik, jirkanch, pastkash yaramas kabi illatlar ko’rnnib turadi. Himmatsiz odamlar mansabdor odamlar, boshliqlarni himoya qilib yolg’on so’zlaydilar. Ko’klarga ko’tarib, maqtaydilar. Bunday odamlar oilada ham, keng jamoatchilik orasida ham behurmat bo’ladilar.
Elimizda himmatli kishini ulug’ bobolar va momolar bilan maslahatlashishi, har bir ishda ulardan fotiha olishi hayotda muhimligi bir necha bor tajribada muvaffaqiyat keltirgan. Qishi himmatligi tufayli izzat-ikromga erishadi. Himmatli kishi qalb yumshoqligi, so’zining ta’sirchanligi, beozor ekanligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun donolar «Ey farzand, turmush qursang ongli, e’tiqodli, poklikda qadr-qimmatingga yetadigan, har tomonlama sog’lom odam bilan turmush qur, ziddiyatli hayot yo’llarida xor bo’lmaysan»,— deb aytishgan. Chunki himmatli kishi pok qalb egasi bo’ladi. Agar kishi himmatli bo’lmasa uni yuragini qonunlar bilan ham, ahloq bilan ham to’ldirib bo’lmaydi. Qishi yuragini ko’tarib turadigan jon bu himmatdir. Alloh himmatsiz kishilarni yoqtirmaydi. Bunda ahillik, musulmonchilik shartlariga amal qilish lozim. O’z xalqiga, go’zal diyoriga, ozod mustaqil bo’lgan Vataniga fidoyi davlat arboblari himmatli kishilar bo’lishgan. Ular sadoqat, ozodlik yo’lida shahdam qadam tashlaganlar.
Ota-bobolarimizning hammasi himmatli zotlar bo’lishgan. Ular o’z avlodlari uchun ahloq-odob haqida ko’plab o’gitlar, nasihatlar, rivoyatlar, asarlar qoldirishgan. O’zbekistonning mustaqilligi tufayly ularning himmati bugungi kunda minorday yuksak va salobatli bo’lib qoldi.
Mehr-muruvvat, xayriya gapirilayotgan ushbu kunlarda har birimiz ana shu himmatlikning mag’ziga tushunib olishimiz kerak.
Bir oqiz shirin so’z aytish yoki bir piyola choyga taklif etish o’zbek xalqiga xos fazilatdir. Shirin so’z, yuzdagi tabassum inson uchun eng oliy himmatdir. Himmatlilik o’zining saxovati, mehr-muhabbati bilan odamlar qalbiga singib ketadi, u doimo ezgulikka xizmat qiladi. Odamning odamligi uning himmatida, saxiyligida ma’lum bo’ladi.
“Homiylik faqat o`z boyligidan bir qismini hayir-ehson uchun ajratish emas. Bu zakot ham emas, sadaqa berish ham emas ”(I.A.Karimov) . Ha, homiylikning ma’nosi va mohiyati bundan ko`ra ancha yuksak va tabarruk ruhlidir. “Homiylikni biz inson qalbi va yuragidagi eng ezgu tuyg`ularning amaliy ifodasi deb bilamiz” Bunday ezgu tuyg`ular sohibi bo`lgan inson jamiyatga, boshqa insonlarga himmatini ko`z-ko`z qilmaydi, balki bu amallarni ko`ngildan chiqarib, savob uchun bajaradi. Bunday himmatli odam amalga oshirayotgan homiyligidan, avvalo, o`zi xuzurlanadi. Darvoqe, homiylik –xalqimizning qon-qoniga singan hislat. Bu hislat Qur’oni karim oyatlari va suralari, hadislar orqali uning vujudiga singan.
Haqiqatdan ham avvallari biror kishi musofir bo’lib, choyxonaga kelib qolsa mahalliy axoli uni uyiga taklif qilgan. Insonlar ixtiyoriy ravishda sadaqa qilganlar, jamg’arma boyliklaridan kambag’al oilalarga yordam tariqasida berganlar. Xonadon boshiga tashvish tushganda yordam berish an’ana bo’lib qolgan. Bunday olijanoblik, himmat, insonparvarlik o’zbek xalqining qoniga singib ketgan. Odamlar o’rtasidagi munosabat hamjihatlik sarchashmasidan parvarish topgap kishining ko’ngli hamisha to’g’ri bo’ladi va har qanday og’ir mushkulot osonlikcha bartaraf etiladi. O`tmishda donolarimiz, jumladan, Ahmad Yassaviy insonparvarlik, odamiylik, sahovat, g’ariblarga yordam masalasiga alohida ehtibor beradi. Buni bir qancha hikmatlarda ko’rish mumkin:
G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi,
O`shal tuni me`roj chiqib diydor ko`rdi.
Qaytib tushib g’arib yetim izlab yurdi,
G’ariblarni izin izlab tushdim mano.
Yoki:
G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi,
Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon.
Taom topsang, joning bila qilg`il ehson,
Haqdin eshitib, bu so’zlarni aydim mano.

Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning dunyosi insonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb biladi. Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik, illatlarga qarshi kurash salbiy ahloqiy g’oyalar ham o’z ifodasini topdi. U mol-dunyo, mansab uchun mukkasidan tushgan qozi-imomlar, hokimlar, amaldorlarga nafrat bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko’zi bilan qarashga, g’arib-yetimlarga ozor yetkazmaslikka chaqiradi. Insonparvarlik adolat, shafqat, mehriboilik, himmat, sahovat, kishilarga odamiylik, olijanoblikni baxsh etish demakdir. Insonparvarlik kishilarda turli millat xalqlariga mehr-muhabbat hissini tarkib toptiradi. Adolatsizlik, tengsizlik, tekinxo’rlnk, vijdonsizlik kabi ahloq-odobga zid xatti-harakatlarga murosasizlikni shakllantiradi. Insonparvar kishi bor kuchini boshqalar uchun sarf qiladi. U doimo samimiy bo’lib, odamlarni zavq-shavk bilan olqishlaydi. Kishilarning hayotiga, ularning turli urf-odatlari, e’tiqodlari va intilishlariga qiziqish bilan qaraydi. Xalqimizning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan mehmondo’stlik, kattalarga hurmat, serfarzand oilalarga g’amxo’rlik qilish, to’y va marosimlarda o’zaro yordamlashish, hashar, oilada bir-birlariga ko’maklashish, himmatlilik, oila buzilishiga yo’l qo’ymaslik kabi udumlar insonparvarlikning asosini belgilaydi. O`zbekistonda nogironlar jamiyati, «Navro’z» xayriya jamg’armasi, «Mahalla» xayriya jamg`armasi insonparvarlikni amalga oshirishga qaratilgan. Ularning maqsadi odamlarga mehr-shafqat, muruvvat, kiynalganlarga madad, kambag’allar va muhtojlarga yordam, xayr-ehson, mehr-muruvvat ko’rsatishdir. Bu yaxshi tashabbus. Haqiqatda ham insof, odamgarchilik, mehr-shafqat, xayr-ehson kabi ming yillar davomida kishilikning ezgulik ishlari bo’lib kelgan tushunchalar odamlar orasida keng o’rin olishi lozim. Axir keksayib qolgan ota va onani qariyalar uyiga tashlab, yillab xabar olmay kayf-safo qilib yurgan boyvachchalar ham, voyaga yetmagan, jinoyat qilib qamalayotgan yosh bolalar ham, aroqxo’rliklari tufayli nogiron bo’lib tug’ilgan bolalarini maxsus yetimxonaga tashlab qo’ygan ota-onalar ham, xalqning pulidan urib qolib millionlarni ko’zlagan yulg’ichlar ham bu foniy dunyoda hamma bir-biriga g’animat ekanligini yaxshi tushunishlari kerak-ku! Shunday ekan, ota-bobolarimizning udumiga sodiq qolgan holda bir-birimizga mehr-oqibatli, shafqatli bo’laylik. Insonparvarlik rishtalari hamisha mustahkamlanib boraversin. Ana shundagina hayotimiz yanada charog’on va foydali bo’ladi. Saxovatli inson o`z baxtini boshqalarning baxtida ko’radi. O`z baxtini boshqalar bilan baham ko’radi, ularning dardiga hamdard bo`ladi. Odamlarga yordam berish, ularni xursand qilishidan zavqlanadi. O`zbek xalqi azal-azaldan odamlarni yaxshilikka undagan, ularni bir maqsad sari birlashtirgan. Shuning uchun ham. yoshu keksalardan mehr-muruvvat, insof, diyonat, iymon, e’tiqod kabi insoniy fazilatlar uyg’unlashgan.


Abu Rayhoi Beruniy ta’biricha, kishilarning o’zlarida olijanoblik xislati bo’lmay turib, faqat g’arazli maqsadni ko`zlab turib, «xo’jako’rsin»ga ehson qiluvchining ehsoni foydasizdir. Saxovatli bo’lish har bir kishidan yuksak ma`naviy kuchni, matonatni, qahramonlikni talab qiladi.
Xalqimizda «Saxovatning 7 darvozasi bor» degan ibora uchraydi. Bu bejiz aytilmagan. Ona Yerimizning boyligi serquyosh o’lkamizning saxiyligin, xalqimizning mehmondo’stligi butun dun`yoga ma`lum. Odamlarga yaxshnlik qilish, mehr-muruvvat ko`rsatish o’zbeklarning azaliy fazilati. Inson bolasi tabiatan mehr-e’tiborga tashna va umidvor bo`lib yashaydi. Shuning uchun ham xalqimiz orasida taqdir taqazosi bilan muhtojlik yoki yovuzlik girdobiga tushib qolgan kishilarga vaqtida e’tnbor berish, odat tusiga aylangan.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling